Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi


O’ta kuchli axloqiy mas’uliyat



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə7/25
tarix15.06.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi

O’ta kuchli axloqiy mas’uliyat – bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo’ladi, lekin uning asl xohish-istaklari, ehtiyojlari unchalik e’tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta qilishni o’ylab, uning yurish-turishi uchun o’zlarini mas’ul deb his qilgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba’zan nazorat ostida bolaning yoshi, aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, topshiriqlar ham berilaveradi. Masalan, “sen to’ng’ichimizsan, ukalaringga sen qarashing kerak”, degan ma’noda unga oiladagi kichik a’zolarga yoki kasallikka chalingan oila a’zosini parvarish qilish kabi mas’uliyatli va og’ir ishlar ham yuklanadi.
Emotsional raddiya – bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-ona hayotida u o’ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo’lmaganida ota-onaning hayoti boshqachi bo’lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand oilada yagona bo’lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliroq inson bo’lsa, vaziyat yanada og’irlashadi, “sen bo’lmaganingda…” yoki qiz bolaga qarab: “Sening o’rningda o’g’il bo’lganda edi...” qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.
Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini yashirishga urinadi, “nega bolani yoqtirmaysan?” kabi savollarga aslida uni sevishi, kerakligini ta’kidlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish ekanligini his qilib yashaydi va tezroq mustaqil bo’lib olib, ularni tashlab ketishni, alohida yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o’z mehribonligini sun’iy ravishda namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning bunday munosabati bolaga juda og’ir botadi.
Qattiqqollik – bir qarashda emotsional rad etishga o’xshaydi, lekin undan ochiqroq va og’irroqdir. Qattiqqo’llik to’g’ridan-to’g’ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to’la befarqlik, uning bor-yo’qligini go’yoki sezmaslik kabi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo’lsa-da, tezroq katta bo’lish, o’zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o’ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo’rqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo aybdorlarni qidirishga o’rganib boradi.
A. Freyd nazariyasiga ko’ra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bo’lib borib, o’zida alamni qaysidir bir ob’ektdan (o’zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo’lib o’sadi. Ma’lumotlarga ko’ra, Amerikada ko’cha bolalarining kamida 1%i oilada ayni shunday tarbiyaning qurbonidirlar. Amerikalik olim S.D.SHerrits (2003) oiladagi ana shu kabi qattiqqo’lliklarning bola va ota-ona xulq-atvoriga salbiy ta’sirini o’rganib, ularning xarakterida ro’y beradigan o’zgarishlarga to’xtalib o’tgan. Jismoniy jihatdan bolaga zug’um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir. Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki baxtsiz muhabbat qurboni bo’lgan, lekin farzand ko’rgan ayollarning aksariyati achchig’ini bolasidan olishga moyillik tarkib topadi, bu tobora hayotiy ko’nikmaga aylanib boradi. Ayniqsa, stress omillar ta’sirida ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi yo’qlar, ish qidirib boshqa erlarga ketib qolgan migrantlar, etnik yoki moliyaviy ziddiyatlarning qurbonlari, kambag’allar) o’z ijtimoiy muammolarini hal qilaolmay, tug’ilgan bolasidan o’ch ola boshlaydi.
Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun murakkab tuyulsa, ularning bolasini kaltaklashi, undan o’ch olish ehtimoli shuncha yuqori bo’lishini olimlar o’rganishgan. SHunisi xarakterliki, bolasini tez-tez do’pposlaydigan ota-ona ayrim holatlarga unga qattiqqo’lliklarining sababini aytib, bu kabi harakatlarni nima uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham jazm qiladi, bolani ularni tushunishga, hattoki, ko’mak berishga chaqiradi. Masalan, topganini o’zi ko’chada eb, alkogolga almashtirib kelib, achchig’ini yana boladan oladi-da, puli asli kam ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi. Bunda bolaning yoshi unchalik ahamiyatli ham emas, 2 yoshdan o’tgan bolaga nisbatan jazo choralari ko’rilganligini ayrim holatlarda OAVda aks ettiriladi.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə