O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»


sifatida  ……………………………………………….………………………30-40



Yüklə 344,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix27.12.2023
ölçüsü344,6 Kb.
#163245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ijtimoiy-madaniy faoliyatda ijtimoiy hamkorlikning namoyon bolishi va jamiyat taraqqiyotidagi orni

sifatida 
……………………………………………….………………………30-40
 
 
2.2. Fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ijtimoiy hamkorlik 
munosabatlarining ahamiyati va jamoatchilik nazorati 
………………41-50
 
 
Xulosa 
……………………………………………………………………… 51-53
 
 
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yхati
………………………… 54-54
 
 
 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 
o'z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni 
maqsad qilib qo'ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida bosqichma bosqich 
fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlarini, xususan, uning muhim bo'g'ini 
hisoblangan jamoat tashkilotlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni jamiyat 
hayotidagi o'rnini mustahkamlash, oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirib 
kelindi. O‘zbekiston Respubikasida bu islohotlar birinchi navbatda inson va uning 
manfaatlariga qaratilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 
ta'kidlaganidek-“Inson manfaatlarini ta'minlash uchun esa, avvalo odamlar bilan, 
xalq bilan muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy 
muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.”
1
 Bu kabi murakkab vazifani ado 
etishda esa ijtimoiy hamkorlik nafaqat demokratik jamiyatning belgisi, balki xalq 
manfaatlarini ta'minlash mexanizmi sifatida katta ahamiyatga ega. 
Islohotlar ko'p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, unda ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik hamda olib borilayotgan islohotlarning sifati, samarasi ko'p 
jihatdan jamoatchilikning ishtirokiga bog'liq. Shu jihatdan uni shakllantirishda 
muayyan ijtimoiy institutlarga, hususan jamoat tashkilotlariga muhim o'rin berildi. 
Binobarin, samarali faoliyat yuritadigan jamoat tashkilotlari, nodavlat notijarat 
tashkilotlarni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish shuningdek, 
jamiyatda maqsadli ijtimoiy hamkorlikni ta'minlash demokratik huquqiy davlat va 
erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidagi davlatning eng muhim
funksiyalaridan biri etib belgilandi.
Shuningdek, bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi quyidagi 
omillar bilan izohlanadi: 
Birinchidan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ham ijtimoiy 
hamkorlikni ifodalovchi masalasi bir necha bor e'tirof etiladi. Bu borada jismonan 
1
Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson maniaatlar1ni ta’ m in lash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi.-Toshkent: O’zbekiston, 2017.- B.9. 



sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy 
hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy 
faolligini oshirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri 
sifatida qaraladi.

Ikkinchidan, Ijtimoiy hamkorlik fuqarolik jamiyatini shakllantirishing muhim 
sharti xisoblanib, O‘zbekiston Respublikasida bu faoliyatning huquqiy asoslari
yaratildi. Jamiyat hayotida unin amalga oshirish mexanizmlari qanday 
kechayotganligini o‘rganish ijtimoiy fanlar oldida turgan dolzarb masaladir. 
Uchinchidan, milliy an'ana va qadriyat darajasida shakllangan, o‘zbek xalqi 
milliy mentalitetida katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoaviylik xususiyati 
ham ijtimoiy hamkorlikni ifoda etib, jamiyatda moddiy va ma'naviy boyliklarni 
bunyod etishda ijtimoiy jarayon sub’yektlarini birgalikdagi faoliyatga chorlagan.

Yüklə 344,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə