O'zbek xalqi mentalitetida milliy g'oya va demokratik tafakkurning shakllanish jarayonlari kirish I bob. O’zbek xalqi milliy mintaliteti rivojlanish taraqqiyotida milliy g’oya va demokratik tafakkurning o’rni


“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart!”



Yüklə 33,7 Kb.
səhifə5/5
tarix29.04.2022
ölçüsü33,7 Kb.
#86190
1   2   3   4   5
1- (2)

“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart!” degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o’rin egallagan”9.

Fikrimizcha, milliy ong oddiy his, tuyg’u emas, balki muayyan axloqiy, huquqiy, ilmiy, mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir. Milliy ongning mohiyati, mazmuni millat o’z-o’zini anglashi darajasi bilan bog’liq bo’ladi. Milliy ong shakllangan e’tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, milliy o’z-o’zini anglash esa shu tizimning shakllanish jarayonidir. Millat dastavval o’zini anglamog’i, tarixi, taqdiri, istiqboli, manfaatlarini chuqur tushunib yetmogi lozim. Shundan keyingina boshqa millatlarning tarixi, madaniyati, milliy xususiyatlari va manfaatlariga xolis baho berishi mumkin. O’zligini anglab, milliy ongi kamol topayotgan millatgina boshqalarni ham anglash imkoniga ega bo’la oladi.

Bizningcha, milliy onglilik – o’z-o’zini mustaqil idora qila olish madaniyati hamdir. Milliy birlikning g’oyaviy asoslari bilan birga, tashkiliy tomonlari ham ahamiyatlidir. Bu boradagi vazifalar milliy birlikning barqarorlashtirish uchun o’z vatanini himoya qila olish, milliy davlatchilikni mustahkamlash masalasini kun tartibiga qo’yadi. Shu sababli milliy birlik g’oyasi iqtisodiy, siyosiy mustaqillikka erishish, mustaqillikni mustahkamlash, himoya qilish masalalarini ham o’z ichiga oladi.

Iqtisodiy, siyosiy jihatdan boshqalarga qaram bo’lgan mamlakatda mustaqil milliy davlat barpo etish qiyin. Milliy birlik, birdamlik barqaror bo’lgan joydagina milliy davlat, til madaniyat, qadriyatlar, an’analar yuksalishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Milliy ong zaminida shakllaigai milliy birlik - milliy mafkura, milliy vijdon, milliy axloq hamdir. Binobarin, milliy birlik tuyg’usi oldin kishilarning qalbida mafkura, e’tiqod, axloq sifatida shakllanadi va shundan keyingina katta tarixiy, ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikni qo’lga kiritish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalana bilish milliy ong, milliy birlik va birdamlik tuyg’usi qay darajada rivojlanganligiga bog’liq. Mustamlakachilik davrini qo’msash, qanday sharoitda, kimning qo’li ostida yashasak ham, qornimiz to’ysa, ustimiz but bo’lsa, bizga shu narsa yetarli deb o’ylash milliy ong zaifligining belgisidir.

Milliy ong, milliy birlik, birdamlik tuyg’usi dialektik birlikni tashkil etadi. Milliy birlik va birdamlik tuyg’usi yetuk milliy ong asosida shakllanadi va, o’z navbatida, milliy ongning rivojlanishii va barqarorlashiga katta ta’sir ko’rsatadi. Milliy ongning mohiyati milliy birlik va birdamlik tuyg’usiga nisbatan kengroq va chuqurroqdir. U millatga xos ma’naviyatning barcha jabhalarini o’z ichiga olsa, milliy birlik, birdamlik tuyg’usi shu yaxlitlashgan ma’naviyatning amalda namoyon bo’lishidir. Sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvori, axloq-odobi bilan bevosita aloqador.

Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdiri va uning ravnaqini o’ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar10.

Shulardan ko’rinadiki, milliy ong har bir shaxs o’zining muayyan ijtimoiy-etnik birlikka mansubligini anglashi, shu birlikning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni tushunishi hamda ularga o’z munosabatini bildirishdir. Har bir tadbir millat o’z-o’zini anglashidan boshlanadi. Millat istiqboli bilan bog’liq tadbirlar zaminida milliy manfaatlarni anglash yotadi.

Milliy ong, milliy axloq, psixologiya kabi abadulabad belgilab qo’yiladigan, qotib qolgan hodisa emas. Milliy ong har bir xalqning tarixiy rivojlanishi jarayonida o’zgarib, takomillashib boradi. Tarixning burilish davrlarida milliy ongda ham qonuniy tarzda katta o’zgarishlar yuz beradi. Milliy mustaqillikning mohiyati va ahamiyatini anglab yetish natijasida milliy ongning o’sish sur’atlari tezlashib ketadi. Milliy uyg’onish, shak-shubhasiz, milliy his-tuyg’ularni junbishga keltiradi.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi kunda ichki milliy adovatlarni, xalqlarning bir-biriga ishonchsizligini qasddan avj oldirishga, milliy ongni uyg’otish o’rniga, uni so’ndirishga harakat qiluvchi kuchlar ham bor. Bunday kuchlar xalqlarning milliy mustaqilligi mustahkamlanishidan qo’rquvga tushmoqdalar. Bundan tashqari, milliy onglilik asosida milliy xudbinlik yoki milliy kalondimog’likning yuzaga kelish xavfi ham bor. Ana shularni oldini olish kerak.

Milliy ong tariximiz va taqdirimiz birligini, bir etnik guruhga mansub ekanimizni anglashdir. Shu asosdagina millat vakillari urtasvda birdamlik, ahillik, hamjihatlik, umumiy maqsadlar yo’lida bir yoqadan bosh chiqarib, qo’lni- qo’lga berib harakat qilish mas’uliyati shakllanadi. Mahalliychilik, guruhbozlik milliy ong pastligidan, kishilar o’zlarini bir etnik guruhga mansub ekanini chuqur anglab yetmaganligidan kelib chiqadi. O’zbeklar bir-birlarini Farg’onaliklar, Toshkentliklar, Xorazmliklar deb farqlashlari mavjud mintaqalarga xos, obyektiv o’ziga xoslikni aks ettiradi, albatta. Biroq mazkur o’ziga xosliklarni bo’rttirish mahalliychilik kasalini keltirib chiqaradi.

O‘zbek millatining o‘z-o‘zini angla­shi - xalq o‘zini haqiqiy mavjud subyekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklaming ifodalovchisi ekanligi- ni, yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishi jarayonida shakllandi. O‘zbek millatining o‘z-o‘zini anglashi uning millat sifatida anglashining nisbatan yuqori bosqichida shakllandi. Bu - murakkab jarayon bo’ldi. Chunki millatimiz vakillarining ko‘pchiligida o‘zining juz’iy manfaatlaridan umummilliy manfaatlarini ustuvor qo‘ya bilish hissi o‘ta sekinlik bilan namoyon bo’ldi11.

O‘zbek millatining o‘z-o‘zini anglashi uning milliy ongidan farq qiladi. Uning milliy ongi yagona tili, urf- odatlari, an’analari, qadriyatlari va ma’naviyatining pastdan yuqoriga, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borish jarayonida namoyon bo’lgan bo‘lsa, bu ongning o‘z navbatida takomillashishi o‘zbek millatini o‘z-o‘zini anglash darajasiga ko‘tardi. Milliy ongimiz millatimizning o‘ziga xosligi asosida rivojlanib borishi bo‘lsa, milliy o‘z- o‘zini anglash milliy manfaatlarimizni himoya qilishda va rivojlantirishda ichki ma’naviy-ruhiy salohiyat sifatida o‘zini namoyon etdi va etmoqda.

O‘zbek millatining o‘z-o‘zini anglashi bevosita moddiy kuch sifatida millatimiz sha’ni, qadr-qimmati, obro‘- e’tibori, or-nomusi poymol etilganda yoki uning moddiy va ma’naviy manfaatlariga zid harakatlar va holatlarda namoyon bo‘ldi. Sho‘ro yillarida millatimizning sha’ni, qadr-qimmati, or-nomusi, obro‘-e’tibori ko‘p jihatdan poy­mol etildi. Shu boisdan millatimiz vakillari, qaysi lavozimda xizmat qilishi, boy yoki kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, yagona umummilliy kuch bo‘lib birlashdilar va mil­latimizning o‘zligini himoya qildilar. Bu narsa, ayniqsa, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish uchun bir necha oy davom etgan kurashda yorqin namoyon bo’ldi.

Demak, ayonki, o‘z-o‘zini anglash millatimizning mod­diy va ma’naviy manfaatlarini himoya qiluvchi omildir. Bu omil millatimiz taraqqiyoti jarayonida iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy sohalarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qi­lishda uni jipslashtirmoqda va umummaqsadlar yo‘lida harakatga keltirmoqda. O‘z-o‘zini anglash millatimizning abadiyligini ta’minlashning muhim omilidir12.

O‘zbek millati taraqqiyotida milliy o‘z-o‘zini anglash jarayoni Rossiya imperiyasi o‘lkamizni bosib olganidan keyin o‘z mustaqilligimiz uchun kurashlarda, sho‘rolar tuzumi sharoitida o‘zligimizni saqlab qolish uchun bo‘lgan harakatlarda namoyon bo‘lib keldi. Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin milliy o‘zligimizni anglash ikki yo‘nalishda: sobiq sho‘rolar davrida toptalgan urf-odatlarimiz, qadr-qimmatimiz, qadriyatlarimizni tiklash va ma’naviy merosimizni o‘zlashtirishga bo’lgan harakatlar­da hamda yangi adolatli demokratik huquq ustuvorligiga asoslangan jamiyat qurish harakatlarida namoyon bo‘lmoqda. Millat sifatida o‘z-o‘zimizni anglashimiz bizni o‘zga millatlardan ajralib qolishga olib kelmayapti, balki o‘zligimizni anglab, millatimizning boshqa millatlar bilan hamkorligini mustahkamlab bormoqda.

Mustaqillik sharoitida o‘zbek xalqining o‘z-o‘zini anglashini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ayni bir vaqtda, O‘zbekistonda istiqomat qilib turgan boshqa millatlar va elatlar vakillari ham milliy jihatdan o‘z-o‘zini anglashlari, buning uchun esa ong va harakatlari bilan mustaqil Ozbekiston olg‘a surayotgan va barcha millatlarning ehtiyoj va talablariga mos tadbirlarni qo‘llab- quvvatlamoqdalar.

Milliy o‘z-o‘zini anglash masalasi falsafa va ruhiyatshunoslik fanida tuzuk ishlanmagan sohalardan biridir. Chorakkam bir asr davomida hukmronlik qilgan istibdod nazariyasi va mafkurasi izchillik bilan o‘zbek millatini boshqa millatlar bilan yaqinlashtirish va asta-sekin qo‘shib yuborish siyosatini amalga oshirdi. Bu esa millatimizda o‘zlikni, o‘z-o‘zini anglash hissini, milliy g‘ururimizning o‘sishini sustlashtirdi. Holbuki, tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davr, bu — millatlarning gullab yashnash davri, demak, ularning milliy o‘z-o‘zini anglash hissining o‘sish va mustahkamlanish davridir.

Tadqiq etishimizcha, milliy ongni rivojlantirishda uzoq, o’tmishimizni ham, yaqin o’tmish saboqlarini ham hisobga olmoq lozim. Tarix - uzoq, jarayon, kechagi kun bilan hozirga kun esa uning bir-biri bilan bevosita bog’langan xalqalaridir.Ijtimoiy taraqqiyotning murakkab burilish davrlarida ba’zan ehtiros va hissiyotlar aql-idrokdan ustun kelib qolishi mumkin. Bu ham jamiyatdagi ma’naviy kamolot darajasini ko’rsatuvchi bir hol. Har qanday sharoitda ham tarixiy jarayonlar mohiyatini baholashga jahl bilan emas, balki aql bilan yondashmoq zarur.

Demak, milliy ong o’tmish saboqlarini to’g’ri anglash bilan birga, kelajakni ham ko’ra bilishga ma’naviy zamin bo’ladi. Inson tafakkuri, salohiyati qanchalik kuchli bo’lsa, u o’z kelajagiga komil ishonch bilan qaraydi. Yetuk milliy ong o’tmish merosi va an’analariga ko’r-ko’rona taqlid qilishni istisno etadi. Istiqbol muammolariga o’tmishdagi tajriba, ishlab chiqarish shakllari, turmush tarzi, axloq-odob mezonlarinigina emas, balki hozirgi davr imkoniyatlari, talab va ehtiyojlarini ham hisobga olib yondashmoq kerak. Taraqqiyot yo’liga olg’a qarab borar ekanmiz, uz o’tmishimizgagina mahliyo bo’lsak, umuminsoniy qadriyatlarni chetlab o’tsak ma’naviy kamolot cho’qqilariga chiqa olmaymiz. Bu boradagi milliy

qadriyatlarimiz ma’naviyatimizning asosi bo’lsa ham, hozirgi davr talablariga mos keladigan bilimli, ishbilarmon, yuksak axloq va odobli shaxsni tarbiyalash uchun yetarli bo’lmaydi.



Xulosa qilib aytganda, milliy ong kamol topayotgan millatgina boshqa millat manfaatlariga to’g’ri munosabatda bo’lib, ularga xolisona baho bera oladi. Milliy ong milliy birlik va birdamlik tuyg’usi shakllanishining asosidir. Milliy ongning bu xussiyati globallashuv sharoitida yoshlarni tarbiyalashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.



1 Mirziyoyev Sh.M. Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi. //“Xalq so’zi” gazetasi, 2021 yil 1 sentyabr, № 190.

2 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. “Muloqot” jurnali. 1998 yil. 5-soni.

3 Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2011. –B.63.

4 Ma'naviyat asosiy tushunchalar izohli lug'ati. – T.: “G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, 2016. –B.185.

5 Ibrohimov A. Bizkim – o’zbeklar. – T.: “Sharq”, 1999. – B.60.

6 Ibrohimov A. Bizkim – o’zbeklar. – T.: “Sharq”, 1999. – B.61.

7 Ibrohimov A., Sultonov X., Jo’rayev N. Vatan tuyg’usi. –T.: “O’zbekiston”, 1996. –B.78.

8 Ibrohimov A., Sultonov X., Jo’rayev N. Vatan tuyg’usi. –T.: “O’zbekiston”, 1996. –B.79.

9 Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. //Xalq so’zi, 14 dekabr 2016 yil.

10 Sh.O.Mamadaliyev, R.U.Ernazarov, A.Erkayev Ma’naviyat asoslari. –T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. 122-b.

11 Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’at. – T.: “Sharq”, 2009. -B.452.

12 Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’at. – T.: “Sharq”, 2009. -B.453.

Yüklə 33,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə