3- ma'ruza. Tcp/ip protokollari steki. Ip-tarmoqlarda manzillash tizimi. Reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/8
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132873
  1   2   3   4   5   6   7   8

3- Ma'ruza. TCP/IP protokollari steki. IP-tarmoqlarda manzillash tizimi.


Reja:
1. TCP/IP modeli ta'rifi.
2. Protokollarning qisqacha trifi.
3. IP manzillarning asosiy sinflari.

Kalit so'zlar: TCP, IP, TCP/IP, TCP/IP protokollari, dasturiy ta'minoti, protokollari


1.TCP/IP modeli ta'rifi.
Internet tarmog'ining samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib paketlar holatida uzatish va etkazilgan axborotni qayta tiklash hamda bo'laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday etkazish kerakligi muammosini hal kilish lozim biladi.
Bu muammolarni hal qilish uchun TCP (Transmission Confrol Protocol —uzatishni boshqarish protokoli) va IP (Internet Protocol — Internet protokol) bayonnomalari yaratildi. Bu bayonnomalar Internet tuzilmasini aniqlovchi asosiy bayonnomalar bo'lib xizmat qiladi (1983-yilda yaratildi).
Odatda, ular qiya chiziq (/) bilan ajratilib, TCP/IP ko'rinishida yoziladi. Ammo ularni yozish paytida bu bayonnomalar kompyuter tarmoqda ma'lumotlarni uzatishning turli xil yo'nanalishlarini bildiruvchi ikkita turlicha bayonnoma ekanligini unutmaslik kerak.

3.1-rasm. TCP/IP protokolining 4 pog'onasi.
TCP/IP protokollari to'rt pag'onali tuzilishi ega: pog'ona tavsif protokollar amaliy TCP/IP ning amaliy protokollarini va tarmoqda zarur bo'lgan transport pog'onasidagi xizmatlar bilan ishlovchi dastur interfeysini ta'minlaydi. HTTP, Telnet, FTP, TFTP, SNMP, DNS, SMTP, X Windows, va boshqalar. Transport kompyuterlar orasidagi seans bog'lanishlani ta'minlaydi. Ma'lumot uzatishda foydalaniladigan xizmatlar va bog'lanish xolati darajasini aniqlaydi. TCP, UDP Internet ma'lumotlarni IP - datagrammaga joylashtiradi. IP - datagramma marshrutizasiyasini bajaradi. IP, ICMP, ARP, RARP tarmoq interfeysi optik tolali, koaksial kabelli uzatish vositalarida ma'lumotlar bitlarini elektr yoki apparat qurilmalaridagi signallarga o'zgartiradi. Tarmoqdagi ma'lumotlarni fizik uzatish prinsiplari va vositalarini belgilaydi. Ethernet, Token ping, FDDI, X.25, Frame relay, RS-232, v.35


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə