|
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784vitaminlarning-inson-hayotida-tutgan-o-rniOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
289
Vitaminlarning biosintezi - deyarli barcha vitaminlar o’simlik organizmida
sintezlanadi. Faqat vitamin A va D ni hosil qiladigan birikmalar - provitaminlar
o’simlik to’qimalarida sintezlanib, hayvon organizmiga o’tgandan so’ng ular o’z
vitaminiga aylanadi. O’simlik to’qimalarida vitaminlar biosintezining borishi
hanuzgacha tajribalarda to’la aniqlangan emas.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Inson kundalik hayotida turli xil narsalarni iste’mol qilishi mumkin. Uning
tarkibida esa turli xil moddalar va vitaminlar mavjud. Inson organizmi uchun A, B,
B1, B2, B6, B12, C, D, PP, K vitaminlari nihoyatda zarurdir. Ularning ta’siri inson
organizmi faoliyatida juda muhim rol o’ynaydi. Agar mazkur vitaminlardan birortasi
yetishmasa, inson organizmida turli xastaliklarning kelib chiqishiga sharoit tug’iladi.
A vitamini.
Agar inson organizmida bu vitamin kamayib ketsa, uning ko’rish
qobiliyati pasayadi, jumladan, qorong’i bo’lganda ko’ra olmay qoladi. Shabko’rlik
ham organizmda ana shu vitamin yetishmasligi natijasida paydo bo’lishi aniqlangan.
Bundan tashqari, A vitamini yetishmasligi oqibatida kishi tanasi sho’rlaydi,
sochlar tagi qurib ketadi, tirnoq esa yumshab qoladi. Bu vitamin ko’proq sabzi,
pomidor, ko’k no’xat, qovun, apelsin hamda sut mahsulotlarida bo’ladi.
B1 vitamini
va uning guruhi kamayib ketsa, kishida parishonxotirlik ro’y
beradi, xotira pasayadi, asablari tez shamollaydigan bo’lib qoladi va ishtahasi
bo’g’iladi. Bu darmondori suli, arpa non, qo’y go’shti va yana boshqa bir qator
mahsulotlarda bo’ladi.
B2 vitamini
inson organizmida kamayib ketsa, ko’z yoshlanaveradi, kamqonlik
kelib chiqadi, kishi darmonsizlanadi, lablari bichilib ketadigan bo’lib qoladi, lablar
ustida ajinlar ham paydo bo’ladi. U tuxum, qo’y go’shti, xamirturush va pishloqda
bo’ladi.
B6 vitamini
organizmda kamayib ketishi natijasida kishi yuragi o’ynaydigan
bo’lib qoladi. U arpa non, karam, sabzi, qovoq, suzma, pishloq va baliqda bo’ladi.
C vitamini
inson organizmida kamayib ketsa, milklarda og’riq paydo
bo’ladi, bo’g’imlar og’riy boshlaydi, yaralar tez bitmaydi va kishi tez charchaydigan
bo’lib qoladi. U kartoshka, karam, bulg’or qalampiri, turli xil oshko’klar, qulupnay,
limon va apelsinda ko’p miqdorda uchraydi.
D vitamini
inson organizmida yetishmasligi oqibatida uni oftob tez uradigan
bo’lib qoladi, sochlari to’kila boshlaydi. Bu vitamin sut mahsulotlarida ko’proq
bo’ladi.
K vitamini
yetishmasligi oqibatida inson ichak, jigar va buyrak xastaliklariga
ko’proq chalinadi, qon yaxshi ivimaydi. Bu vitamin piyoz, karam, qovoq, ko’k
no’xat, loviya, ko’katlar, jigar va tuxumda mavjuddir.
|
|
|