Osteologia



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160696
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Odam anatomiyasi

Vena sistemasi 
Yuqori kovak vena ---- vena cava superior 
Uzunligi 5-8 sm, klapansiz qon-tomir hisoblanadi. Yuqori kovak vena 3 ta 
sohadan qon yig`adi. 
1)
Bosh-bo`yindan 
2)
Qo`llardan 
3)
Ko`krak qafasining devor tarmoqlaridan 
Yig`ilgan qonni yurakning o`ng bo`lmasiga quyadi. 
Yoqori kovak vena o`ng va chap yelka-bosh venasi --- vena brachiocephalica 
dextra et sinistra larni o`ng 1-qovurg`aning to`sh suyagiga birikkan joyida o`zaro 
birlashishi natijasida hosil bo`ladi. Yuqori kovak vena 3-juft qovurg`aning to`sh 
suyagiga birikkan joyida o`ng bo`lmachaga ochiladi. 


135 
Yelka-bosh venalari ichki bo`yunturuq venasi --- vena jugularis interna bilan 
o`mrov osti venasi --- vena subclavia larning to`sh-o`mrov bo`g`imining ostida 
birlashishi natijasida hosil bo`ladi. 
Umurtqa pog`onasining ichida vena chigallari --- plexus venosus vertebralis lar 
tafovut qilinadi. Ularning diafragmaning usti sohasida joylashganlari yuqori 
kovak venaga, diafragmaning osti sohasida joylashganlari pastki kovak venaga 
ochiladi. 
Ichki bo`yinturuq venasi foramen jugularis dan boshlanib, 2 ta sohadan vena 
qonini yig`adi. 
1)
Kalla ichi tarmoqlaridan --- foramen jugularis ning to`grisida sinus 
cavernosa bo`lib, kalla ichidagi barcha venalar (sinus transversus, sinus 
occipitalis, sinus rectus, sinus sagittalis superior, sinus sagittalis inferior, sinus 
petrosis major, sinus petrosis minor, sinus sigmoidea) dan kelgan qonlar shu 
yerda yig`iladi. 
2)
Kalla tashqi tarmoqlaridan --- 4 ta venadan qonni yig`adi va yig`ilgan 
qonni yelka-bosh venasiga quyadi. 
a)
vena thyroidea superior 
b)
vena lingualis 
c)
vena facialis 
d)
vena retromandibularis 
Tashqi bo`yinturuq venasi --- vena jugularis externa esa 3 ta venadan qon 
yig`adi. 
1)
vena occipitalis 
2)
vena auricularis posterior 
3)
vena retromandibularis 
Tashqi bo`yinturuq venasi yig`ilgan qonni ichki bo`yinturuq venasiga quyadi, 
ichki bo`yinturuq venasi esa yelka-bosh venasiga quyadi. 
Til osti suyagining atrofida ikkita vena jugularis anterior birlashib, arcus 
jugularis ni hosil qiladi. Bu ravoq teri osti yuza venalaridan qonni yig`ib, yig`ilgan 
qonni tashqi bo`yinturuq venasiga quyadi. U ichki bo`yinturuq venasiga, ichki 
bo`yinturuq venasi esa yelka-bosh venasiga quyadi. 
Qo`lning yuza venalari 
1)
Bosh barmoq ro`parasidan vena qonini yig`adigan vena cephalica --- 
bilakning oldingi yuzasidagi sulcus radialis da joylashadi. 
2)
Jimjiloq ro`parasidan vena qonini yig`adigan vena basilica --- bilakning 
oldingi yuzasidagi sulcus ulnaris da joylashadi. 


136 
Bu ikkita vena yuqoriga qarab ko`tarilib, tirsak chuqurchasi sohasida vena 
intermedia cubiti yordamida o`zaro birlashadi. Shu yerdan inyeksiya qilinadi. 
So`ngra vena cephalica yuqoriga qarab ko`tariladi va yelkaning oldingi 
yuzasidagi sulcus biceptalis lateralis da joylashadi. Yig`gan qonini vena axillaris 
ga quyadi. 
So`ngra vena basilica yuqoriga qarab ko`tariladi va yelkaning oldingi 
yuzasidagi sulcus biceptalis medialis da joylashadi. Yig`gan qonini vena brachialis 
ga quyadi. 
Pastki kovak vena ---- vena cava inferior 
Qorin aortasining o`ng tomonida joylashadi. O`ng hamda chap umumiy 
yonbosh venalarining 4-bel umurtqasi ro`parasida birlashishidan hosil bo`ladi. 
Uzunligi 10-12 sm bo`ladi.
Pastki kovak vena quyidagi sohalardan qon yig`adi: 
1)
Ko`krak bo`shlig`ining a`zo tarmoqlaridan 
2)
Qorin bo`shlig`ining a`zo va devor tarmoqlaridan 
3)
Chanoq bo`shlig`ining a`zo va devor tarmoqlaridan 
4)
Oyoqlardan 
Pastki kovak vena yig`ilgan qonni yurakning o`ng bo`lmachasiga quyadi. 
Pastki kovak venaga a`zo tarmoqlari 2 guruhga bo`linadi 
1)
Parietal tarmoqlari 
2)
Visseral tarmoqlari 
Parietal tarmoqlari 
1)
vena phrenica inferior 
2)
vena lumbalis --- 4 juft bo`ladi 
Visseral tarmoqlari 
1)
vena renalis 
2)
vena suprarenalis media 
3)
vena testicularis (ovarica) 
4)
vena hepatica 
Darvoza venasi ---- vena portae 
Qorin bo`shlig`idagi barcha toq a`zolarning vena qonini yig`ib oladi. Darvoza 
venasi 3 ta venaning qo`shilishidan hosil bo`ladi. 
1)
vena lienalis 


137 
2)
vena mesenterica superior 
3)
vena mesenterica inferior 
Qorin bo`shlig`idagi 4 juft vena lumbalis ning yuqorigi 1 jufti yuqoriga qarab 
ko`tariladi (vena lumbalis ascendens dextra et sinistra) va diafragmaning bel 
qismini o`ng hamda chap oyoqchalari orqali ko`krak bo`shlig`ining ichiga kirib, 
o`ngi vena azygos, chapi vena hemiazygos nomini oladi. 
Toq vena --- vena azygos ko`krak bo`shlig`ining o`ng tomonidagi vena lardan 
qon yig`adi. 
1)
vena mediastenalis 
2)
vena pericardium 
3)
vena oesophagus 
4)
vena intercostalis posterior dextra 
5)
vena bronchialis 
Yarim toq vena --- vena hemiazygos ko`krak bo`shlig`ining chap tomonidagi 
venalardan qon yig`adi. 
1)
vena mediastenalis 
2)
vena pericardium 
3)
vena oesophagus 
4)
vena intercostalis posterior sinistra 
5)
vena bronchialis 
6)
vena hemiazygos accessorius --- yuqoridan keladi 
So`ngra yarim toq vena chap 7-qovurg`aning to`sh suyagiga birikkan joyida 
o`ng tarafga burilib, yig`gan qonini toq venaga quyadi. Toq vena esa yig`gan 
qonlarini yuqori kovak venaga quyadi. 
Oyoqning yuza venalari 
1)
vena saphena magna organizmdagi eng uzun vena hisoblanadi. Bosh 
barmoq ro`parasidan boshlanib, boldir bilan sonning medial sohasidagi barcha 
vena qon-tomirlaridan vena qonini yig`ib, canalis adductorius dan o`tib, yig`gan 
qonini vena femoralis ga quyadi. 
2)
vena saphena parva jimjiloq ro`parasidan boshlanib, boldirning lateral 
sohasidagi vena qon-tomirlaridan vena qonini yig`ib, yig`gan qonini vena 
popliea ga quyadi. Vena poplitea esa yig`gan qonini vena femoralis ga quyadi. 


138 
Vena sistemasida 2 xil anastomoz tafovut etiladi 
1)
Kava-kaval anastomozlar --- yuqori kovak vena oqimlarining pastki kovak 
vena oqimlari bilan bog`lanishi. 
2)
Porta-kaval anastomozlar --- darvoza venasining kovak vena oqimlari bilan 
bog`lanishi. 
Kava-kaval anastomozlar: 
1)
vena epigastrica superior ---> vena thoracica interna ---> vena subclavia ---> 
vena brachiocephalica ---> vena cava superior 
vena epigastrica inferior ---> vena iliaca externa ---> vena iliaca communis ---> 
vena cava inferior 
2)
plexus venosus vertebralis cervicalis et thoracica ---> vena cava superior 
plexus venosus vertebralis lumbalis et sacralis ---> vena cava inferior 
3)
vena lumbalis ascendens dextra et sinistra ---> vena azygos et hemiazygos ---> 
vena cava superior 
vena lumbalis (qolganlari) ---> vena cava inferior 
Porta-kaval anastomozlar 2 ga bo`linadi: 
1)
Yuqori kovak vena oqimlari bilan darvoza venasi oqimlarining birlashuvi 
2)
Pastki kovak vena oqimlari bilan darvoza venasi oqimlarining birlashuvi 
Yuqori kovak vena oqimlari bilan darvoza venasi oqimlarining birlashuvi: 
1)
vena epigastrica superior ---> vena cava superior 
vena paraumblicalis ---> vena portae 
2)
vena oesophagus ---> vena cava superior 
vena oesophagus (qorin qisminiki) ---> vena portae 
Pastki kovak vena oqimlari bilan darvoza venasi oqimlarining birlashuvi: 
1)
vena epigastrica inferior ---> vena cava inferior 
vena paraumblicalis ---> vena portae 
2)
vena rectalis media et inferior ---> vena cava inferior 
vena rectalis superior ---> vena portae

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə