O‘zbekistоn respublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi respublikа tа’lim mаrkаzi



Yüklə 102,12 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü102,12 Kb.
#180611
  1   2   3   4   5   6   7   8
Matematika imtihon 10-sinf 2020-2021




O‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI ХАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI


RESPUBLIKА TА’LIM MАRKАZI





2020-2021-O‘QUV YILIDА UMUMIY O‘RTА TА’LIM
MАKTАBLАRINING 10-SINF O‘QUVCHILАRI UCHUN BOSQICHLINAZORAT IMTIHONINI O‘TKAZISH BO‘YICHA MATEMATIKA FАNIDАN METODIK TAVSIYA VA MАTЕRIАLLАR

Toshkent-2021
Imtihon materiallari Respublika ta’limi markazining navbatdan tashqari ilmiy-uslubiy kengashida muhokamaga qoyilib, tavsiya qilindi (2021-yil 31-martdagi 1-son Ilmiy-metodik kengash qarori).
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinf oʻquvchilari bosqichli nazorat imtihonini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallarni tijoriy maqsaddakоʻpaytirib tarqatish taqiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari metodbirlashmalari bosqichli nazorat imtihoni materiallariga 15-20% gacha о’zgartirishlar kiritishi mumkin.


Tuzuvchilar:


N.A.Jo‘rayeva - Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 165-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi.
M.S Burxonova - Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-IDUM ning 1-toifali matematika fani o‘qituvchisi.
B.O.Urinbayeva - Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 6-IDUM ning oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi.
Taqrizchi:


MATEMATIKA
10-SINF
Mazkur metodik tavsiyada bosqichli nazorat imtihonini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Har bir imtihon topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-10-sinf matematika o‘quv fani Davlat ta’lim standarti va o‘quv dаsturlari аsоsidа tuzilgаn.
2020-2021 o‘quv yilida 10-sinfni tugаtgаn o‘quvchilаrning matematika fаnidаn egаllаshi lоzim bo‘lgаn bilim, ko‘nikmа, mаlаkаlarini аniqlаsh mаqsаdidа bosqichli nazorat imtihoni yozma ish shaklida o‘tkаzilаdi.
Bosqichli nazorat imtihonining har bir yozma ish biletida 5 ta topshiriq berilgan. Mazkur topshiriqlar 5-10-sinfda o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish uchun xizmat qiladi.
Bosqichli nazorat imtihoniga180 daqiqa ajratiladi.
Matematika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan sinflarda metodik birlashma qarori bilan 5-10-sinf o‘quv dasturiga mos keladigan bittadan qo‘shimcha topshiriq kiritishlari mumkin. Bunda topshiriq yechimlarini izohlab yozishlariga qo‘shimcha (60 minut) vaqt beriladi.
Yozma ishga ajratilgan vaqt e’lon qilinib, doskada imtihonni boshlanish va tugash vaqti yozib qo‘yiladi.
O‘quvchilarning yozma ishlari 5 ballik baholash tizimi asosida baholanadi.



Yüklə 102,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə