|
Ospf protokolini sozlash
|
səhifə | 1/3 | tarix | 31.12.2021 | ölçüsü | 0,5 Mb. | | #81631 |
|
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
LABORATORIYA ISHI-11
Fan: Kompyuter tarmoqlari
Guruh: 831-19
Bajardi: Normurodov E.
Tekshirdi: Irmuhammedova N.
TOSHKENT-2021
OSPF PROTOKOLINI SOZLASH
I shdan maqsad: OSPF protokolini ishlash tamoyillarini va vazifalarini, sozlashni o‘rganish
Nazariy qism
OSPF protokolining xususiyatlari:
sinfsizlik - protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. SHuningdek u VLSM ni ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi;
samaradorlik - marshrutda o‘zgarish bo‘lsa, marshrutizatsiyani yangilash (doimiy bo‘lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo‘lni tanlash uchun SPF ni qisqa yo‘lni izlash algoritmini ishlatadi;
marshrutizatsiya jadvalida tez bir xillikka erishish- tarmoq o‘zgarganligini tez translyasiya qilish;
masshtablik - kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo‘ljallangan. Ierarxik tuzilishni qo‘llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area) ga guruhlash mumkin;
xavfsizlik - MD 5 Message Digest autentifikatsiyasini qo‘llab quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo‘lsa, OSPF marshrutizatorlari oldindan berilgan bir xil parolli teng huquqli tugundan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini qabul qiladi.
Administrativ distansiyasi (AD) - marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini ko‘rsatadi. OSPF protokolining AD si 110 ga teng.
Hamma marshrutizatsiya protokollari o‘xshash komponentlarni ishlatadi. Hamma protokollar marshrutizatsiyaning ma’lumotlarini almashish uchun
marshrutizatsiya protokolining xabarini ishlatadi. Xabar marshrutizatsiya algoritmi yordamida qayta ishlashini ta’minlovchi ma’lumotlar tuzilishini qurishga yordam beradi.
OSPF marshrutizatsiya protokolining 3 ta asosiy komponenti mavjud.
Ma’lumotlarning tuzulishi.
Marshrutizatsiya protokolining xabari
Algoritm
Dostları ilə paylaş: |
|
|