O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»



Yüklə 344,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix27.12.2023
ölçüsü344,6 Kb.
#163245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ijtimoiy-madaniy faoliyatda ijtimoiy hamkorlikning namoyon bolishi va jamiyat taraqqiyotidagi orni

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
1.2. Ijtimoiy hamkorlikning muhim komponentlari
Bugun mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy plyuralizm, hayotni erkinlashtirish, 
mulkning turli shakllariga teng huquqlilikni qonuniy kafolatlash yo‘lidan 
bormoqda. Milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi turli partiya, 
din qatlamiga mansub xilma-xil, jamiyat a'zolari qarashlaridagi tabiiy rang-
baranglikni uyg‘unlashtiradi va umumiy taraqqiyot manfaatlariga bo‘ysundirishga 
xizmat qiladi. 
Ijtimoiy hamkorlik bu ko‘pgina ma'naviy omillarning majmuasidan tashkil 
topgan kategoriya bo‘lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarning 
ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishdagi birdamligining ko‘rinishidir. 
Mustaqil O‘zbekistonning rivojlangan, kuchli va qudratli bo‘lishi uchun 
jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida barqarorlikka ega bo‘lish lozim. Buning 
uchun milliy qadriyatlar asosida shakllangan birdamlik tuyg‘ulari bilan 
uyg‘unlashgan insonlarning o‘zaro hamkorligi o‘ta muhim ma'no kasb etadi. Bu 
tushuncha qonuniylik, o‘zaro hurmat, tenglik, aloqadorlik, daxldorlik, o‘zaro 
manfaatdorlik kabi demokratik qadriyatlarni ifoda etar ekan, bu tamoyillar biz 
qurayotgan jamiyatimiz oldida turgan bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri 
ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. 
Mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini 
barpo etishga, nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ommaviy 
axborot vositalarining jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga alohida e'tibor 
qaratib kelinayapti. Bu borada huquqiy asoslar yaratilib, ularni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma 
majlisidagi ”Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma'ruzasida: «Fuqarolik 
jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan 
islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini taminlashda, ularning 


20 
rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz 
aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda 
nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro 
munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni 
takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi 
darkor»
1
, – deya ta'kidlagan edi. 
O‘z-o‘zidan ayonki, hayotimizda tobora ko‘proq ishlatilayotgan «ijtimoy 
hamkorlik» tushunchasini yanada chuqurroq anglash, uning mazmun-mohiyatidan 
boxabar bo‘lish ehtiyoji ham kuchayib bormoqda. Shu bois mazkur tushuncha va 
uning mohiyati xususida to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. 
Ilmiy-siyosiy adabiyotlarda «ijtimoiy hamkorlik» tushunchasiga turlicha ta'rif 
berish holatlari uchrab turadi. Ayrim tadqiqotchilar ijtimoiy hamkorlikni ijtimoiy-
mehnat ziddiyatlarini bartaraf etish usuli deb bilsa, boshqalari uni murakkab, ko‘p 
tarmoqli ijtimoiy jarayon deb tushunadi. 
Fikrlar xilma-xilligiga qaramasdan, bir narsa aniqki, ijtimoiy hamkorlik 
avvalo odamlar orasidagi o‘zaro munosabatlar majmuasidir. Ikkinchidan, bu 
munosabatlarning uch asosiy sub’yekti mavjud: ish beruvchi, ishchi va davlat. 
Uchinchidan, bunday munosabatlar ob'ektini mehnat sharoiti, daromadlar darajasi, 
sub’yektlarning ijtimoiy ahvoli, ularning ishlab chiqarilgan mahsulotni 
taqsimlashdagi o‘rni, roli va huquqlari tashkil etadi. Ijtimoiy hamkorlikning bosh 
maqsadi deya uning asosiy sub’yektlarining manfaatlarini hisobga olish va 
muvofiqlashtirishni aytish mumkin. 
Ijtimoiy hamkorlikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ob'ektiv zaruriyatdir. Bu 
zaruriyat asosiy sub’yekt bo‘lgan ish beruvchilar va mehnatkashlar o‘z manfaatlari 
bir-birlaridan ayro holda, hamkorliksiz amalga oshirolmasligi bilan bog‘liqdir. 
Zero, ular ishlab chiqarish jarayonida birlashmasa, hamkorlik qilmasa, ish beruvchi 
1
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси.-Тошкент:Ўзбекистон,2010.-Б. 34. 


21 
foyda ololmaydi, mehnatkash esa kun ko‘rish vositasidan mahrum bo‘ladi. Demak, 
sub’yektlarni umumiy manfaat birlashtirib turadi. 
Tarixda hamkorlik munosabatlari oson kechmagan, ko‘plab xatolar, 
adashishlar ham sodir bo‘lgan. Ularni tahlil etishga o‘tishdan oldin bir narsani 
alohida qayd etmoqchimiz: ijtimoiy hamkorlikning bosh maqsadi ijtimoiy 
kelishuvga, demak, tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikka erishishdir. 
O‘zbekistonda yuz berayotgan demokratik yangilanishlar inson omiliga 
yangicha munosabatni shakllantirishni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, 
Islom Karimov tomonidan «barcha islohotlarimizning bosh yo‘nalishi va 
samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va 
mezoni»
1
ning ustuvor vazifa sifatida ko‘rsatilishi davr talablariga hamohang 
bo‘ldi. 
Shubhasiz, ijtimoiy hamkorlik prinsiplarini amaliyotga tatbiq etish – 
murakkab vazifa. Bu jarayon o‘zingizning manfaatlaringizni hamkoringizniki bilan 
teng hisobga olishni taqozo etadi. Bu oson emas. Bunday hamkorlikka erishish esa 
zalvorli natijalarga olib keladi: jamiyatning qutblarga bo‘linishi barham topadi, 
jarayonning barcha ishtirokchilarida faollik oshadi, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik 
kuchayadi, taraqqiyot uchun yetarli sharoit yaratiladi. 
Ijtimoiy hamkorlikning tarkibi va mexanizmlari haqida so‘z yuritganda uning 
jamiyat ijtimoiy hayoti bilan aloqadorligini unutmaslik lozim.
Ijtimoiy hamkorlikning asosiy natijasi jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikdir. Bu 
maqsadga o‘z-o‘zidan erishilmaydi. 
Birinchidan, hamkorlik sub’yektlarini aniq ajratib olish zarur. Tarixiy nuqtai 
nazardan dastlabki hamkorlik sub’yektlari ikki tomonni tashkil etardi: ishchi va ish 
beruvchi (ishlab chiqarish vositasi egalari). Bunday ikki tomonlama hamkorlik 
keyinchalik «bipartizm» nomini oldi. Shundan so‘ng hamkorlar tarkibi sezilarli 
darajada o‘zgardi, chunki muzokaralar jarayonida davlat ham ishtirok eta boshladi. 
Natijada yuzaga kelgan uch tomonlama hamkorlik «uchpartizm» deb nomlandi. 
1
Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. – Toshkent: 
O‘zbekiston, 2003. – B. 32.. 


22 
Uch tomonlama kelishuv modeli Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 
konvensiyasida 144-raqam bilan belgilab qo‘yilgan. Mazkur konvensiyaga ko‘ra 
davlatlar ham o‘zaro ijtimoiy hamkorga aylanadilar va ishchilar hamda ish 
beruvchilar uyushmalari bilan bir qatorda umummilliy hamkorlik-kelishuv shart-
nomalarini imzolaydilar. 
Nihoyat, ijtimoy hamkorlik sub’yektlari tarkibi yanada murakkablashdi – 
ko‘p darajali hamkorlik joriy etildi. Bu esa uchpartizm prinsipiga nafaqat 
ummumilliy darajada, balki tarmoq va korxona darajasida ham amal qilinishi 
lozimligini bildirardi. Bu shundan dalolat beradiki, deylik, korxona miqyosida 
shartnoma tuzilganida hamkorlar tarmoq shartnomasi mazmun-talablarini hisobga 
olishlari joiz, tarmoq shartnomasi qabul qilinayotganida esa ijtimoiy hamkorlik 
haqidagi umummilliy shartnoma talablariga rioya qilishlari talab etiladi. 
Ikkinchidan, hamkorlikning yana bir tarkibiy qismini uning ob'ektlari tashkil 
etadi. Umuman olganda, ijtimoiy hamkorlik alohida tizim sifatida sub’yektlardan 
tashqari hamkorlikka erishilgan ob'ektlarning muayyan tarkibini ham qamrab 
oladi. 
Ijtimoiy hamkorlik tizimining bugungi bosqichidagi uchinchi element unga 
erishishning strategiya va taktikasidir. Bu esa ijtimoiy-iqtisodiy maqsadga eri-
shishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yo‘nalishini, ya'ni strategiyani ko‘zda tu-
tishni hamda unga erishishning taktikasini anglatadi. 
Ijtimoiy hamkorlik tizimining to‘rtinchi elementi ularning mexanizmidan 
iborat. Bu tarkibiy qism shunchalar muhim va o‘ziga xoski, alohida ko‘rib chiqish-
ni taqozo etadi. 
Nihoyat, zamonaviy ijtimoiy hamkorlik tizimining beshinchi elementi sifatida 
hamkorlarning madaniyati va axloqini qayd etib o‘tamiz. Bu tushunchalar ortida 
hamkorlarning bir-biriga hurmat bilan qarashi, halolligi, ishonchi, yuksak 
mas'uliyati yotadi. Bu sifatlarsiz jamiyatda haqiqiy hamkorlikni amalga oshirib 
bo‘lmaydi. 


23 
Yuqorida sanab o‘tilgan elementlar bir tizimga birlashgan holdagina 
hamkorlikning bosh maqsadi bo‘lgan ijtimoiy barqarorlik va tinchlikni ta'minlay 
oladi. 
Ko‘rib chiqilayotgan mexanizmning bosh elementi tomonlar o‘rtasidagi 
muzokara jarayonidir. Bu shu qadar muhimki, qolgan elementlar o‘z mohiyatiga 
ko‘ra faqat unga xizmat qilib, samaradorligini oshiradi, xolos. 
Mexanizmning keyingi elementi hamkorlarning pozitsiyalarini aniqlash va 
muvofiqlashtirish texnologiyasidir. Bunga misol qilib hamkorlar manfaati va 
munosabatini aniqlashga xizmat qiladigan «nuqta»larni topish uchun maxsus 
komissiyalar tuzishni sanab o‘tish mumkin. 
Mexanizmning yana bir muhim elementi – hamkorlarning umumiy 
shartnomaga kiritadigan talab-takliflarini baholash va tahlil qilish maqsadida 
o‘tkaziladigan ekspertizadir. Nihoyat, bu mexanizmda uning samaradorligini 
ta'minlab turish uchun arbitraj vazifasini bajaradigan element ham o‘z o‘rnini 
topishi kerak.

Ijtimoiy hamkorlikda uning huquqiy doirasini belgilab beradigan qonunlar va 
boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega. 
Albatta, ushbu qonun mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rolini 
kuchaytirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli ishlar samaradorligini 
oshirishga, katta ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va qonun hujjatlarini ishlab 
chiqish hamda amalga oshirish jarayonida aholining keng qatlamlari 
manfaatlarining har tomonlama hisobga olinishiga xizmat qilishi shubhasizdir. 
Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik sub’yektlaridir. 
Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
qonunga bo‘ysunish; 
teng huquqlilik; 
ochiqlik va shaffoflik; 
1
Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar.-Toshkent:Sharq, 1998 –B. 38. 


24 
hammaboplik; 
mustaqillik; 
xolislik; 
o‘zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va mas'uliyat; 
majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi. 
Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin: 
·
aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘llab-quvvatlash va uning 
ijtimoiy faolligini oshirish; 
·
aholining bandligini ta'minlash, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirish; 
·
atrof muhitni, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sog‘lom 
turmush tarzini qaror toptirish; 
·
har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, 
yoshlarga bilim berish, ularni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va 
kasbga yo‘naltirish; 
·
onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya 
qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy 
hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta'minlash, sog‘lom oilani shakllantirish; 
·
fan, ta'lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish; 
·
aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini 
mustahkamlash; 
·
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi 
g‘oyalarini mustahkamlash, ko‘p asrlik, an'anaviy ma'naviy-axloqiy hamda 
tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash; 
·
iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish. 
Ijtimoiy sheriklik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa sohalarda ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 


25 
·
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish 
hamda amalga oshirishda ishtirok etishi
·
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga 
oshirishda ishtirok etishi; 
·
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, 
komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi; 
·
ijtimoiy sheriklik sub’yektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, 
maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish; 
·
ijtimoiy sheriklik sub’yektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va 
shartnomalar deb yuritiladi) tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab 
chiqish hamda amalga oshirish; 
·
ijtimoiy sheriklik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, 
axborot almashish. 
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqishda, tegishli takliflar 
va loyihalarni tayyorlashda ishtirok etishga, shuningdek ularni ko‘rib chiqish 
uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini 
o‘tkazishda, ishlab chiquvchilar bilan kelishuvga ko‘ra, ularning jamoatchilik 
muhokamasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishda ishtirok etishga, loyihalar 
yuzasidan takliflarni ishlab chiqishga, ularni to‘plashni va umumlashtirishni 
amalga oshirishga, shuningdek ushbu takliflarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli 
davlat organlariga kiritishga, birgalikda tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga 


26 
qaratilgan loyihalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va 
amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishga, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yobga chiqarilishi 
ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, uning yakunlari bo‘yicha 
takliflar tayyorlash hamda ularni vakolatli davlat organlariga kiritishga haqlidir. 
Davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati 
boshqa institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini ko‘rib chiqishi shart. 
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 
vakillari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni 
ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va ta'minlash, 
boshqa sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish maqsadida 
tashkil etiladigan davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar hamda 
jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etishga 
haqlidir. 
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarini, shuningdek ushbu loyihalarga doir takliflarni tayyorlashga, ularni 
davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat 
organlarining majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritishga, davlat organlari 
huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlariga 
ularning vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish, mazkur masalalarni hal 
etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish to‘g‘risidagi 
takliflar bilan murojaat etishga, oldindan kelishuvga ko‘ra davlat organlari 
huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining 
majlislarida ularning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘z vakili orqali 
so‘zga chiqishga haqli xisoblanadi. 
Ijtimoiy sheriklik sub’yektlari konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, 
jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik so‘rovlar shaklida va 
boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar, bitimlar va shartnomalar tuzishga, 
birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, 


27 
birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar 
o‘tkazishi mumkin. 
Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik 
muhokamalarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikrlarini so‘rash, ular ishtirokida 
davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat 
organlari tuzish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
Ijtimoiy sheriklik sub’yektlari bitimlar va shartnomalar tuzishi, shuningdek 
birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi mumkin. 
Bitimlar taraflarning o‘z zimmalariga olgan o‘zaro majburiyatlaridan iborat 
bo‘lib, ular doirasida taraflar birgalikdagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini, 
yo‘nalishlarini aniqlaydi, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllarini 
ko‘rsatadi. 
Shartnomalar ishlar bajarishni yoki xizmatlar ko‘rsatishni, shuningdek 
ijtimoiy sheriklik sub’yekti tomonidan moddiy, shu jumladan moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishni nazarda 
tutishi mumkin. 
Birgalikdagi loyihalar va rejalar, bitimlar hamda shartnomalarni, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal 
etishga, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini belgilaydi. 
Ijtimoiy sheriklik sub’yektlari o‘z vakolatlari doirasida o‘quv-uslubiy, 
axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydi. 
Ijtimoiy sheriklik sub’yektlari o‘z tasarrufida bo‘lgan va hamkorlik 
predmetiga taalluqli axborotni yozma so‘rovlar asosida bir-biriga taqdim etadi. 
Yozma so‘rovga javob, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida 
belgilanmagan bo‘lsa, imkoni boricha qisqa muddatda, lekin so‘rov olingan 
sanadan e'tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay berilishi kerak. 


28 
Ijtimoiy sheriklik sub’yektlari davlat sirlarini yoki qonun bilan 
qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborotni taqdim etishi mumkin 
emas. 
Jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish bugungi 
kun zamon talablari va munozaralaridan biri bo`lib qolmoqda. Zero, mamlakatni 
tubdan isloh qilish va yangilash jarayoni eng avvalo, millat ongi va tafakkurini, 
intellektual bilim doirasini shakllantirish bilan bir qatorda jamiyatning barcha 
sohalarini jumladan, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini, mamlakat 
iqtisodiyotini va iqtisodiy, ijtimoiy hamda huquqiy asoslarga asoslangan bozor 
iqtisodiyoti munosabatlarini takomillashtirish va yuksaltirishni kuzda tutadi.
Ushbu jarayon mamlakatimiz taraqqiyotining yanada yuksalishiga va xalq 
hayotining tobora faravonlashuviga olib keladi. Biz erishgan ulkan marralarning 
eng muhimi eski tizimdan butunlay voz echib, mamlakatimizni isloh etish va 
demokratlashtirish yo`lidan dadil borayotganimiz va bu jarayonning hech qachon 
ortga qaytmaydigan qat`iy va izchil tus olganligidir
1

Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari 
quyidagilardan iborat: 
·
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash; 
·
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash 
bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berish; 
·
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari 
berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish. 
1
Karimov I.A.Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo`lini izchil davom ettirish- taraqqiyotimizning muhim 
omilidir.// Ishonch. 2010-yil 8-dekabr.


29 
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha 
foydalanishga berilishi mumkin. 
Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlariga vaqtincha foydalanishga berilgan davlat mulkidan maqsadli 
foydalanilishi kerak. 
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlarini axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi: 
·
ijtimoiy sheriklik sohasidagi axborotdan erkin foydalanish uchun shart-
sharoitlar yaratish; 
·
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishdagi ishtiroki 
masalalariga doir uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda nashr 
etish; 
·
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha 
o‘quv kurslarini tashkil etish hamda bilim beruvchi tadbirlar, uslubiy 
maslahatlar, ilmiy-amaliy seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish; 
·
ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish. 
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy hamkorlik murakkab ijtimoiy harayon bo‘lib, 
u o‘zaro faoliyat ishtirokchilarining ikki tomonlama manfaatlarini ifodalashi zarur. 
Ijtimoiy hamkorlikning kamponent o‘z navbatida ana shu oliy maqsadni ifodalaydi 
va ijtimoiy-madaniy faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi. Ulardan samarali 
foydalanish esa ijtimoiy hamkorlik sub’yektlarinig kasbiy mahoratiga bog‘liq 
bo‘ladi.

Yüklə 344,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə