|
Angren universiteti mustaqil ish
|
tarix | 04.06.2023 | ölçüsü | 431,17 Kb. | | #115438 |
| maqol
ANGREN UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: “Maqollar va hikmatli so’zlar”
Bajardi: Eraliyeva D.
Guruh: 107 PP
Qabul qildi: Irbutayev N.X.
Angren 2023
Maqollar va hikmatli so’zlar
Avval bil-keyin qil.
Har bir narsani avval o‘rganib keyin qilishimiz kerak. SHuning uchun doimiy ravishda avval o‘rganib keyin bir narsani boshlashimiz kerak. Bilmagan narsamizni qila olmaymiz.
2.Avval o‘rgan, keyin o‘rgat.
Birinchi navbatda bilim olishimiz va o‘rganishdan to‘xtamasligimiz kerak. Hayotimiz davomida olgan bilimlarimizni o‘rgatishimiz kerak.
3.Baxt belgisi bilim.
Bizning kata yutug’imiz bilimimizda va bu baxtning belgisi hisoblanadi.
4.Ilm ko’p, umr oz. Keragini o’qi.
Umrimiz barcha narsalarni o’rganishga ummrimiz yetmaydi. Shu sababli vaqtimizni bo’lar-bo’lmasga ishlatmasdan kerakli narsaga ilm olishga sarflashimiz kerak.
5.Ilmi yo’qning ko’zi yumiq.
Ilmsiz odam hech narsani bilmaydi va aqli yetmaydi.
6.Ilmli odam, ilikli suyak.
Baquvvat iinsonning iligi to’la bo’ladi. Demak, ilmli inson juda kuchli.
7.Kitob ko’rmagan kalla, giyoh unmagan dala.
Kitob o’qimagan va bilim olmagan inson vaqtini bekorga sarflayotganidir.
8.Oltin olma bilim ol, bilim olsang bilib ol.
Beshikdan to qabrgacha bilim olishimiz kerak. Bilimni ham nima ekanligini anglashimiz kerak.
9.Beshikdan to qabrgacha ilm izla.
Doimiy ravshda o’rganishimiz va izlanishimiz kerak.
10.Poxoldan somon chiqmas, Qo’poldan odam chiqmas.
Avvalo xuushmuomala va tarbiyali bo’lishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |
|
|