Maʼruza Matyoqub Qoʻshjonov



Yüklə 197,69 Kb.
səhifə1/2
tarix20.09.2023
ölçüsü197,69 Kb.
#122668
  1   2
Maʼruza Matyoqub Qoʻshjonov-fayllar.org


Maʼruza Matyoqub Qoʻshjonov

Maʼruza

Matyoqub Qoʻshjonov
Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918-yil 5-mayda hozirgi TurkmanistonRespublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlogʻida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiningaʼzosi (1979), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).
30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi oʻqituvchilar institutida oʻqigan. 1941–1945-yillarda urushda qatnashgan, mergan boʻlgan. 1945–1950-yilllarda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan, imtiyozli diplom olgan. 1950–1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi apparatida ishlagan. 1954–1957-yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida oʻqidi. 1957–1960-yillarda SAGU filologiya fakultetida oʻqituvchi boʻldi. 1960-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, boʻlim boshligʻI boʻlib ishlagan. Hozir ham shu dargohda faoliyat koʻrsatmoqda.
Matyoqub Qoʻshjonov 40 dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy, badia, tarixiy biografik xotira kitoblar muallifi. XX asrda yashagan taniqli yozuvchilar, eng muhim badiiy asarlar haqida olim risolalar, adabiy portretlar, tanqidiy ocherklar yozdi. Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor ijodi talqini va tahlili olim faoliyatining asosidir. Matyoqub Qoʻshjonov oʻnlab oʻta jiddiy, tahliliy taqrizlar muallifi.
Olim oʻzbek adabiyotshunoshligi va tanqidchiligiga ilmiy izchillik olib kirdi. U xarakter muammosiga bogʻliq holda syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy til haqida ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratdi. Mustaqillik davrida Matyoqub Qoʻshjonov Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov ijodi haqida tadqiqot yaratdi. Yangi sharoitda bir qancha asarlarni yangicha talqin va tahlil qildi.
2018 yil 5 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “O‘zbekiston” o‘qish zalida O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo‘shjonov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Mard va jasur akademik” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada olimning adabiyot nazariyasiga oid muammolarni tadqiq etishga, adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari masalasiga bag‘ishlangan ilmiy kitoblari taqdim etilgan.

Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo‘shjonov 1918 yil 5 may kuni Turkmanistonda tug‘ilgan. 1946 yil Toshhovuz shahridagi o‘qituvchilar institutini, O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan. U O‘rta Osiyo universiteti (ToshDU)da dotsent, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, direktor, yetakchi ilmiy xodim, ilmiy maslahatchi bo‘lib ishlagan.




Matyoqub Qo‘shjonovning asosiy ilmiy ishlari 20-asr o‘zbek adabiyotining rivojlanish tamoyillari, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va yozuvchi mahorati masalalariga bag‘ishlangan. Uning tadqiqotlarida Qodiriy, Qahhor, Oybek, P.Qodirov, O.Yoqubov, A.Oripov va boshqa yozuvchi, shoirlarning mahorati o‘rganilgan va badiiy asarning syujet, kompozitsiya, xarakter va konflikt masalalari tahlil qilingan.

Matyoqub Qo‘shjonovning 90-yillarda yozgan «O‘zbekning o‘zligi», «Abdulla Oripov» va boshqa asarlarida mashhur yozuvchilar haqida fikr yuritilgan. Olimning «Tepki bosildi», «Alam», «Dagish», «Armon» kabi badiiy-biografik asarlari ham bor.




Matyoqub Qo‘shjonov ikki jildlik «Adabiyot nazariyasi», besh jildlik «O‘zbek adabiyoti tarixi», ikki jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», ikki jildlik «Ruscha — o‘zbekcha lug‘at», bir jildlik «O‘zbekcha — ruscha lug‘at» va boshqa nashrlarning yaratilishiga bosh-qosh bo‘lgan. Uning rahbarligida 5 ta fan doktori, 15 ta fan nomzodi yetishib chiqqan.
Akademik M.Qo‘shjonov Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, «El-yurt hurmati», «Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan.
“Mard va jasur akademik” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo‘shjonovning asarlari bilan yaqindan tanishdilar.



Yüklə 197,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə