O`zbekiston Respublikasi 22-modda



Yüklə 17,04 Kb.
səhifə1/2
tarix27.01.2023
ölçüsü17,04 Kb.
#99522
  1   2
KH 7-kazus


7-kazus.
2020-yil aprel oyida COVID-19 pandemiya davrida xorijiy davlatlarda qolib ketgan yoki yashab kelayotgan hamda Vatanga qaytish istagidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini charter reyslar tashkil etgan holda O‘zbekistonga qaytarish ishlari boshlab yuborildi. Fuqarolar qaytarib olib kelingach ularni majburiy karantinga olish tartibi o‘rnatildi.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati J. Xaydarov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini charter reyslar tashkil etgan holda O‘zbekistonga qaytarish ishlarini to‘xtatishni taklif etdi. Bunga sabab sifatida qaytarib olib kelinayotgan fuqarolar orasida kasallik yuqtirib olganlar ko‘pligi, ular tufayli O‘zbekistonda Covid-19 kasalligiga chalinganayotganlar soni oshib borayotginini ta’kidladi.
J. Xaydarov buni qonunchilikda aks ettirish maqsadida qonun loyihasini tayyorlab Oliy Majlis quyi palatasiga kiritdi. Qonun loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda norozilikka uchradi. Bir qancha fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashiga urg’u berdilar.
J. Xaydarov bunga javoban ularni qaytarib olib kelish o‘rniga ularga xorijda turib davolanishilari uchun moddiy mablag‘ ajratish lozimligini taklif etdi. Uning fikricha, bu O‘zbekiston davlat hududidan tashqarida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatish majburiyatiga mos keladi.
Bunga javoban fuqarolar xorijdagi vatandoshlar O‘zbekistonga kirish huquqiga ega ekanliklari, bunday holatda O‘zbekiston ularning istaklariga binoan ularni o‘z davlat hududida huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishi lozimligini aytib o‘tdilar. Bunday holatda deputat J. Xaydarov tomonidan kiritilgan qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid ekani ta’kidlandi.
O`zbekiston Respublikasi 22-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi.

Yüklə 17,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə