O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/379
tarix16.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100898
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   379
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

Hayvonlarning ko’nikmalari 
Taraqqiyotning yuqori bosqichidagi hayvonlarda harakatning instinktiv 
shaklari bilan bir qatorda, xatti-harakatning individual o’zgaruvchan shakllari - 
ko’nikma va intellektual harakatlar ham mavjud. 
Ko’nikma 
- bu hayvonlarda 
shartli bog’lanishlar asosida yuzaga keluvchi va avtomatik ravishda sodir bo’luvchi 
harakatlardir, ya'ni biror faoliyatni takrorlanib turishi natijasida asta-sekin hosil 
qilingan xatti-harakatlardir. Nerv tizimining rivojlanishi jihatidan hayvon 
qanchalik yuqori o’rinni egalasa, u o’zida shunchalik murakkab ko’nikmalarini 
hosil qila oladi. Instinktlarga qaraganda, ko’nikma xatti-harakatlarning ancha 
o’zgaruvchan shakli hisoblanadi. Hayvonlarning ko’nikmalari, ota-onalaridan 
"o’rganish" yo’li bilan ham hosil bo’ladi. Masalan, bo’rilar bolalarini ovga 
o’rgatadilar, qari bo’ri qilgan harakatni yosh bo’ri takrorlaydi, bu taqlid qilish 
instinktiga asoslangan, xatti-harakatlar ko’nikmasidir. Uy hayvonlarini odam 
"o’rgatganda" ular ko’p ko’nikmalar hosil qiladi. Shuningdek, sirkda o’rgatilgan 
hayvonlar xilma-xil juda murakkab ko’nikmalarni namoyon etadilar. Ma'lumki, 
hayvonda odam tomonidan ko’nikmalar hosil qilinishi 
o’rgatish yoki dressirovka
deyiladi. Mashhur hayvon o’rgatuvchi V. Durovning ta'kidlashicha, ma'lum 
narsaga o’rgatishda hayvonlar kerakli harakatni bajargan paytda ularga ovqat 
berib, rag’batlantirgan, shu yo’sinda murakkab ishlarni bajarishga o’rgatgan. 
Masalan, ayiqlarni velosipedda yurishga yoki samovarni stolga qo’yishga, fillarni 
uyin tushishga va shu kabi murakkab xilma-xil ko’nikmalarga o’rgatgan. Hosil 
bo’lgan ko’nikmalar hatto ayrim instinktlarni to’xtatib g’o’ya oladi. Jumladan, 
baliqlarda shartli bog’lanishlar ancha tez hosil bo’ladi. Shartli bog’lanishlarning 
hosil bo’lishi uchun yorug’lik, rang, narsaning shakli, shuningdek, tovush va ta'm
belgilari signal bo’lib xizmat qilishi mumkin. Lekin bu bog’lanishlar tez 
o’zgarmaydigan bo’ladi. 
Chunonchi cho’rtanbaliqda mayda baliqlarni ovlashga oid shartli refleks 
osongina hosil bo’ladi. Lekin bu refleksni susaytirish juda qiyin. Tadqiqotda 
mayda baliqlar cho’rtanbaliqdan shisha bilan ajratib qo’yilganda yirtqich yangidan 
vaqtinchalik bog’lanish hosil qilmagunga qadar uzoq vaqt davomida shishaga 
urilib turdi, shisha olib qo’yilgandan so’ng esa yangi bog’lanish o’z navbatida 
uzoq vaqt saqlanib turadi. Shundan keyin cho’rtanbaliq yonida suzib yurgan mayda 
baliqlarga umuman ahamiyat bermay qo’yadi. Bu faktlardan ma'lumki sharoit 
o’zgarib ketganda shartli bog’lanishlar hayvonlarning xatti-harakatlarini bir oz 
o’zgartirishi mumkin ekan. Shunday qilib, ko’nikmalar bir-biridan muhim 
jihatidan farq qilishi mumkin:bir holatda ko’nikmalar o’zlarining avtomatizmlarga 
ko’ra instinktlarga yaqinlashsalar, boshqa bir holatda intellektual harakatlarga 
yaqinlashadilar. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə