O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II. Amaliy mashg‘ulot materiallari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə3/104
tarix11.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#144272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

II. Amaliy mashg‘ulot materiallari...........................................................
III. Didaktik materiallar, mustaqil ta’lim uchun materiallar...................
IV. Glossariy................................................................................................
V. Adabiyotlar ro‘yxati...............................................................................
VI. Ishchi dastur...........................................................................................


  1. O‘TILAYOTGAN FANNING NAZARIY MATERIALLARI



1-MAVZU: PEDAGOGIK MAHORAT FAN SIFATIDA.


Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasningi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637-son, 2020 yil 23-sentabr).

  2. “Pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsi. Pеdаgоgik mаhоrаtning аsоsiy tаrkibiy qismlаri

  3. Pedagogik mahoratni egallash vositalari

  4. O‘qituvchi fаоliyatining tuzilishi

  5. Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari

  6. Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‘qituvchi mahorati masalalari

  7. O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni



Adabiyotlar:

  1. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

  2. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xo‘jayev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshchonov. T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2009.

  3. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.

4. D.I.Ro'ziyeva , O'.Q Tolipov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat Darslik T.INNOVASIYA-ZIYO, 2019
5. Alex Moore Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture.. USA, 2012
Pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyat”ga doir blits-so‘rov savollari

  1. Pedagoglik kasbiga qanday talablar qo‘yiladi?

  2. Pedagogik jarayon deganda nimani tushunasiz?

  3. Pedagoglik kasbi haqida Sharq mutafakkirlari qanday fikrlarni bayon etishgan?

  4. Abu Ali ibn Sinoning mudarrislarga tavsiyalari?

  5. Alisher Navoiy asarlarida mudarrislar faoliyati haqida?

  6. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi uchun nimalarga e’tibor berishi lozim?

  7. Buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida mudarrislar kasbiga oid fikrlarini ayting?

  8. Pedagogik jarayon deganda nimani tushunasiz?

Pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid olib borayotgan islohotlari bugungi kun o‘qituvchilarini yanada izlanuvchanlikka, intilishga, yuqori saviyadagi mahoratli kasb egasi bo‘lishga, shijoatlikka undaydi. Prezident Sh.M.Mirziyoyevning qator qabul qilgan qarorlariga asosan o‘qituvchilarga ta’lim muassasasida faoliyat olib borish uchun qulay sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, o‘qituvchilarga chet ellarda malaka oshirish uchun o‘qishga yuborishni va davlat tomonidan mablag‘lar to‘lanib berish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 20 fevraldagi qarori bilan ite’dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida Prezident maktablari ochildi. 2020 yil 23 sentabrda (O‘RQ-637-son) qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” da o‘qituvchilarning qator vazifalari belgilab qo‘yildi. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” 11 ta bob. 75 ta moddadan iborat bo‘lib barcha masalalar ta’lim sohasini chuqur isloh qilishga bag’ishlanadi. O‘qitishning turli shakllari hozirgi zamon o‘quvchisining dunyo miqyosidagi yoshlar bilan tenglasha oladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi. Chekka qishloqlarda yashaydigan xotin-qizlardan kelajakda o‘qituvchilik kasbiga qiziqadigan qizlar talaygina. Ular uchun Vatanimiz Prezidenti tomonidan o‘qish uchun alohida o‘rinlar ajratildi. Barcha ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazilib kelmoqda. ( “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” talabalarga batafsil yoritib beriladi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə