O'z Mu Jizzax filiali 150-20 guruh talabasi Bobobekov Ma'rufning tayyorlagan taqdimoti. Genlar ekspressiyasining biokimyoviy boshqarilishi



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə2/3
tarix04.05.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#108325
1   2   3
Genlar ekspressiyasining biokimyoviy boshqarilishi.

Genetik kod.

  • Bir gen – bir oqsil (bir sistron – bir polipeptid zanjir) konsepsiyasi ma’lum fermentning sintezlanishini nazorat qiluvchi genning yo‘qligidan kelib chiquvchi nasliy metabolik yetishmovchiliklarni o‘rganish natijasida kelib chiqadi. Bunday nasliy kasalliklarga: fenilketonuriya, tirozinoz, albinizm va boshqalar kiradi. Bularda genning o‘zgarishi metabolik yetishmovchilikka olib keladi. Bir genning mutatsiyasi bir spetsifik ferment aktivligining yo‘qolishiga olib keladi. Bu ma’lumotlar »bir gen – bir ferment» konsepsiyasini taklif etishga asos bo‘ldi. Bunday tekshirishlar mutant viruslar, bakteriyalar, yuqori o‘simlik va hayvonlarda ham o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda bu konsepsiya »bir gen – bir polipeptid zanjir» deb o‘zgartirilgan, chunki ko‘p zanjirli oqsillar har xil xromosomalarda joylashgan bir necha genlar nazoratida sintezlanadilar

Genetik axborotni o‘tkazish bosqichlari.

  • Genetik axborotni o‘tkazish 3 bosqichda boradi:
  • 1. Replikatsiya – DNKdan yangi o‘xshash DNK nusxasini hosil qilish.
  • 2. Transkripsiya – DNKdan genetik axborotni mRNKga ko‘chirilishi.
  • 3. Translyatsiya – mRNKdan axborotni oqsil strukturasiga o‘tkazish

Oqsil sintezi bosqichlari.


Oqsil sintezi besh bosqichda boradi:
1. Aminokislotalarning faollashuvi.
2. Initsiatsiya – sintezning boshlanishi.
3. Elongatsiya – polipeptid zanjirning uzayishi.
4. Terminatsiya – polipeptid zanjir sintezining tugallanishi.
5. O‘z-o‘zidan o‘ralish va protsessing.

Oqsil biosintezining boshqarilishi.

  • Oqsil sintezi ingibitorlari Oqsil sintezining boshqarilish masalasi hozirgi zamon biokimyosi va molekulyar biologiyasining muhim muammolaridan biridir. Tirik hujayralarda har xil oqsil va fermentlar miqdori optimal nisbatda mavjuddir. Bu oqsil biosintezining boshqarilishi natijasida amalga oshiriladi. Tirik organizmlar hujayralari ko‘p miqdorda turli xil oqsillarni sintezlash qobiliyatiga ega. Lekin ular barcha oqsillarni sintezlamaydi. Oqsillar miqdori va ularni turliligi ularni metabolizmda ishtirok etish darajasi bilan bog‘liq.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə