O'zbek xalqi mentalitetida milliy g'oya va demokratik tafakkurning shakllanish jarayonlari kirish I bob. O’zbek xalqi milliy mintaliteti rivojlanish taraqqiyotida milliy g’oya va demokratik tafakkurning o’rni


xalqning etnik qatlami va etnik tarkibi degan iboralar bor



Yüklə 33,7 Kb.
səhifə4/5
tarix29.04.2022
ölçüsü33,7 Kb.
#86190
1   2   3   4   5
1- (2)

xalqning etnik qatlami va etnik tarkibi degan iboralar bor, bular ma’nosi jihatidan bir-biridan muayyan darajada farqlanadi. Etnik qatlam degani xalqning shakllangan hududi, makoniga tegishlidir. Xalqning etnik tarkibi deyilganda esa uning shakllanishida qatnashgan qabila-urug’lar, elatlar va hattoki xalqlar nazarda tutiladi. O’zbek xalqi asosan ikki etnik qatlamdan tashkil topgan. Birinchi qatlam Turon-Turkiston hududlarida shakllangan. Ikkinchi qatlam esa Volga (Itil) daryosi bo’ylaridan tortib, to Xorazmning shimoli, Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlarigacha bo’lgan hududlarda shakllangan, bu makon o’tmishda turli nomlar bilan, chunonchi Qipchoq dashti, Oltin O’rda, Oq O’rda, o’zbek viloyati, o’zbek mamlakatlari, o’zbek ulusi deb atalganini yuqorida eslatib o’tdik. Xalqimizning bu qatlamini jug’rofiy o’rin jihatidan shartli ravishda shimoliy qatlam deb atash ham mumkin.

Millat faqat bir xalq vakillaridangina iborat tarzda shakllanmaydi. Xozirgi o’zbek millatining tarkib topishida barcha turkiy kabila va urug’lar, olis o’tmish, tarixdan ilgarigi zamonlardan boshlab Turonzaminda yashab kelayotgan ajdodlarimiz, shuningdek, qadim So’g’d eli, Xorazm eli va boshqalar xam ishtirok etganlar. Bu hol tilimiz, dilimiz, qiyofamiz, urf-odatlarimiz, turmush tarzimiz, madaniyat, san’at, adabiyot va me’morchiligimizda, boringki, mexnat qurollarimizda ham zuhur etib turibdi. Ma’lumki, o’zbek millati kelib chiqish jihatidan turkiydir. Lekin qonimizda boshqa irq qoni tomchilari xam yo’q emas. O’zbek millati diniy jixatdan islom diniga ixlos bilan e’tiqod qiladi, boshqa dindagi millatdoshlarimizni hozir uchratish amrimahol7.

Yagona milliy tilimizni Xorazmda Qutb Xorazmiy, Sulaymon Boqirg’oniy, Rabg’uziylar, Movarounnahrda Sakkokiylar, Hindistonda Xofiz Xorazmiylar, Rum elida Jaloliddin Rumiy, Nasimiylar, Ozarbayjonda Xoqoniylar qo’llab, boyita bordilar. Alisher Navoiy yagona adabiy tilimizning shuhratini shu qadar baland ko’tardiki, bu til quyoshi yog’dularidan Chindan Rumogacha, Hindistondan to Sibir, Oltoy va Itil bo’ylarigacha turkiy ellar, nafaqat turkiylar, barcha elu elatlar bahramand bo’ldilar, ya’ni hazrat Mir Alisher bobomiz barcha turkiylarni yakqalam qildilar.

Shu o’rinda bir narsani ta’kidlash joiz. Yagona ada­biy til yaratishni faqat bir siymoga nisbat berish, garchi u siymo daxo bulsada, bizningcha, to’g’ri emas. Til - ilohiy ne’mat, u xalq dahosi bilan sayqal topadi. Xalq daxosi aloxida daxolar qudratidan qudratlidir. Zotan xalq daxosi o’z farzandlari daholaridan tarkib topadi va ularda zuhur etadi. Alisher Navoiy bobomiz esa turkiy til, adabiyot, san’at, tafakkur, tasavvuf, shariat, fan, madaniyat va davlatchilik bobidagi daxolarimizdan biridir. Shunday qilib, yagona milliy tilimiz VII asrda shakllanib bo’lgan ekan, keyin esa goh rivoj topdi, goho turg’unlikka uchradi, lekin hamma vaqt saqlanib qolaverdi va bizgacha yetib keldi.

Millat, bir so’z bilan aytganda, ma’naviyat birligidir. Ma’naviyat — davlat asosi, davlat esa ma’naviyat suyanchig’i.

Rus istilosi va sho’rolar siyosati tufayli ma’naviy tanazzulga uchraganimiz oqibatida o’zbek millatining milliy xususiyatlariga jiddiy putur yetdi. Chunki ma’naviyatga suyanchiqlik qiladigan o’z milliy davlatimiz yo’q edi. Shu sababli kelgusida barcha millatlar birlashib ketadilar, degan nazariya har tomonlama targ’ib qilindi8.

Milliy ong bir millatga mansub bo’lgan kishilar o’z vatanining, xalqining tarixi, ajdodlari qoldirgan meros va amaliy tajribani umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’liq ravishda chuqur o’rganishi va o’zlashtirishi, millat qadr- qimmati, obro’-e’tiborini baland ko’tarishi, mamlakat imkoniyatlari, milliy manfaatlarni chuqur anglagan holda istiqlol va istiqbol yo’lida fidokorona xizmat qilish, boshqa millatlarga ham adolatli munosabatda bo’lish, ularning moddiy va ma’naviy manfaatlarini hurmat qilishi asosida shakllanadi. Milliy ong har bir etnik guruh, uning vakillari uzini ijtimoiy-tarixiy jarayonning, jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi, muayyan manfaatlar, meros va qadriyatlarning sohibi sifatida anglashidir.

Milliy ong o’sishi milliy ma’naviyat rivojlanishi darajasi, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Yetuk milliy ong barkamol milliy ma’naviyatning natijasi sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun xam milliy ong milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy o’z-o’zini anglash, o’z navbatida, ma’naviy kamolotga yangi imkoniyatlar, ufqlar ochadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko’rsatib o’tganlaridek “Bugungi kunda 


Yüklə 33,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə