O`zbekiston Respublikasi 22-modda


O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 8 va 9-moddalari



Yüklə 17,04 Kb.
səhifə2/2
tarix27.01.2023
ölçüsü17,04 Kb.
#99522
1   2
KH 7-kazus

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 8 va 9-moddalari.
Javob:
Yuqorida keltirilgan muammoli masala yuzasidan huquqiy baho berib javob yozadigan bo’lsak dasavval quyidagilarga aniqlik kiritib olishimiz kerak.

  1. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishdagi konstitutsyaviy huquqlari.

  2. O’zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishda qanday holatlarda cheklovlar o’rnatiladi?

  3. Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati hamda ular tomonidan taqdim etayotgan qonun loyihalari ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatishda fuqarolarning o’rni.

Biz ushbu masalaga huquqiy baho berishda quidagi Konstitutsiyaviy moddalarga hamda qonunlarga tayanamiz. Avvalo O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 14-; 22-; 28-; 32-; 35-moddalariga hamda shular asosida qabul qilingan qonun normalariga murojaat qilinadi

1) Yuqorida keltirilgan kazusga binoan: 2020-yil aprel oyida Covid 19 pandemiyasi davrida chet davlatlarda yashab kelayotgan yoki qolib ketgan va vataniga qaytish istagini bildirayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Respublika hududiga charter reyslar orqali olib kirish haqida aytib o’tildi.
Masalaning ushbu qismida Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini davlat tomonidan taminlanishi nazarda tutilgan. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga ko’ra “ O’zbekiston Respblikasi Fuqarosi Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga egaligi keltirilib o’tilgan. Shu sababdan ham davlat covid 19 pandemiyasi davrida chet elda qolib ketib respublika hududiga kirish istagini bilgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga mas’uldir. Ushbu fikrimizga dalil sifatida O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 14-moddasini keltirishimiz mumkin. Unga ko’ra ” Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, davlat oz faoliyatini olib borishda avvalo o’z fuqrolarining qonuniy manfaatlarini hisobga olib yuritishi kerak. Yuqorida keltirilgan konstitutsiyaviy moddalarga asoslanib shuni ayta olamizki, fuqarolar o’z davlati hududiga erkin kirib chiqishiga qonunda belilangan tartiblardan tashqari hech qanday cheklovlar o’rnatilishi mumkin emas. Agarda bu masala bilan bog’liq ba’zi muammolar vujudga kelsa ular o’zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ishlari mumkin.
2) Ammo masalning ikkinchi tarafi shundaki, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputati X.Jabborov mamlakatdagi covid 19 pandemiyasini hisobga olgan holda, kasallik tarqalishini olidini olish maqsadida chet eldagi O’zbekiston respublikasi fuqarolarining Respublika hududiga kiritmaslik to’g’risida taklif berdi. Bundan tashqari, X.Jabborov ushbu taklif asosid qonun loihasini taqdim etdi.
Jabbaorov o’z fikrini bildirar ekan, xorijda qolgan o’zbekiston respublikasi fuqarolarini respublika hududiga olib kelishning o’rniga ularga moddiy yordam berilsa maqsadga muvofiqligini aytib o’tadi. Jabborov o’zi taqdim etgan qonun loyihasini konstitutiyaga zid keladigan hech qanday jihati yo’q ekanligini aytib o’tadi. Ushbu holatda biz O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining
22-moddasini misol tariqasida keltirib o’tamiz. Unga ko’ra” O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi.” Demak yuqorida keltirirlib o‘tilgan moddaga binoan, davlat nafaqat o’z hududida balki chet davlat hududida ham o’z fuqarolarini himoya qilishi kerak. Ushbu konstitutsiyaviy moddaga asoslangan holda Jabborovning xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini davlat hududiga olib kirish o’rniga ularga yordam berish to’g’risidagi taklifi asosli bo’lishi mumkin.
3) Garchi Jabborov o’z qonun loyihasini targ’ib etishga harakat qilsada, ushbu qonun loyihasining ustidan fuqarolar o’z fikr –mulohazalarini erish huquqiga egadir.
Ayni paytda fuqarolar Jabborov ishlab chiqgan qonun loihasi bo’yicha ijtimoiy tarmoqlarda o’z norozilklarini keltirib o’tishdi. Ushbu holat bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35- moddasida quidagicha keltirilgan” Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.” Demak fuqarolar deputat Jabborovning qonun loyihasi ustidan turli xil shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqqiga egadirlar. Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 32-moddasiga asosan: fuqarolarning davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoat nazoratini olib borish huquqi mavjudaligini inobatga olgan holda Jabborov ishlab chiqgan qonunga nisbatan qarshilik ko’rsatishlari ham mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, davlat har doim o’z fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilishi va taminlashi kerak. Yuqoridagi holat yuzasidn esa Covid 19 pandemiyasi davrida chet elda qolib ketgan fuqarolarni olib kelishlari hamda ularga yordam berishilishi lozim. Shuningdek Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputati X.Jabborov tomonidan ishlab chiqarilgan qonun yuzasidan fuqarolar salbiy fikr bildirish huquqlari mavjudligini nuqtai nazaridan qonun loihasi bekor qilinishi mumkin.
Yüklə 17,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə