O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə1/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI




A K A D E M I Y A
MA’MURIY HUQUQ


O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik oliy ta’lim muassasalari uchun darslik sifatida foydalanishga ruxsat etilgan
Prof. Õ.T. Odilqoriyev va B. E. Qosimovning umumiy tahriri ostida

Toshkent-2010



O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’ati tomonidan ma’qullangan
M u a l l i f l a r j a m o a s i :
Babayev D. – XV, XVIII, XX boblar;
Baxramov X. – XII bob;
Ziyodullayev M. VII bob;
Ismailov I. – yuridik fanlar doktori, professor — VI bob;
Ismailov N.T. – yuridik fanlar nomzodi, dotsent – IV, IX, X, XI, XIII bob (G‘aniyev Sh. bilan hammualliflikda), XXII boblar; Odilqoriyev X.T. – yuridik fanlar doktori, professor – II, III boblar; Rustamov S. – XVII, XXI boblar;
Saidov B.A. – yuridik fanlar nomzodi. dotsent, – XVI bob (yuridik fanlar doktori Sattorov A. bilam hammualliflikda);
Hakimov G‘. –XIX bob;
Xojiyev E. yuridik fanlar nomzodi. dotsent – I, VIII, XIV boblar; V bob (Rustamov S. va Ismoilov SH. bilan hammualliflikda).
T a q r i z c h i l a r :
yuridik fanlar doktori, professor A. Raxmanov;
yuridik fanlar doktori, professor O. Xusanov;
yuridik fanlar doktori A. Sattarov
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010.


SO‘Z BOSHI
Respublikamiz mustaqil taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlari ma’muriy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ma’muriy islohotlar asosida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, davlat tuzilmalarini oqilona qisqartirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirishda muayyan natijalarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi farmoyishi asosida Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilishi, shuningdek davlatimiz rahbarining 2003-yil 9- dekabrdagi farmoniga muvofiq, Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatining tasdiqlanishi boshqaruvning tashkiliy-huquqiy mexaniz- mini yanada takomillashtirish hamda ushbu sohadagi modernizat- siyalash jarayonlari izchiligini ta’minlashda muhim asos bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi negizida 1994-yil 22- sentabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi boshqaruv va ma’muriy faoliyat sohasidagi demokratik o‘zgarishlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayni vaqtda, islohotlarga hamohang tarzda mazkur kodeks ham liberallashtirish tamoyillari asosida takomillashib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatni demokrat- lashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda moderni- zatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida»gi 2005-yil 10-mart qarori ma’muriy qonunchilik sohasida ham islohotlarning navbatdagi bosqichini boshlab berdi. Ushbu Dasturning bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlash- tirishning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasida ma’muriy javobgarlik, ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan.

2
Ma’lumki, ma’muriy huquq tizimini leberallashtirish, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash hamda ma’muriy qonunchilikni yanada takomillashtirishdan iborat mazkur jarayonlar o‘zida nazariy g‘oyalarni mujassam etadigan konseptual yondashuvni talab etadi.
Ma’muriy huquq O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining yirik, salmoqli, rivoj topgan va murakkab tarmoqlaridan biridir. Uning bu maqomi ma’muriy huquq tartibga soladigan kuchli ijtimoiy munosabatlar mazmuni va ahamiyati bilan belgilanadi. Ma’muriy huquq ommaviy huquqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, kons- titutsiyaviy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi kabi sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois ma’muriy huquq ommaviy huquqning bir turi sifatida avvalo hokimiyat munosabatlari, shu jumladan, davlat boshqaruvi va jamoat tartibini saqlash sohasidagi munosabatlarni, qolaversa, davlat hokimiyati bilan fuqaro o‘rtasi yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Mazkur darslik jamiyatda amal qilayotgan ma’muriy-huquqiy munosabatlar tizimi haqida, ushbu huquq sohasining predmeti, tuzi- lishi, prinsiðlari va usullari to‘g‘risida umumiy ilmiy ma’lumot beradi.
«Ma’muriy huquq» darsligi yuqorida ta’kidlangan davlat bosh- qaruvi va qonunchilik sohasidagi yangiliklarni, qolaversa, ichki ishlar organlari faoliyatidagi islohotlarni e’tiborga olgan holda tayyorlandi. Shuningdek, darslik huquqni muhofaza qilish organlari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlarining ma’muriy-huquqiy sohadagi tasavvurlarini kengaytirishga, ijro etuvchi hokimiyat tizimida davlat organlari faoliyatining huquqiy tartibga solinishiga oid bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Darslikda turli ijtimoiy sohalarda boshqarishni tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor berilgan, shu jumladan, chegara qo‘shinlari, tibbiyot, bojxona, soliq, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohalari batafsil tahlil etilgan. Ushbu darslikda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Respublika Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuning- dek, ichki ishlar va boshqa ijro etuvchi organlarning amaliy tajribasidan keng foydalanilgan.
Kitobda ma’muriy huquq fanining bir qator nazariy muam- molari ham o‘z aksini topgan bo‘lib, mualliflar ma’muriy-huquqiy munosabatlar, ma’muriy-huquqiy normalarni amalga oshirish shakllari va usullari to‘g‘risida muhim ilmiy fikr-mulohazalar bildirganlar.
Kitobxonlar e’tiboriga havola etilayotgan mazkur darslik res- publikamizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish ishiga, fuqarolar va yuridik oliy ta’lim muassasalarining talablari, IIV Akademiyasi tinglovchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə