O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 90,83 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü90,83 Kb.
#163663
  1   2   3   4   5
tosheva nargiza mustaqil ish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


San’atshunoslik fakulteti

Musiqa ijrochiligi va madaniyat” kafedrasi


9-1 MUZS-20 guruh talabasi
Tosheva Nargizaning
Musiqa tarixi” fanidan


MUSTAQIL ISHI


Mavzu: A. Mansurov, N.Norxo’jayev ijodiy faoliayti.

Buxoro-2023


REJA:
I kirish
II Asosiy qism. Nadim Norxo’jayev va Avaz Mansurov ijodi.
1.1 Nadim Norxo'jayev hayoti va ijodi.
1.2 Avaz Mansurov hayoti va ijodi

Xulosa

Adabiyotlar ro‘yhati.




Kirish


Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi xalqi katta ma'naviy yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Bunda zamonaviy ilg'or tajriba bilan bir qatorda, buyuk ma'naviy merosga ham tayanilib, yangi O'zbekistonda ulkan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, -"biz Uchinchi renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta ta'lim maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy- madaniy muassasalarni belgisi Renessansning to'rt uzviy halqasi deb bilamiz. Bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor - o'qituvchilar va ilimiy- ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuni deb hisoblaymiz. Men ishonaman hurmatli ota- onalar bu tashabbusni albatta qo'llab- quvvatlab, yangi Renessans beshinchi xalqasi, beshinchi ustuni bo'ladilar. Bu ma'naviy - ma'rifiy hayotimizdagi eng mustahkam ustun bo'ladi, o'ylaymanki, sizlar to'la qo'llab-quwatlaysizlar. Zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti, deganda biz butun jahon xalqlarining musiqiy rivojlanishi natijasida shakllangan turli janrlarda asarlar yaratilishini tushunishimiz kerak. Opera, balet, oratoriya, cantata, barcha sahnaviy musiqa asarlari, xor asarlari, cholg’u asarlariga kiradigan – kvartet, sonata va kuylar, vokal asarlari bo’lmish – romans, qo’shiq kabi janrlarda asarlar yarata oladigan ijodkorlarni esa zamonaviy kompozitorlar, deb bilsak bo’ladi. Zamonaviy kompozitorlik ijodiyotining ma’naviyatimiz va madaniy rivojlanishimizdagi o’rni va ahamiyati katta ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ma’lumki, har bir davr yoki zamon o’z taraqqiyot darajasi negizida o’zining ma’naviy dunyosiga ega bo’ladi. Jamiyatning ehtiyojiga xos talabi, didiga mos dunyoqarashlari zamonasiga mutanosib holda shakllanadi. Istiqlolimiz tufayli munosabatlar va dunyoqarashlar o’zimizga xos bo’lgan milliy istiqlol g’oyasiga asos soldi. Bu esa kelajagi buyuk davlatning ma’naviy barkamolligidan darakdir. Bugungi kunning asosiy talablari – har bir sohada mustaqil bo’lish, milliy qadriyatlarimizni tiklash va jahon andozalari doirasida faoliyat ko’rsatishdan iboratdir. Buni biz musiqa san’atining tez rivoj topgani va ommaviy musiqiy shakllarning xalqimiz orasida keng tarqalganida ko’ramiz. Musiqamizda zamon ruhi bilan sug’orilgan umumbashariy musiqiy shakllar tobora rivojlanib bormoqda. Zamonaviy musiqamiz asl holini bugungi kunimizga xos holda, yangi dunyoviy janrlar bilan boyib borayotganini qayd etishimiz joiz. Folklor musiqasini milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizning ohanglardagi ko’rinishi desak bo’ladi. Bu namunalar xalqimizning kundalik hayoti, mashg’uloti va milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Ularni asrash va kelajak avlodga 37 to’laqonli yetkazish maqsadida maxsus folklor ansambllari tashkil etish joriy etilgan va ayni paytda faoliyat yuritib kelmoqda. Estrada musiqasi. Estrada so’zi lotin tilida “tepalik” (supa) ma’nosini anglatadi.XX asrning 50 – yillarida estrada so’zi musiqaga kirib keldi va tomosha san’atining kichik shakli sifatida qo’llanila boshlandi.

Yüklə 90,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə