O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi Reja



Yüklə 34,7 Kb.
tarix29.05.2023
ölçüsü34,7 Kb.
#114036
O


O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi

Reja:

1 O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi
2 O‘rta va katta yoshdagi bolalar uchun o'qishga tavsiya etiladigan ertaklar


Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi
hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mum-
kin. „Shiroq“, „Òo‘maris“, „Spitamen“ kabi afsonalar bilan birga
Oybek, G‘afur G‘ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy,
Hakim Nazir, Shukur Sa’dulla, Anvar Obidjon va boshqalarning
zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy
ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, bolalar adabiyoti o‘ziga xos xususiyat-
lari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Bolalar yozuvchisi
dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib
tasvirlaydi. Shu orqali kichkintoylarni olg‘a intilishga chaqiradi,
hayotni chuqur sevishga yordam beradi. Bolalar adabiyotida
didaktika ohangi ustun turadi.
Bu yoshdagi bolalaiga xalqimizning shonU tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlami tavsiya etish mumkin. «Shiroq», «To'maris» kabi afsonalar bilan birga, Oybek, G'afur G'ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, Sh. Sa'dulla, A. Obidjon, T. Adashboyev va boshqalaming zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Jahon bolalar adabiyotining A. S. Pushkin, L. Tolstoy, S. Servantes, D. Defo, J. Svift, E. Voynich, K. Chukovskiy, S. Ya. Marshak kabi namoyandalari yaratgan asarlar bolalar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ko'rib o'tganimizdek, bolalar adabiyoti o'ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasawuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Shu orqali kichkintoylami olg'a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur anglashga va sevishga yordam beradi.
O'RTA VA KATTA YOSHDAGI BOLALARGA O'QISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ERTAKLAR
Endilikda bu davr bolalariga o'qish uchun tavsiya etiladigan cilaklarning asosiy qismi dovyuraklik, vatanparvarlikdan tashqari, yaxshi kasb-kor egasi bo'lish, xalq va Vatan uchun jon fido qilishga chorlovchi iilaklardan iborat. «Pahlavon Rustam», «Birlashgan o'zar», «Uch og'aini botirlar», «Egri bilan To'g'ri», «Ona yer farzandi», «Sardorning oyni ushlab olmoqchi bo'lgani» (turk xalq ertagi), «non terisini yopingan |)axlavon» (no'g'ay xalq ertagi), «Donishmand qiz» (xitoy xalq ertagi), «Qadrdon uyingning mixi» (shved xalq ertagi), «Chollar: ho'kizlar, IJo'rka va pop» (gruzin xalq ertagi) singari ertaklami o'qish uchun tavsiya ctish mumkin. \ Ota-bobolariyiizdan qolgan ibratomuz bir gap bor: yaxshi hayot kechirish insoiming o'ziga bog'liq. U nechog'li to'g'ri so'zli, aqlli, tadbirkor, pok ko'ngiUi bo'lsa; do'stga, vatanga xiyonat qilmasa; yolg'on gapirmasa; topshirilgan ishni o'z vaqtida bajarib va'dasiga vafo qilsa, uni el diidan sevadi, hurmat qiladi. Kimki zolim va takabbur bo'lsa, bir kuni buning jazosini oladi. G'arib, bechoralaming ko'nglini og'ritmasa, dangasalik qilmay mehnat qilsa, katta 21 davlat va qudratga ega bo'ladi. Beva-bechoralarga rahm-shafqat qilmaganlar yo'qchilik, kambag'allik o'tida qovuriladilar. Ertaklardan ana shu fikrlami uqish mumkin. Bizga ozgina bo'lsa ham ezgulik qilgan odamga ezgulik qaytarish burchimiz ekan, dunyoga kelishimizga sababchi bo'Igan, o'stirgan, tarbiya qilgan ota-onalarimizga doimo muhabbat, hurmat, rioyat va xizmat qilish — bo'ynimizdagi sharafli burchdir. Bu sharafli burchni ado qilib, ota-ona olqishini olgan farzand, shubhasiz, dunyoda baxtli, saodatli bo'lib yashaydi. Buning yorqin namunasini «Uch og'a-ini botirlar» ertagida ko'rish mumkin. Ertagdagi ota uzoqni ko'zlab ish ko'radiganlardan. O'g'illariga yaxshi tarbiya beradi. Natijada o'g'illari ota izmidan komil insonlar bo'lib kamol topadilar. Ota duosi, o'git-nasihatlarini dillariga jo qilib olganliklari uchun ular hayotda kam bo'lmaydilar. Uch zabardast o'g'il. Uchchovlarining qo'llari ko'ksida, otaga ta'zimda. Aql, kuch-jasoratda tengi yo'q bu yigitlar odobda butun olamni qoyil qoldiradi. Negaki ta'lim va tarbiya shunday bo'Igan. Ota birinchidan, kambag'al, ikkinchidan, botir-pahlavon o'g'illarini ko'zi tirikligida hayotda o'z yo'Uarini topib olishlarini orzu qiladi. Darvoqe, odam qanchalik tarbiyali va halol-pokligi o'zga odamlar bilan do'stlashganda; ko'pincha safarga chiqqanida; mard pahlavonligi esa kurashda, jangda bilinadi. Ota xuddi shunday reja, o'y bilan farzandlarini uzoq safarga jo'natadi. Bunday olib qaraganda otaning boshqa otalardan uncha farqi yo'qdek tuyuladi. Ammo ertakni sinchiklab o'qib, ota nasihatiga nazar lashlaydigan bo'lsangiz u dunyodagi eng bilimdon, uzoqni ko'ra oladigan, aql-zakovatda tengsiz bir inson ekanligini sezasiz. Otaning farzandlariga aytadigan so'zi-nasihati bir jumlagina. Lekin uning ma'nosi, ta'siri, kuchi olamcha bor. Ota nasihatini bir necha bo'limlarga ajratib o'rganish mumkin. Nasihatning birinchisida har bir ota-ona o'z farzandi olamga kelishi bilan unga yaxshi, o'ziga munosib ism qo'yib, to'y-tomoshasini o'tkazib, o'qitishi, xat-savodli qilishi haqida gap boradi: — O'g'illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlaming maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, o'zimdan keyin baxtsiz bo'lib qolmanglar, deb sizlami o'qitdim. Yaxshi ot qo'ydim. To'y qildim. Voyaga yetkazdim. Hamma zamonlarda ham bola tarbiyasi muhim masalalardan biri hisoblangan. Nasihatning ikkinchi bo'limida bola tarbiyasi haqida so'z boradi. Bolani chinakamiga sog'lom, tetik, kuch-quvvatli qilib o'stirish, shuningdek, jismoniy tarbiya bilan oshno qilib voyaga yetkazish, ona-Vatan himoyasiga doimo tayyor kishilar qilib tarbiyalash, foydali mehnat ko'nikmalariga e'tibor berish yosh bo'g'in kamolotida muhim o'rinda turishi zikr etiladi: 22 Sizlami uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli i|llil) tarbiya qildim — quwatli bo'ldingizlar. Ikkinchidan, yarog' bilan Irtiiishtirdim — yarog' ishlatishga usta bo'ldingizlar. Uchinchidan, qo'rqitmay I ('(.111 dim — qo'rqoq bo'lmay, botir bo'ldingizlar. Nasihatning uchinchi bo'limi juda muhim. Unda to'g'ri, halol, pok iHsonlar bo'lish, o'zgalar mol-mulkiga ko'z olaytirmaslik, kamtarin bo'lish siiv hilan havodek zarurligi, ayni paytda, maqtanchoqlik va dangasalik yumoii illatlarga olib kelishi keskin qoralanadi: — Yana uchta narsani a5^aman, quloqlaringizga quyib olinglar, I'sliuingizdan chiqarmangizlar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo'lasiz. Miujlanchoq bo'lmang — xijolat tortmaysiz. Dangasa bo'lmang — baxtsiz bo'hnaysiz. «Uch og'a-ini botirlar» ertagining qahramonlari mehribon, o'z vaqtida I |.ii 1 iqqo'l, shu bUan biiga talabchan ota tarbiyasini olganliklari uchun safarda k:ii ta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Yo'lda o'zlariga duch kelgan barcha to'siq v;i g'ovlami yengadilar. O'zlarining botir va dovyurakliklari bilan el-yurtni lol qoldirib, baxtiyor bo'ladilar. Hayotda kimki yaxshi ishga qo'l ursa, yaxshi narsalaiga ega bo'ladi, kimki yomonlik qilsa, el nazaridan qoladi. Har bir bola dunyoda olim va li)/il bo'lishga, o'zini soflik va to'g'rilik ziynati bilan bezashga intilishi, Vatan va xalqiga munosib xizmat qilishga harakat qilishi shart. To'g'riboyning o'zi halol-pok bo'lganligi, birovlami aldash, ularga riyokorlik ko'rsatishdek yomon niyat o'y-xayolida bo'lmaganligi uchun yo'lda Egriboy bilan hamroh bo'lib qoladi. Xalqqa — samiraiyat va sadoqatga 23 asoslangan do'stlik hamisha, har yerda va har qanday sharoitda ishonchli bo'ladi, ^ruriyat va majburiyat natijasida paydo bo'lgan do'stlik esa bunday bo'lmaydi. U daryo kabi goh toshib, atrofni bosadi, goh qurib, suvi ozayib qoladi, — deganlaridek bular o'rtasidagi do'stlik ham uzoqqa bormaydi. To'g'riboy — sherigim charchadi. Otni navbat bilan minaylik. Bo'lmasa bu do'stlikdan emas, deb otni Egriboyga berishi bilanoq Egriboy otni minib qochadi. Qarang, donolar oltinning sofligini o'tda, hayvonning kuchini og'ir yuk ortilganda, insonning to'g'riligini omonatga xiyonat etmasligida bilsa bo'ladi, deb bekorga aytmagan ekanlar. Egriboy egriligini qilib do'stga sadoqatsizligini ko'rsatadi. To'g'riboy yo'lda ko'p adashadi, o'rmonga kirib qoladi va bir eski tandir ichiga kirib tunaydi. Kechasi o'rmon yirtqichlari arslonshoh boshchiligida tandir atrofiga to'planishib, bir-birlariga maqtanishadi: Tulki doston boshlabdi: — Og'aynilar, men sizlaiga aytsam, o'n yil bo'ldiki, o'rmon yoqasidagi g'orda yashayman. O'n yildan beri davlat yig'aman. Mendagi asbob-uskuna, mol-dunyo hech kimda yo'q. Navbat chiya bo'riga kelibdi: — O'rmonga tutashgan katta tepalik ostida yashayman. U yerda bir sichqoncha bor, har kuni tush payti inidan chiqadi, uning qirq bitta tillasi bor, shuni o'ynagani o'ynagan. Tillani o'ynab-o'ynab yana iniga olib kirib ketadi. Ayiq uning so'zini bo'libdi: — Bu ham uncha qiziq emas. O'rmonda bir tup sadaqayrag'och bor. Qayrag'ochning pastida ikki shoxchasi bor. Shoxlardagi barglar bir qancha kasalga davo. Uni ezib ichilsa, har qanday jonivor o'sha zamonoq dard ko'rmaganday bo'Iib ketadi. Men bolalarimni shu bilan davolayman. Uning orqasidan bo'ri kulib yuboribdi: — Og'aynilar, bizning ham qiziq hikoyamiz bor, — deb gap boshlabdi u, — o'rmon yoqasida o'n ming qo'y boqiladi. Har kuni ikkita bo'rdoqini yeyman, meni ushlash uchun cho'ponlar qopqon qo'yishadi, tuzoq solishadi, ammo pisand qilmayman. Lekin qirda Kimsan chol degan dehqonning bir kuchugi bor. Shu kuchukni cho'ponlar sotib olishsa bormi, mening sho'rim quriydi. Yo'lbars unga qo'shimcha qilibdi: — Rost aytasan. Qo'ylarga o'xshab o'n ming yilqi ham o'rmon atrofida o'tlab yuribdi. Men har kuni o'shalarning birovini yeyman. Ular orasida bir ayg'iri bor. Kimki o'shani minsa va bir qo'lida qildan eshilgan kamon, bir qo'liga uzun gavron olib, meni quvsa, darrov tutadi, kamonni bo'ynimga solib, gavron bilan ursa bormi, bir umr yilqilar oldiga yo'lamas edim. Tadbirkorlik, aql bilan ish ko'igan To'g'riboy bu suhbatda eshitganlarini amalga oshiradi. Hatto, yetti yil bemor yotgan shoh qizini davolab, malikaga 24 nvl.iiiadi. U umr bo'yi ishlab, mehnat qilib, peshona teri to'kib tirikchilik n'lkji/ganligi sababli podshoning in'omidan voz kechadi: Menga beklikto'g'ri kelmaydi. Men sodda va to'g'ri odamman. O'rmon V( H lasidagi tepalikdan bir uy qurishga ruxsat bersangiz bo'lgani. O'sha yerda (Icluionchilik qilib, kun o'tkazaman, — deb javob beribdi. log'-tog' bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi, U Egriboyga turmushda nimagaki ciishgan bo'lsa, o'sha tandir sababchi ekanligini gapirib beradi. Eskilar bu dunyoni toqqa o'xshatadilar. Uning orasida turib nima deb li.u|iisang, o'sha so'zning aks sadosini eshitasan. Ha, hayot shunday. Ii'.fiboyning egriligi, aldamchiligi, o'zining boshiga yetadi, tandir ichida viilqichlarga yembo'ladi. O'zbek xalqining eng mashhur va ta'sirli ertaklaridan biri «Ur io'qmoq»dir. Bu ertakda o'zbekona soddalik, odamlaiga ishonish, dushmanga (|arshi nafrat va boshqa fazilatlar mujassamlangan. Ertakda umidvorlik, orzu-istak, ezgu niyat kuchli. Bir parcha nonga /or xalq turli o'y, xayol bilan xuddi tushida ko'rgani kabi boy-badavlat bo'lish, unga bu yo'lda kimki to'sqinlik qilsa, uni yer bilan yakson qUish isliqi bilan yashaydi. Bu orzu-tilakni amalga oshirishda hayvonot olami-yu, parrandalardan keng foydalanish oliy maqsadlardan biri hisoblanadi. Hamma P,ap laylakning faqir, juda ham kambag'al ovchi cholning tuzog'iga nogahon (lishib qolishidan boshlanadi. Na boy, na yurt;ga hokim bo'lish o'yida ham yo'q cholga laylakning xuddi odamga o'xshab gapirishi, va'da berishi «laylaklaming boshlig'iman, nima so'rasang beraman», deb aytishi qashshoq cholning xayolini buzadi. Laylakni qo'yib yuborgan chol ertasiga sovg'a-salom olish uchun uning oldiga safarga otlanadi. Undan «Qaynar xumcha»ni so'raydi, «Ochil dasturxon»ni tilab oladi. Bulaming birortasi ham mo"jiza ko'rsatmaydi — na oltin, na taom bermaydi. Negaki, yo'lda chol uxlab qolganida qishloq bolalari bu sehrli buyumlami boshqasi bilan almashtirib qo'yishgan bo'ladi. Axiri «Ur to'qmoq»ni olganidan keyin ertaklardagidek u boy-badavlat bo'lib ketadi. Ro'zg'orini o'nglaydi, chiroyli imoratlar quradi, xonni ziyofatga chaqiradi. «Men xon bo'lsamu o'sha kambag'al, qashshoq cholning uyiga mehmondorchilikka boramanmi?», deb .uni mensimaganligi uchun xonni jangga chaqiradi. Ur to'qmoq yordami bilan xonni yenggan cholning 25 yurtboshi bo'lib ketishi — dardli xalqning armoni ro'yobga chiqqanligi o'quvchini mamnun qiladi. Ertak hayotda xuddi o'sha ovchi kabi dadil harakat qilishga, o'mi kelganda jasoratli bo'lishga mudom chorlab turadi. «Ur to'qmoq»da halol, poklik, o'zgalar haqiga xiyonat qilmaslik, birovlami aldamaslikdek olijanob fazilatlar yaxshi tasvirlangan. «Qur'oni karim»da ham, Hadislarda ham bir-birovlaringiz bilan uchrashganingizda, xonadonlaringizga kii^ganingizda salom-alik qiling, deyilgan gap bor. Buning oliy namunasini ertakda ham kuzatdik
Ma’lumki, og‘zaki adabiyot yozma adabiyot paydo bo‘lmasdan
ilgari, uzoq o‘tmishdayoq mavjud bo‘lgan. Bu adabiyot xalq badiiy
kamoloti va ma’naviy boyligining bitmas-tuganmas xazinasidir.
Xalq og‘zaki ijodi turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan bo‘lib,
mehnat jarayoni bilan chambarchas bog‘langan. Xalq donoligi shu
mehnat jarayonining turli va o‘ziga xos shart-sharoitlariga muvofiq
ravishda bolalar uchun ham ajoyib ertaklar, qo‘shiqlar, topish-
moqlar, maqollar yaratgan. Ularni bolalar juda sevib tinglaydilar
va o‘qiydilar. Xalq og‘zaki ijodi bilan bolalar maktabgacha tarbiya
yoshidan boshlab tanisha boshlaydilar. Xalq og‘zaki poetik
ijodidagi obrazlarning yorqinligi, so‘z ma’nolarining aniqligi,
matnning ohangdorligi, musiqiyligi kabi xususiyatlar bola ruhiga
orom, huzur bag‘ishlaydi, uni o‘ziga mahliyo etadi. Yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, kichik va o‘rta yoshdagi bolalar qahramonlik dostonlarini zavq-shavq bilan o‘qishadi, ertak, qo‘shiq va topishmoqlarga g‘oyat qiziqishadi. Xalq
og‘zaki poetik ijodida yaxshilik yomonlik ustidan, to‘g‘rilik egrilik ustidan g‘alaba qiladi, mehnatkash xalqning intilishlari, turli orzu, istaklari haqqoniy va favqulodda qiziqarli ravishda hikoya qilinadi. Ko‘rinib turibdiki, xalq og‘zaki ijodida mehnat ahlining urf- odati, tabiat va jamiyat hodisalariga bo‘lgan munosabati, baxtli
hayot haqidagi ezgu tilak va orzulari, qayg‘u va shodlik hislari,
ularning qahramonlik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ulari,
dushmanga nisbatan g‘azab va nafratlari, yengilmas iroda-yu
haqiqat, adolat, baxt haqidagi o‘y va tushunchalari aks ettiriladi.
Xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar
maqol deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning
aql-u farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular do-
nishmandligining mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-
chuchugini tatib ko‘rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko‘zi bilan
qaraydigan, sof vijdonli, oliyjanob mehnat ahlining biror voqea-
hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi
bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (ko‘proq bolalar
uchun) yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqol-
lar xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda
mehnatning badiiy ifodasi sifatida yaratib kelinmoqda.
Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq
va puxtaligi bilan xalq og‘zaki ijodining boshqa turlaridan farq
qiladi. Ularda mehnatkash xalqning orzu-umidlari, o‘zaro
munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, o‘y-
fikrlari o‘ziga xos shaklda aks etgan bo‘ladi. Shu sababdan ular
bolalarni to‘g‘ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham
va lo‘nda bayon etishga o‘rgatadi, ularning badiiy didini oshiradi,
tarixiy hodisalarning mohiyatini yaxshiroq, chuqurroq payqab
olishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining
eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so‘z boyligini ham
oshirishga ko‘maklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun ham so‘z san’atkorlari, shuningdek, bolalar
yozuvchilari xalq og‘zaki ijodiga, ayniqsa, maqollarga ko‘proq
murojaat etganlar va ulardan unumli foydalanganlar.
Maqollar mavzu jihatidan boy, xilma-xil va rang-barangdir.
Ularda ona-Vatanni sevish, uni tashqi va ichki dushmanlardan
ko‘z qorachig‘idek saqlash, unga sodiq bo‘lish g‘oyalari juda ix-
cham, ohangdor bir shaklda, obrazli ifodalarda gavdalantirilgandir:
Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
Bolalarning sevimli shoiri Po‘lat Mo‘min yoshligidanoq
adabiyotga havas qo‘ydi. U Òoshkent pedagogika bilim yurtida
o‘qib yurgan vaqtida adabiyot to‘garagiga faol qatnashdi.
Adabiyotni qunt bilan o‘qidi, o‘rgandi. O‘rta ma’lumot olgach,
hozirgi Nizomiy nomli Òoshkent davlat pedagogika univer-
sitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, uni
muvaffaqiyatli tamomladi, aspiranturada o‘qidi, maktablarda
o‘qituvchilik qildi. So‘ngra O‘zbekiston davlat nashriyotida ishladi.
Po‘lat Mo‘min qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhab-
bat bilan qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi, o‘rgandi. Ki-
chik-kichik she’rlar yoza boshladi. 1944- yilda „Bahorga sayo-
hat“ nomli birinchi she’ri bosilib chiqdi. Birinchi she’rlar to‘p-
lami esa 1949- yilda „Sayrang, qushlar“ nomi bilan nashr etildi.
Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Òo‘plam-
dan munosib o‘rin olgan „Sayrang, qushlar“, „Obod o‘lkam“,
„Haykal“, „Alla va Jalla“ (ertak) singari asarlari mazmundorligi,
qiziqarliligi bilan kitobxonlarning e’tiborini o‘ziga jalb etdi.
Bolalarga atab ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish
uchun qobiliyat va istakning o‘zigina yetmaydi. Belinskiy ta’rifi
bilan aytganda, bolalar yozuvchisi bo‘lib tug‘ilish kerak. Bu bolalar
yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni bo‘lsin,
nozik ta’b egasi, go‘dak tabiati va psixologiyasining bilimdoni,
mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil
ham dono bo‘lsin, degan mazmunni taqozo etadi. Biz Po‘lat
Mo‘min ijodida ana shunday oliyjanob xususiyatlar mujassamligini
his etamiz. Shoir butun umrini bolalar orasida o‘tkazib kelmoqda.
U o‘z yosh kitobxonlarining o‘y-fikrlarini, orzu-umidlarini
yaqindan biladi. Ularning dillaridagini tillarga chiqara biladi.
Yüklə 34,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə