Reja: Geodeziyada qanday o’lchov birliklari ishlatiladi Kichraytish darajasini ko‘rsatuvchi



Yüklə 57,15 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü57,15 Kb.
#180982
  1   2   3   4
Birliklari Reja Kirish Geodeziyada qanday o’lchov birliklari ish


Geodeziya va marshederiyadan qolaniladigan olshav birliklari

Reja:


1.Geodeziyada qanday o’lchov birliklari ishlatiladi
2. Kichraytish darajasini ko‘rsatuvchi 
sonli masshtab
3. Masshtab aniqligi

Geodeziya va marksheyderlik ishi fani Konchilik ishi yo'nalishi talabalarga Yer yuzasida bajariladigan geodezik va marksheyderlik dala ishlarida olib boriladigan o ’lchash ishlari, hisoblash ishlari va hisoblashlar natijasida yaratiladigan planlar, xaritalar va profillar haqida ma'lumot beradi.O'lchashlar xilma-xil bo’lib, unda yer yuzining quyidagi elementlari: yer yuzida chiziqlar uzunligi, chiziqlar orasidagi gorizontal va vertikal burchaklar, yer yuzidagi nuqtalarning boshlang’ich nuqta deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan balandligi o’lchanadi.


Bu o’lchashlarda xilma-xil asboblar: teodolit, nivelir, taxeometr, dalnomer, svetodalnomerlar ishlatiladi. Geodezik o’lchashlardan foydalanib biror amaliy yoki ilmiy masalani yechishda o’lchash natijalari matematik jihatdan ishlab chiqiladi, ya’ni hisoblash ishlari bajariladi; hisoblash natijasida yer yuzidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan o’rni aniqlaniladi.
Geodezik o’lchashlar grafik rasmiylashtirilib, yer yuzining qog’ozda kichraytirilgan tasvirlari, topografik karta, plan va profillari chizib tayyor qilinadi. Geodezik o ’lchashlardan foydalanib Yeming shakli va kattaligi aniqlanadi. Umuman, xalq xo’jaligining konchilik sohasida, xilma-xil amaliy masalalami yechishda geodezik va marksheyderlik o’lchashlar bajariladi. Geodezik va marksheyderlik o’lchashlar yer yuzidagina emas, balki yer bag’rida, dengiz sathida va fazoda ham olib boriladi.

  1. Geodeziyada qanday o’lchov birliklari ishlatiladi

Geodezik ishlarni bajarishda chiziqning uzunligi, maydonning yuzi, turli burchaklar, havo bosimi kabi kattaliklar o‘lchanadi. Bunda ishlatish joyiga qarab o‘lchovlarning turli birliklari qo‘llaniladi. Joyda uzunlik o‘lchashda asosiy birlik metrdir.
Geodezik ishlarni bajarishda chiziqning uzunligi, maydonning yuzi, turli burchaklar, havo bosimi kabi kattaliklar o‘lchanadi. Bunda ishlatish joyiga qarab o‘lchovlarning turli birliklari qo‘llaniladi. Joyda uzunlik o‘lchashda asosiy birlik metrdir.
Geodeziyaning grafik ishlarida uzunlik birligi sifatida metr bo‘laklari–santimetr, millimetr qo‘llaniladi.
Geodezik ishlarda burchak qiymati gradus, grad, radian birliklarida o‘lchanadi.
Gradus o‘lchovi. Sanoatimizda ishlab chiqarilayotgan burchak o‘lchash asboblarining ko‘pi (hisoblash jadvallari ham) gradus o‘lchoviga moslan-gan. Gradus o‘lchovida aylana 360 gradus, 1 gradus=60 min, 1min=60 sek. O‘lchangan burchak qiymati kabi yoziladi.
Grad (desimal) o‘lchovi. Bu o‘lchov o‘nli sistemaga asoslangan bo‘lib ko‘pincha, chet davlatlarda ishlab chiqariladigan asboblar shu sistemaga moslangan. Grad o‘lchovida aylana 400 grad (d) ga, 1 grad yuz o‘nlik minutga, 1 ming 100 o‘nlik sekundga teng. Bu bog‘lanish kuyidagicha yoziladi. Aylana= 400g; 1g = 100'; 1=100". Burchak qiymati 125g, 58c6345cc bo‘lsa, u 125g 58S63,45SS ga yoki 125g58' 63,45" shaklida yoziladi.
Gradus bilan grad o‘lchovlari orasida quyidagi munosabat bor:
1g=0,9°; 1°=1, 11111 g
1c=0,54'; 1'= 1,85185 c
1cc=0,324"; 1"=3,08642 cc
В.nuqtaning А nuqtaga nisbatan balandligi musbat (+), А. nuqtaning В. nisbatan balandligi esa manfiy (-) bo’ladi.
А nuqtaning В nuqtaga nisbatan balandligi formulasi hаb =НA- НB.
Maydon yuzini aniqlashda birlik o‘rnida kvadrat metr(m2), gektar (ga) = , kvadrat kilometr (km2) va m2 lar qo‘l–laniladi.
Havo temperaturasini o‘lchash bqrligi selsi termometri shka–lasining bir bo‘lagi bo‘lib, 1 daraja deb olinadi. Termometr shkalalari turli bo‘lganidan selsiy shkalasi bo‘yicha olingan daraja qiymati yoniga S harfi yoziladi, masalan 15° S kabi.
Havo bosimi barometrik nivelirlashda qo‘llanilib, bunda birlik bir atmosfera hisoblanadi. Bir atmosfera balandligi 760 millimetrli simob ustunining 0°S dagi bosimiga teng. Atmosfera so‘zi atm harflari bilan belgilanadi. Bir atmosfera bosim 1 kvadrat santimetrga ta’sir etadigan 1,033 kg og‘irlik kuchiga teng, ya’ni 1 atm–1, 033 kt/sm2.
Sajen o‘lchovi Sovet Ittifoqi metr sistemasiga o‘tganga qadar ishlatilgan va bu o‘lchovda plan va kartalar chizildi. Bu sistemada sa-jen=84 dyuym. Bularning metr sistemadagi qiymatlari shunday: sajen=2, 1336 m, 1m = 0, 46869 sajen. 1 dyuym–25,4 mm.
Geodeziyada amaliy masalalarni yechishda ba’zan yer shari katta doi-rasi aylanasi (meridiani) ning uzunligi va uning gradus, minut, sekund bo‘laklarining uzunligini bilish kerak bo‘ladi. Agar meridianning o‘rtacha uzunligini 39999,60 km desak, Meridian yoyi bo‘laklarining uzunligi quyidagicha bo‘ladi:
grad o‘lchovida gradus o‘lchovida
1 yoy uzunligi=111,11km, 1g= 100 km,
1'«« »» = 1852 m, 1'=1c=1 km,1"« » =31 m, 1"=10 m.
1 sajen = 7 fut = 84 dyuym = 3 gaz = 48 vershuk;
1 chaqirim = 500 sajen; 1 batmon (desyatina) =2400 kv. sajen.
1 sajen = 2,13360 metr; 1 metr = 0,468691 sajen; 1 chaqirim 1,06680 km.
1: 50.000 masshtabli kartadagi A-nuqtasining to’g’ri burchakli koordinataisni aniqlash kerak bo’lsa x ni (abstsissa) topish uchun 6018 raqamli ordinata chizig’idan A nuqtasigacha o’lchab (1,2 sm ) uni karta masshtabiga ko’paytiramiz: 1,2 sm x 500m
Yer yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi geometriya qoidalari bo‘yicha qog‘ozdan plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak. Planda joydagi bino, yo‘l, kanal, tog‘–tepa, soy kabi joylar yuzasini xarakterlovchi narsalar (ular ichki tafsilot yoki situatsiya deyiladi) o‘rni to‘la ko‘rsatilishi kerak. Joyni sfera yoki tekkslikka proeksiyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi. Bunda proeksiya joyga o‘xshamasligi (karta) yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Plan. Joy kichik bo‘lagining Yer egriligini xisobga olmay kichraytib, o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proeksiyasi plan deyiladi. Planda joy tafsiloti to‘la ko‘rsaqilib, joyning baland–pastligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u kontur yoki tafsilot plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy relefi ham tasvirlansa, u topografik plan deb ataladi.
Karta. Yer yuzasining katta bo‘lagi sfera bo‘lganidan uni tekislikka o‘xshash holda proeksiyalab bo‘lmaydi. Katta joyni qog‘ozda tasvirlashda kartografik proeksiyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o‘zgartirib tushiriladi. Yer yuzasining katta qismini Yerning egriligiii hisobga olib, matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytib qog‘ozda tasvirlangan proeksiyasi karta deyiladi. Kartada butun Yer yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin. Kartalar turli masshtabda tuzila–di. Masshtabiga qarab kartalar uchga bo‘linadi: a) yirik masshtabli karta–lar bu kartalarga masshtabi 1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; b) o‘rta masshtabli kartalar; bular jumlasiga masshtabi 1:100000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; v) mayda massh-tabli kartalar; bularga masshtabi 1:1000000 dan kichik bo‘lgan kartalar kiradi. Yirik masshtabli kartalar topografik kartalar bo‘ladi. Joyning relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi. O‘rta masshtabli kartalar obzor topografik kartalar deyiladi. Mayda massh-tabli kartalar geografik kartalar bo‘ladi.
Profil. Chizig‘iy inshootlarda (yo‘l, kanal va boshqalarda) planiy loyihalash kifoya qilmaydi. Bunda ma’lum chiziqdagi nuqtalar–ning vertikal tekislikdagi o‘rinlari ham vertikal tekislikda tasvirlanishi kerak bo‘la-di. Joyda bir yo‘nalishdagi chiziqning verti-kal kesimining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri profil deyiladi. Profilda chizig‘iy inshootlar loyihalanadi. II. shaklda relefning xarakterli nuqtalari A, V, S va D larning satxiy yuzadan balandligi N lar topilgan Keyin 19-rasm shu otmetkalar bo‘yicha profil chizilgan. Buning uchun OR to‘g‘ri chizyq olinib, 0 dan joydagi d1, d2 ,d3, lar gorizontal masofa masshtabi bo‘yicha qo‘yilib, M,N,R nuqtalar topiladi. Bu masofalar qatoridan yuqoridagi qatorga nuqta otmetkalari yoziladi. Otmetka qiymatlari vertikal marsh–tab bo‘yicha qo‘yilib topilgan a, v, s va d nuqtalar bilan tutashtirilsa, vertikal tekislikdagi avsd siniq chiziq yasaladiki, bu chiziq joydagi AVSD ning profili bo‘ladi.

Yüklə 57,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə