O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
Kompyuter-grafikasi

 
Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil 
ko‘rinishlari 
Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va 
fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib 
chiqarilishi bilan farqlanadi.
Rastrli grafika.
Rastrli grafikada tasvir nuqtalar (qog‘ozda), piksellar 
(nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar 
soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, 
shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan 
ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va 
vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning 
ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
Odatda, bunday ko‘rsatkich 640 x 480, 800 x 600, 1024 x 768 yoki bulardan 
yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog‘liqdir. 
Bu parametr dpi (dots perinch — nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. Ekran 
diagonali 15 duymli (1 duym 2,54 sm) monitorda tasvir o‘lchovi 28x21 sm ni 
tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800 x 600 pikselli monitor ekranining tasvirlash 
qobiliyati 72 dpi ga teng bo‘ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko‘p 


25 
joy olishini tushunish qiyin emas, Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000 x 
1500 piksellardan iborat bo‘ladi.
Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga 
olsak, bitta o‘rtacha kattalikdagi rasmning o‘zi xotirada taxminan 4 mln bayt joyni 
egallaydi. Bunday ma’lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e’tiborga 
olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini
videoroliklarni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo‘lmagan va, 
mos ravishda, tezligi katta bo‘lgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Demak, rastrli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab 
qilinadi.
Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni 
mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar 
o‘lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir 
tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi mumkin. Rastrli grafika elektron 
(multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo‘llaniladi. Nashrlarda turli 
illustratsiyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki 
videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki 
rassom, loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning 
uchun ham rastrli grafikada tahrir qiluvachi dastur vositalaridan keng 
foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlaming aniqroq ko‘rinishda bo‘lishini 
ta’minlaydi.
Vektorli grafika.
Vektorli grafikada tasviming asosiy elementi sifatida chiziq 
qaraladi. Chiziq sifatida to‘g‘ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastrli 
grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli 
grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan 
chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirining xotirada kamroq joy 
olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o‘lchoviga bog‘liq bo‘lmagan 
ravishda bo‘ladi. Buning sababi xotirada chiziqning o‘zi emas balki uni ifodalovchi 
formula yoki parametrlar saqlarashidadir. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri 


26 
chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. 
Ko‘pincha vektorli grafikani obyektga mo‘ljallangan grafika deyish mumkin. 
Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan 
foydalanilsa, piramida hosil qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina hosil 
qilish mumkin. Vektorli grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, 
chunki tasvirni (obyektni) ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari 
hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi.
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xossalarini 
o‘rganish tashkil etadi. Ma’lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x, y) koordinatasi bilan, 
to‘g‘ri chiziq kanonik ko‘rinishida yqkxQb (bunda k va b ixtiyoriy sonlar)da, 
kesma esa mos ravishda 15 boshlang‘ich va oxirgi nuqtasini berish bilan 
tasvirlanadi. Egri chiziqlar ham mos ravishda o‘z tenglamalariga ega.
Vektorli grafika asosan illustratsiyalar yaratish uchun yo‘naltirilgandir. 
Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarda va 
boshqa joylarda keng qo‘llaniladi. Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga 
misol sifatida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə