O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/82
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154446
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
download-edfiles-17902

OZARBAYJON ADABIYOTI
Ozarbayjon xalqi eng qadimiy madaniyat tarixi va boy adabiyotga ega bo`lgan
turkiyzabon xalqdir. Turli-tuman adabiy janrlarda yaratilgan ishqiy-qahramonlik
dostonlari, ertaklari, marosim va muhabbat qo`shiqlari, xalq latifalari hamda maqollaridan
iborat asarlari turli tarixiy davrda yaratilib, og`izdan og`izga ko`chib yurgan. Bular
sirasiga «Kitobi dada Ko`rqut», «Ko`r o`g`li» eposlari, «Oshiq G`arib», «Shoh Ismoil»,
«Asli va karam» dostonlari, Melik-Mamed va Kal Ahmad sarguzashtlaridan hikoya
qiluvchi ertaklar, insoniy muhabbatni olqishlovchi to`rtlik-bayotlar mansubdir.
35


Aim.uz
«Kitobi dada Ko`rqut» eposi taxminan VII-VIII asrlarda ona tilida ijod etilgan yirik
badiiy asar bo`lib, uning 12 qissasida o`g`uz-turkiy qabilalarining ozodlik uchun olib
borgan kurashi o`z ifodasini topgan. Ozarbayjonda VII-VIII asrlarda arab tili, IX asrdan
boshlab esa fors tili rasmiy davlat tili hisoblangani uchun Ismoil Yassor, Ahmad Tabriziy,
Bahmanyor alii Bokuyi, Xatib Tabriziy, Xoqoniy, Shervoniy, Nizomiy Ganjaviy,
Muhammad Fuzuliy asarlarini mazkur tilda bitishgan. Hattoki, Mirzo Fatali Oxundov
ushbu an’anani davom ettirgan.
Sho`ro tuzumi davrida turli ijtimoiy-siyosiy har xillikka qaramay O. Sayrivelli,
A.Jamil, Z.Xalil. N.Rafiybeyli, N.Saidzoda, K.Qosimzoda, A.Boboyev, G.Imomberdiyev,
S.Rahimov, M.Huseyn, M.Ibrohimov, A.Valiyev, A.Azizbekovlar ijod qilgan. Ozarbayjon
romanchiligida Mirza Ibrohimovning «Shunday kun keladi», Manaf Ibrohimovning «Yer
osti sirlari», Iso Huseynovning «Tong yulduzi», dramaturgiyasida J.Jabramning «O`t
kelini», «Olmos», Samad Vurg`unning «Voqif», S.Rustamning «Qochoq Nabi»,
I.Efendiyevning «Yorqin yo`l», «Shifobaxsh suvlar» asarlari katta shuhratga ega bo`ldi.
O`zbek adabiyotining rivojlanishiga qardosh ozarlarning ijobiy ta’siri bor. Qariyb
barcha ozarbayjon adabiyotining namoyandalari asarlari o`zbek tilida chop ettirilgan.
Adabiyotlar orasidagi munosabatlar davlatlarimiz orasidagi har tomonlama aloqalar bilan
mustahkamlangan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə