Osteologia



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160696
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Odam anatomiyasi

Syndesmologia 


39 
 
Bo`g`imlar 3 turga bo`linadi. 
1)
Uzlukli ---- diarthros 
2)
Uzluksiz ---- synarthros 
3)
Yarim harakatchan ---- gimearthros 
Synarthros ning 3 turi bor 
1)
Syndesmos --- biriktiruvchi to`qima yordamida birlashuv 
2)
Synchondros --- tog`ay to`qima yordamida birlashuv
3)
Synostos ---- suyak to`qima yordamida birlashuv 
Syndesmosning 3 turi bor
1)
Membrana yordamida birlashuv --- antebrachi bilan cruris o`rtasida 
2)
Chok (sutura) yordamida birlashuv --- 3 turi bor 
a)
sutura dentatus ---- tepa suyaklari o`rtasida 
b)
sutura squamosa ---- tepa va chakka suyaklari o`rtasida 
c)
sutura plana ---- yuz suyaklari o`rtasida 
Synchondrosning 2 turi bor 
1)
Doimiy ----- kalla suyaklari birlashuvi
2)
Vaqtinchalik ----- kalladan boshqa suyaklar birlashuvi 
Diarthros 
Bo`g`im --- 2 ta suyak bir-biriga yaqinlashmasdan o`rtada bo`shliq qolib 
birikishi. Bo`g`im hosil bo`lishi uchun 5 ta narsa kerak. 
1)
Bo`g`im yuzasi 
2)
Bo`g`im tog`ayi 
3)
Bo`g`im suyuqligi
4)
Bo`g`im bo`shlig`i
5)
Bo`g`im kapsulasi (tashqi-- fibroz, ichki --- sinovial) 
Bo`g`imning qo`shimcha elementlari: disk, minsk, lab, burma, xalta. 
Bo`g`imlar biomexanikasi: 
Frontal o`q atrofida ------ flexio , extensio 
Saggital o`q atrofida ------ abductio , adductio 


40 
Vertikal o`q atrofida ------ pronatio , supenatio 
Bo`g`im 2 ta o`q atrofida harakat qilsa ---- rotatio deyiladi 
Bo`g`im 3 ta o`q atrofida harakat qilsa ---- circumductio deyiladi 
Bo`g`imlar anatomik-funksional holatiga qarab 3 ga bo`linadi: 
1)
Bir o`qli 2) Ikki o`qli 3) Uch o`qli 
Bir o`qli bo`g`imlar: 
1)
Silindrsimon bo`g`im ---- articulatio trachoidea deyiladi. Misol: articulatio 
radioulnaris proximalis et distalis 
2)
G`altaksimon bo`g`im ---- articulatio genglimus deyiladi. Misol: articulatio 
interfalangis 
3)
Vintsimon bo`g`im ----- articulatio cochlaris deyiladi. Misol: articulatio 
talocruris 
Ikki o`qli bo`g`imlar: 
1)
Ellipsimon bo`g`im ---- articulatio ellipsoidea deyiladi. Misol: articulatio 
radiocarpi 
2)
Do`ngli bo`g`im ---- articulatio bicondularis deyiladi. Misol: articulatio genus 
3)
Egarsimon bo`g`im ---- articulatio cilliaris deyiladi. Misol: articulatio 
carpometacarpi pollex 
Uch o`qli bo`g`imlar: 
1)
Sharsimon bo`g`im ---- articulatio spheroidea deyiladi. Misol: articulatio 
humeri 
2)
Kosasimon bo`g`im ---- articulatio cotulica deyiladi. Misol: articulatio coxae 
Bo`g`imlar 4 xil bo`ladi: 
1)
Bo`g`imni hosil qilishda 2 ta suyak ishtirok etgan bo`lsa oddiy bo`gim ---- 
articulatio simplex deyiladi. 
2)
Bo`g`imni hosil qilishda 3 va undan ortiq suyak ishtirok etgan bo`lsa 
murakkab bo`g`im ---- articulatio composito deyiladi. 
3)
Bitta anatomik oblastda 2 ta bir xil bo`g`im bitta funksiyani bajarsa hamkor 
bo`g`im deyiladi. 
4)
Bo`g`imni hosil qilishda asosiy elementlardan tashqari qo`shimcha 
elementlar (disk, minsk…) ham qatnashsa ---- kompleks bo`gim deyiladi. 
Umurtqa pog`onasi birlashuvi ---- articulatio intervertebralis 


41 
Qo`shimcha elementdan --- discus articularis qatnashadi. 
2 ta qismi bo`ladi. 
1)
Markazi --- nucleus pulposus 
2)
Atrofi ---- anulus fibrosus 
Bu tuzilma umurtqa tanalari uchun amartizator funksiyasini bajaradi. 
Umurtqa boylamlari 2 guruhga bo`linadi: 
1)
Uzun boylamlar 2) Kalta boylamlar
Uzun boylamlar: 
1)
ligamentum longitudinale anterius ---- ensa suyagining tuberculum 
pharyngeum qismidan boshlanib, dumg`aza suyagidagi linea transverus ga 
birikadi. 
2)
ligamentum longitudinale posterius ---- 2-bo`yin umurtqasi tishining ikki 
yonidan boshlanib, umurtqa kanali ichidan ketib, canalis sacralis ning labiga 
birikadi. 
Kalta boylamlar: 
1)
ligamentum intertransversus ---- ko`ndalang o`simtalar o`rtasida tortilgan 
2)
ligamentum flavum (sariq boylam) ---- umurtqa yoylari o`rtasida tortilgan 
3)
ligamentum interspinalis ---- qirrali o`simtalar o`rtasida tortilgan 
4)
ligamentum supraspinalis ---- qirra usti boylami 
Dumg`aza dum birlashuvi ---- articulatio sacrococcygeus 
Dumg`aza va dum suyaklari shoxlari o`rtasida hosil bo`ladi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum sacrococcygeus anterior --- yuqoridanligamentum longitudinale 
anterius ni davomi bo`lib, dum suyagini oldindan mustahkamlaydi 
2)
ligamentum sacrococcygeus lateralis --- ligamentum intertransversus ning 
davomi bo`lib, dum suyagini ikki yondan mustahkamlaydi 
3)
ligamentum sacrococcygeus dorsalis superficialis --- ligamentum flavum bilan 
ligamentum supraspinalis ning davomi bo`lib, dum suyagini orqadan 
mustahkamlaydi 
4)
ligamentum sacrococcygeus dorsalis profundus --- ligamentum longitudinale 
posterius ning davomi bo`lib, dumg`aza kanalining ichidan davom etib, dumni 
orqadan mustahkamlaydi. 
Ensa bilan atlant birlashuvi ---- articulatio atlantooccipitalis 


42 
Atlantning yuqori bo`g`im yuzasi bilan ensa suyagining condylus occipitalis lari 
orasida hosil bo`ladi. Shakli --- do`ngli bo`g`im. 
Boylamlari bo`lmaydi. Uning o`rniga parda bo`ladi. 
1)
membrana atlantooccipitalis anterior ---- atlantning arcus anterior idan 
boshlanib, clivusga birikadi. 
2)
membrana atlantooccipitalis posterior ---- atlantning arcus posterior idan 
boshlanib, ensaning linea nuchae superior iga birikadi. 
Atlant va axis birlashuvi ---- articulatio atlantoaxilaris 
Hosil qilishda 3 ta bo`g`im qatnashadi. 
1)
articulatio atlantoaxilaris medialis ---- atlantning fovea dentisi bilan axisning 
tishi orasida hosil bo`ladi. Toq bo`g`im. 
2)
articulatio atlantoaxilaris lateralis ---- atlantning pastki bo`g`im yuzasi bilan 
axisning yuqori bo`g`im yuzasi orasida hosil bo`ladi. Juft bo`gim. 
Boylamlari 4 ta 
1)
ligamentum apex dentis ---- tishning uchidan boshlanib, clivus ga birikadi. 
2)
ligamentum alare ---- tishning ikki chetidan boshlanib, ensaning tuberculum 
jugularis iga birikadi 
3)
ligamentum cruciformis atlantis ---- tishning oldingi yuzasidan boshlanib, 
massa lateralis ga birikadi 
4)
ligamentum transversus atlantis ---- tishning orqa yuzasidan boshlanib, massa 
lateralis ga birikadi. 
Qovurg`a-to`sh birlashuvi ---- articulatio sternocostalis 
To`sh suyagidagi incisura costae bilan qovurg`a tog`ayi --- cartilago costae 
orasida hosil bo`ladi. 1-juft qovurg`a to`shga tog`ay yordamida to`g`ridan-to`g`ri 
synchondros birikadi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum sternocostalis interarticularis ---- bo`g`im ichi boylami 
2)
ligamentum sternocostalis radiatum ---- shulasimon boylam 
Qovurg`a boshi bilan ko`krak umurtqasi tanasi o`rtasidagi bo`g`im ---- 
articulatio capitis costae deyiladi. 
Boylami: 1) ligamentum capitis costae interarticularis 
Qovurg`a do`mbog`i bilan ko`krak umurtqasi ko`ndalang o`simtasi orasidagi 
bo`g`im --- articulatio costa transversus deyiladi. 


43 
Boylamlari:
1)
ligamentum costa transversus medialis 
2)
ligamentum costa transversus superior 
Pastki jag` va chakka bo`g`imi ---- articulatio 
temparomandibularis 
Pastki jag`ning caput mandibularisi bilan chakka suyagidagi fossa mandibularis 
orasida hosil bo`ladi. Shakli --- do`ngli. 
Boylamlari: 3 ta 
1)
ligamentum temporomandibularis lateralis ---- arcus zygomaticus dan 
boslanib, collum mandibula ga birikadi. 
2)
ligamentum stylomandibularis ---- chakkaning bigizsimon o`simtasidan 
boshlanib, tuberositas pterygoideus ga birikadi. 
3)
ligamentum sphenomandibularis ---- rostrum sphenoidalis dan boshlanib, 
lingula mandibula ga birikadi. 
To`sh-o`mrov bo`g`imi --- articulatio sternoclavicularis 
To`sh suyagidagi incisura clavicularis bilan o`mrov suyagidagi extrimitas 
sternalis orasida hosil bo`ladi. Shakli --- sharsimon. Qo`shimcha elementdan 
disk qatnashadi. 
Boylamlari; 
1)
ligamentum sternoclavicularis anterior 
2)
ligamentum sternoclavicularis posterior 
3)
ligamentum interclavicularis 
4)
ligamentum costaclavicularis 
Akramion-o`mrov bo`g`imi --- articulatio acromoclavicularis 
O`mrov suyagining extrimitas acromialis idagi facies articularis acromialis bilan 
akromion o`simtasidagi facies articularis acromialis o`rtasida hosil bo`ladi. Shakli 
--- yassi. Qo`shimcha elementdan disk qatnashadi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum acromoclavicularis superior 


44 
2)
ligamentum acromoclavicularis inferior 
3)
ligamentum corococlavicularis --- 2 ta boylam hosil qiladi 
a)
ligamentum conoideum 
b)
ligamentum trapezoideum 
Yelka bo`g`imi ---- articulatio humeri 
Kurak suyagidagi cavitas glenoidalis bilan yelka suyagi boshi orasida hosil 
bo`ladi. Shakli ---- sharsimon. Qo`shimcha elementdan lab qatnashadi. 
Boylami 1 ta shuning uchun yelka ko`p chiqadi. 
1)
ligamentum corocohumeri ---- tumshuqsimon o`simtadan boshlanib, labni 
o`raydi. 
Yelka bo`gimi kapsulasining ichida yelkaning ikki boshli mushagining uzun 
boshining payi joylashadi. 
Tirsak bo`g`imi ---- articulatio cubiti 
Buni hosil qilishda 3 ta suyak qatnashgani uchun 3 ta bo`g`im hosil bo`ladi. 
1)
articulatio humeroradialis --- yelka suyagidagi capitulum humeri bilan bilak 
suyagi boshidagi fossa capitis radii o`rtasida 
2)
articulatio humeroulnaris ---- tirsak suyagidagi incisura trochlea bilan, 
yelkadagi trochlea humeri o`rtasida. Shakli ---- g`altaksimon. 
3)
articulatio radioulnaris proximalis ---- tirsak suyagidagi incisura radii bilan 
bilak suyagidagi caput radii o`rtasida. Shakli ---- silindrsimon 
Tirsak bo`g`imining umumiy shakli ---- g`altaksimon 
Boylamlari: 
1)
ligamentum collateralis radialis --- yelka suyagidagi epicondylus lateralis dan 
boshlanib, bilak suyagidagi tuberositas radii ga birikadi. 
2)
ligamentum collateralis ulnaris --- yelka suyagidagi epicondylus medialis dan 
boshlanib, tirsak suyagidagi tuberositas ulna ga birikadi. 
3)
ligamentum anularis radialis --- bilak suyagi bo`ynini o`rab, tirsak suyagidagi 
incisura radii ga birikadi. 
Bu bo`g`imning o`ziga xos xususiyati --- 3ta bo`g`im bitta kapsulada joylashadi. 
Articulatio radioulnaris distalis
---- bilak suyagidagi incisura ulna bilan 
caput ulna orasida hosil bo`ladi. Shakli --- silindrsimon 
Boylami 1 ta --- membrana interossea antebrachii 


45 
Bilak-kaft bo`g`imi ---- articulatio radiocarpi 
Bilak suyagidagi facies articularis carpi bilan kaft usti suyagidagi scaphoideum, 
lunatum, triquetrum suyaklari orasida hosil bo`ladi. Tirsak suyagi va 
no`xatsimon suyak qatnashmaydi. Shakli --- ellepsimon. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum collateralis carporadialis --- bilak suyagining bigizsimon 
o`simtasidan boshlanib, qayiqsimon suyak bilan katta trapetsiyasimon suyakka 
birikadi 
2)
ligamentum collateralis carpoulnaris --- tirsak suyagining bigizsimon 
o`simtasidan boshlanib, uch qirrali suyak bilan os hamatum ga birikadi 
3)
ligamentum radiocarpi palmaris --- bilak va tirsak suyaklari distal qismining 
oldingi yuzasidan boshlanib, kaft usti suyaklarining proksimal qatorlariga 
birikadi 
4)
ligamentum radiocarpi dorsalis --- bilak va tirsak suyaklari distal qismining 
orqa yuzasidan boshlanib, kaft usti suyaklari proksimal qatorlari orqa yuzasiga 
birikadi 
Articulatio intercarpi siu mediocarpi 
Kaft usti suyaklarining proksimal va distal qatorlari orasida hosil bo`ladi. Shakli 
--- yassi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum intercarpi interossi 
2)
ligamentum intercarpi palmaris 
3)
ligamentum intercarpi dorsalis 
4)
ligamentum intercarpi radiatum 
Kaft va kaft usti bo`g`imi ----- articulatio carpometacarpi 
Kaft usti suyaklarining distal qator suyaklari bilan metacarpi ning basis lari 
orasida hosil bo`ladi. 
Bosh barmoqning bo`g`im shakli ---- egarsimon 
Qolgan barmoqlarning bo`g`im shakli ---- yassi 
Boylamlari: 


46 
1)
ligamentum carpometacarpi palmaris 
2)
ligamentum carpometacarpi dorsalis 
3)
ligamentum metacarpi palmaris 
4)
ligamentum metacarpi dorsalis 
Kaft-barmoq bo`g`imi ---- articulatio metacarpiphalangis 
Metacarpi ning caputi bilan proksimal phalanga larning basis i orasida hosil 
bo`ladi. Shakli ---- ellepsimon 
Boylamlari: 
1)
ligamentum collateralis 
2)
ligamentum metacarpi interossi profunda 
Barmoqlar orasidagi bo`g`im ----- articulatio interphalangis 
Proksimal phalanga ning caputi va medial phalanganing basis i orasida hamda 
medial phalanganing caputi va distal phalanganing basisi orasida hosil bo`ladi. 
Shakli ---- g`altaksimon. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum collateralis 
2)
ligamentum palmaris 
Dumg`aza-yonbosh bo`g`imi ---- articulatio sacroiliaca 
Yonbosh suyagi bilan dumg`aza suyagining facies auricularis lari orasida hosil 
bo`ladi. Shakli ---- yassi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum sacroiliaca anterior 
2)
ligamentum sacroiliaca posterior 
3)
ligamentum sacroiliaca interossi 
4)
ligamentum iliolumbalis --- 5-bel umurtqasi ko`ndalang o`simtasidan 
boshlanib, crista iliaca ga birikadi 
5)
ligamentum sacrospinalis --- spina ischiadica dan boshlanib, dumg`azaning 
crista sacralis lateralis iga birikadi. Natijada foramen ischiadica major hosil 
bo`ladi 


47 
6)
ligamentum sacrotubarea ---- tuberculum ischii dan boshlanib, crista sacralis 
lateralis ga birikadi. Natijada foramen ischiadica minor hosil bo`ladi. 
Qov suyaklari orasidagi bo`g`im ---- articulatio interpubica 
Ikkita qov suyagining facies symphysialis larini qo`shilishidan hosil bo`ladi. 
Qo`shimcha elementdan disk qatnashadi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum pubicum superior
2)
ligamentum pubicum inferior siu arcuata 
Chanoq-son bo`gimi ---- articulatio coxae 
Chanoq suyagidagi fossa acetobulum bilan son suyagi boshi orasida hosil 
bo`ladi. Shakli --- kosasimon 
Boylamlari 2 xil bo`ladi. 
1)
Ichki boylamlar 
2)
Tashqi boylamlar 
Ichki boylamlari: 
1)
ligamentum capitis femoralis --- son suyagidagi fovea capitis dan boshlanib, 
fossa acetobulum ga birikadi. 
2)
ligamentum transversum acetobulum --- incisura acetobuli ni to`ldirib, 
sonning bo`yniga birikadi. 
Tashqi boylamlari: 
1)
ligamentum iliofemoralis 
2)
ligamentum pubofemoralis 
3)
ligamentum ischiofemoralis
Tizza bo`g`imi ---- articulatio genus 


48 
Son suyagining condylus medialis et lateralis lari, katta boldir suyagining 
yuqori bo`g`im yuzasi va tizza qopqog`ining facies articularis i orasida hosil 
bo`ladi. Shakli --- do`ngli. Qo`shimcha elementdan minsk qatnashadi.
Boylamlari: 
1)
ligamentum patellaris 
2)
ligamentum collateralis fibularis
3)
ligamentum collateralis tibialis 
4)
ligamentum cruciatum anterior --- condylus lateralis ning ichki tomonidan 
boshlanib, area intercondylaris anterior ga birikadi. 
5)
ligamentum cruciatum posterior 
6)
ligamentum poplitea arcuata 
7)
ligamentum poplitea obliquus 
Boldir suyaklari proksimal qismi birlashuvi --- articulatio capitis 
fibulae 
Kichik boldir suyagining boshi va katta boldir suyagining facies articularis 
fibulae si orasida hosil bo`ladi. Shakli --- yassi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum capitis fibulae anterior 
2)
ligamentum capitis fibulae posterior 
Boldir suyaklari distal qismi birlashuvi --- articulatio tibiafibularis 
Kichik boldir suyagidagi incisura fibulae bilan katta boldir suyagi orasida hosil 
bo`ladi. Shakli ---- yassi. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum tibiafibularis anterior 
2)
ligamentum tibafibularis posterior 
3)
membrana interossea cruris 
Oshiq-boldir bo`g`imi ---- articulatio talocruris 


49 
Oshiq suyagidagi trochlea tali bilan katta boldir va kichik boldir suyaklarining 
to`piqlari orasida hosil bo`ladi. 
Boylamlari 2 guruh 
1)
Medial boylamlar 2) Lateral boylamlar 
Medial boylamlar: 
1)
ligamentum deltaideus siu medialis ---- 4 ta qismi bor 
a)
pars talotibialis anterior 
b)
pars talotibialis posterior 
c)
pars talonavecularis 
d)
pars talocuboideum 
Lateral boylamlar: 
1)
ligamentum talofibularis anterior 
2)
ligamentum talofibularis posterior 
3)
ligamentum calcanonavecularis 
Shopar bo`g`imi --- articulatio tarsitransversus 
Bu bo`g`imni 2 ta bo`g`imlar hosil qiladi 
1)
articulatio talonavecularis 
2)
articulatio calcanocuboideum 
Shopar bo`g`imi kaliti ---- ligamentum bufercatum deyiladi. 
1)
ligamentum calcanonavecularis 
2)
ligamentum calcanocuboideum 
Liss-Frank bo`g`imi ---- articulatio tarsimetatarsi 
Bu bo`gimni 3 ta bo`g`im hosil qiladi. 
1)
os metatarsi 1 bilan os cuneformis medialis orasidagi bo`g`im. Bu bitta 
kapsulada turadi. 
2)
os metatarsi 2-3 bilan os cuneformis intermedia et lateralis orasidagi bo`g`im. 
Bu bitta kapsulada turadi. 
3)
os metatarsi 4-5 bilan os cuboideum orasidagi bo`g`im. Bu bitta kapsulada 
turadi. 
Liss-Frank bo`g`imi kaliti. 
1)
ligamentum cuneometatarsi interossi medialis-2 


50 
Boylamlari: 
1)
ligamentum tarsimetatarsi dorsalis 
2)
ligamentum tarsimetatarsi plantaris
Kaft usti-barmoq bo`g`imi ---- articulatio metatarsiphalangis 
Metatarsi ning caputi bilan proksimal phlangalarning basislari orasida hosil 
bo`ladi. Shakli --- ellepsimon. 
Boylamlari: 
1)
ligamentum collateralis
2)
ligamentum metatarsi transversus profunda 
Barmoqlari orasidagi bo`g`im ---- articulatio interphalangis 
Shakli ---- g`altaksimon 
Boylamlari: 
1)
ligamentum collateralis 
2)
ligamentum plantaris 


51 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə