O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 90,83 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü90,83 Kb.
#163663
1   2   3   4   5
tosheva nargiza mustaqil ish

III.Xulosa
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo‘lgan e'tibor davlat miqyosiga ko‘tarildi. Musta­qillikning dastlabki yillaridanoq ota-bobolarimizdan, aj­dod­­la­ri­mizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, jumladan, musi­qiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilin­di. Bu borada o‘tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qol­dirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo‘­lib xizmat qilmoqda. Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘l­gan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy qo‘shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og‘ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo‘shiq va musiqa ularga hamroh bo‘lgan.[1] Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o‘zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An'anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kun­da ham shu dolzarbligini yo‘qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi. Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo‘shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo‘lmish musiqiy sanhat bilan shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va sanhatkorlarga muhim vazifa qilib qo‘yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab ubordi. Odamlari­miz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlariday, ma'naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm- rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o‘zlikni anglash singari juda ko‘p omillarni o‘z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. Musiqiy madaniyat o‘zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o‘zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham tushgani yo‘q. U xalq ijodining yuksak namunalari, folklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula asarlari, dostonlar ijro­chi­li­gi hamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom musi­qa­sini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy mada­niya­tida o‘zlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini qo‘shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi ham salmoqli o‘rin tutadi.

Yüklə 90,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə