O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə14/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Giðoteza ma’muriy-huquqiy normaning bir qismi sifatida uni amalga tatbiq etishning haqiqiy shartlarini belgilaydi. Giðotezada
yuridik fakt, normani amalga kiritish, uning dispozitsiyasini hayotga tatbiq etish shart-sharoitlari (masalan, ma’muriy-huquqiy javobgarlikka tortish shartlari) ko‘rsatiladi. Giðoteza mutlaq- muayyan yoki nisbiy-muayyan bo‘lishi mumkin. Mutlaq-muayyan giðoteza muayyan vaziyatda qo‘llaniladigan qoidadir. Masalan, biror xatti-harakat uchun jarima solinsa, bu jarima uch oy ichida undirib olinishi kerak. Agar bu muddat o‘tib ketsa, ma’muriy jarimani undirib olish mumkin emas. Nisbiy-muayyan giðotezada biror holatga umumiy tavsif beriladi. Ma’muriy-huquqiy normalar ko‘pincha nisbiy-muayyan giðotezadan iborat bo‘ladi.
Dispozitsiya — yuridik normaning tarkibiy elementi bo‘lib, unda norma bilan belgilangan xulq-atvor qoidasi, taraflarning huquqlari va majburiyatlari o‘rnatildi. Ifodalash shakliga ko‘ra ma’muriy-huquqiy normalarning majburiyat yuklovchi, vakolat beruvchi yoki taqiqlovchi dispozitsiyalari farqlanadi.
Majburiyat yuklovchi dispozitsiyalar subyektlarga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydi, ularga joiz xulq- atvorning u yoki bu ko‘rinishini buyuradi. Masalan, Yo‘l harakati qoidalarining tegishli bandiga muvofiq yo‘l harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tug‘dirmasliklari lozim.
Ma’muriy huquqda vakolat beruvchi dispozitsiyalar, odatda, davlat boshqaruvi subyektlarining funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida» gi qonun (yangi tahriri)ning 5-moddasiga binoan Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida: iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi; xo‘jalik yuritishning yangi shakllari — konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa shunga o‘xshash tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi talab-ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston
Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora- tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora- tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko‘rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi va hokazo.
Muayyan g‘ ayriqonuniy qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) sodir etishni man etuvchi dispozitsiyalar taqiqlovchi dispozitsiyalar deb ataladi. Taqiqlovchi dispozitsiya xulq-atvorning qonunga muvofiq huquqbuzarlik hisoblanadigan muayyan ko‘rinishidan o‘zini tiyishni talab qiladi.
Huquqlar va majburiyatlar bir vaqtda ta’riflangan dispo- zitsiyalar ma’muriy huquq normalarida nisbatan kam uchraydi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə