O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


Adobe Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/88
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#136212
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88
Kompyuter-grafikasi

Adobe Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 
5.0
larni keltirish mumkin.
Fraktal grafika
ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning vektor grafikadan 
farqi shundaki, bunda hech qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. 
Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning 
uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar 
o‘zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish 
uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir 
hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli 
qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‘llaniladi.
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

tijoratga oid;

namoyishlarga oid;


27 

injenerlikka oid;

ilmiy;

ko‘rgazmaviy;

animatsion;
Tijoratga oid grafika
elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi 
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar ShKEHM monitor 
ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa ko‘rinishlarda aks 
ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma’lum joylarda shartli belgili 
izohlar bilan ta’minlanadi.
Tijorat grafikasiga tegishli bo‘lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda 
tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi 
axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o‘zgarishlarni tezda muhokama qilib, 
tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasawurni yanada oshirishuchun ushbu 
paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu 
esa, o‘z navbatida, barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ko‘rib, tahlil qilish 
imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular 
tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish 
imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil 
usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar 
bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to‘plamini tahlil qilish 
imkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi
— matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning 
mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat 
qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa — yuqori sifatli va chiroyli ko‘rinishdagi 
tasvirlar hosil qilishdan iborat.
Bu turdagi grafikaning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to‘plami 
va ko‘rinishini tezda o‘zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi
— bunday grafika chizmachilik, loyihalash va 
konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Injenerlik grafikasi 


28 
analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalash 
ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy grafika
— ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, 
biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Ilmiy grafikaning eng 
asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo‘ladigan axborotlarni vizuallashtirish — 
ko‘zga ko‘rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo‘nalish atom energiyasi 
manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiya va 
okeanologiyada — xullas qamrovi katta bo‘lgan, tez kechadigan jarayonlarni 
o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli 
shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida 
tasvirlashda ishlatilishi mumkin.
Ko‘rgazmaviy grafika
— namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo‘lib, shu 
ikkala grafika imkoniyatlarining yig‘indisini tashkil etadi. Bu grafika ayrim 
grafikalarni slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so‘ngra uni 
ma’lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko‘rgazma shaklida slaydning ekrandagi 
tasviri ovoz va visual effektlar qo‘shib olib borilishi mumkin. Bundan tashqari, 
tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyati ham mayjud.
Animatsion grafikada
— rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlar muhandislik 
grafikasidagi uch o‘chovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan 
reklama e’lonlari va teleko‘rsatuvdagi bir tasvirning ichiga ikkinchisini kiritish) 
qo‘shib uyg‘unlashtirilgan.
Mashina grafikasi
— bu kompyuter yordamida obyekt shakllari, uning 
modelini yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafiksining bir 
bo‘limi. Kompyuterda turli grafik tasvirlarni hosil qilish mumkin, biroq ular bir-
biridan farqlanadi, chunki hozirgi zamon kompyuterlari o‘tgan asrning 90-
yillaridagi tizimlarga nisbatan shakllarni aniq tasvirlash imkoniyatiga va maxsus 
dasturlar bilan kengaytiriladigan tizimlarga ega. Interfaol grafika — bu mashina 
grafakasi sanaladi.
Interfaol garafika 
— kompyuter grafikasining eng asosiy bo‘limlaridan biri 
bo‘lib, unda foydalanuvchi tasvirni dinamik boshqarish imkoniga ega bo‘ladi, 


29 
ya’ni tasvirning shakli, o‘lchamlari va monitor yuzasidagi ranglarini o‘zaro ta’sir 
qiluvchi moslama (klaviatura yoki sichqon) yordamida boshqaradi.
Kompyuter grafikasida aniq va mavhum obektlar tasvirini yaratish va bu 
tasvirlarni ikki ko‘rinishda kuzutish mumkin:

kuzatuvchi qo‘zg‘almas bo‘lib, oldidagi obektni xohlaganicha aylantirib 
kuzatishi mumkin — bu panorama effekti;

obekt qo‘zg‘almas bo‘lib, kuzatuvchi uning atrofida aylanib tomosha 
qilishi mumkin — bu kamera effekti.
Interfaol grafika yaratilgandan keyin u televideniya va fotografiyada tasvirni 
yaratish va tayyorlashdagi eng asosiy texnik moslamalardan biri bo‘lib qoldi. 
Uning yutuqlaridan biri sintezlangan abstrakt obyektlarni, tasvirlarni EHM 
yordamida hosil qilishdir. Inson mashina grafikasidan foydalanish vaqtida juda 
ko‘p zerikarli va har xil mayda ishlardan (juda ko‘p miqdorda matnli varaqalar va 
sonli materiallarni ko‘rib chiqishdan) qutildi.
Statik tasvirlar informatsiyalarni yetkazib berishda yaxshi bo‘lishiga qaramay 
ko‘p holatlarda dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar ulardan ustun turadi. Hayotda asosan 
jarayon vaqtida o‘zgarib turuvchi tasvirlar—dinamik o‘zgaruvchan tasvirlar 
(tovush tezligidan tez uchar samolyot qanotining egilishi yoki inson qiyofasining 
hayoti mobaynida o‘zgarib turishi). Dinamik tasvirlar qo‘zg‘almay turgan 
tomoshabinga obyektlarning siljishi va harakatlanishini ko‘rishga yordam beradi. 
Bunda obyekt qismlarmi boshqa 18 obyektga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish va 
obyekt detallarini kattalashtirib yoki kichraytirib ko‘rish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə