Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə8/25
tarix15.06.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117338
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi

Gipoprotektsiyashunday holatki, unda ota-onaning bola bilan shug’ullanishga yo vaqti etishmaydi, yoki bu ishni boshqalarga yuklab qo’yadi. Ayrim ota-onalar shu tarzda hayot kechirib, farzandlarini umuman nazorat ham qilmaydi, uning taqdiriga befarq bo’ladi, g’amxo’rlik ko’rsatmaydi, bolasining kelajagiga qayg’urmaydi. Gipopretektsiyaning yashirin shaklida ota-ona bola ustidan nomiga nimalardir qilganday bo’ladi. Lekin aslida ularni faqat o’zlarining kundalik muammolari qiziqtiradi. Bola bu holatlarni tahlil etib, o’zining kerak emasligini, oilada ortiqcha ekanligini anglab boradi.
Tashlab qo’yilgan bolalar yoki tashlandiq bolalar – odatda yoshligidan na moddiy, na ma’naviy ehtiyojlari qondirilmagan bolalardir. Ular masalan, qorni to’ymaganidan jismoniy taraqqiyotdan orqada qolsa, nazorat va e’tiborning yo’qligidan turli jinoyat yo’llariga kirib qoladi, yaxshi, samimiy e’tibor va mehrning yo’qligidan jamiyatda, odamlar orasida o’z o’rnini topishga qiynaladigan, odamovi, savodsiz bo’lib o’sadi. Bularning barchasi ularning kelajakda jinoyat yo’llariga kirib qolishiga yoki zararli odatlarga o’rganishi (giyohvand moddalar iste’mol qilish)ga sabab bo’ladi. “Mehr tayanchi” markazi Toshkent shahrida aynan shunday bolalar toifasini to’g’ri hayotga qaytaradigan, gipoprotektsiyaning qurbonlarini oilaviy muhiti sharoitini o’rganganidan so’ng ota-onasini chaqirtirib kelib, ular bilan pedagogik-korrektsion, psixologik uslublarda ishlaydigan muassasa hisoblanadi. Markazdagi bolalarning barchasi oiladagi noto’g’ri tarbiyaning qurbonlaridir.
Gipoprotektsiyaning ham haddan ziyod shakli borki, unda bola ota-ona nazoratidan ataylab tashlab qoldirilgani sababli, uning noto’g’ri yo’llarga kirib ketayotganligiga ham kattalar befarq bo’ladilar. A.E. Lichko, A.A. Vdovichenkolarning Rossiyada o’tkazgan tadqiqotlarida yomon yo’lga kirib ketgan, voyaga etmagan jinoyatchilarning ota-onalarida jiddiy xatoliklar aniqlangan. Ular bolasining noto’g’ri xatti-harakatini oqlamoqchi ham bo’ladi, yoki aybni boshqalarga, masalan, ko’cha bolalariga, maktabdagi intizomsizlikka, o’qituvchilarning befarqligiga to’nkamoqchi bo’ladi, faqat o’zlarining aybini sezmaydi yoki tan olmaydi.
Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli – ziddiyatli tarbiya. Bunda oila a’zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo’llaydi, masalan, otasi o’ta qattiqqo’l, ona o’ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini juda nazorat qilib, mas’uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug’ullalanadi, buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib ketishini – “hali yosh, katta bo’lganda o’zi yaxshi bo’lib ketadi”, qabilida ma’qullayveradi. Bunday beqaror tarbiya uslublarini E.Eydemiller, V.YUstitskiy, N.Lengardlar o’rganib, uning oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, masalan, qaysarlik, obro’li shaxslarning tazyiqini noto’g’ri baholash kabilar shakllanishini isbotlaganlar. Ota-ona tarbiyadagi beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni bilmaydi. Ko’pincha bu – bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni tinchlantiradi. Aksariyat ota-onalar bolasini yo’qotib qo’yish yoki uning ko’ngli qolishidan qo’rqib ham noto’g’ri tarbiya yo’llarini tutadi. SHuning uchun oilaviy tarbiya o’ta murakkab jarayon bo’lib, unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor bo’lishlari kerak.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə