O'quv Loyiha Vizantiya: G’arb va Sharq orasida Fanning nomi: Tarix o'qitish metotikasi. Mavzu



Yüklə 266,38 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü266,38 Kb.
#133335
2 5312339555435690553





O'quv Loyiha
Vizantiya: G’arb va Sharq orasida
Fanning nomi: Tarix o'qitish metotikasi.
Mavzu: Vizantiya: G’arb va Sharq orasida.
Ishtirokchilar: Bakalavir talim yo'nalishining “Tarix ” mutahassislik 3-kurs talabalari.
Ta'limning maqsadi:Maqsadlilik ta’limning eng muhim xususiyatidir. Ta’kidlanganidek, ta’lim ob’ekti – bu shaxsning shaxsiyati bo’lib, uni tarbiyachi faqat bevosita o’zgartirishi mumkin, ba’zi jarayonlar rag’batlantiriladigan, boshqalari qilinadigan pedagogik sharoitlarni yaratadi yoki o’zgartiradi. Bundan tashqari, shaxsning tarbiyaviy ta’sirga munosabati uning tarbiyasiga bog’liq; ta’lim jarayonida boshqa omillarning ta’siri ko’pincha noma’lum bo’lib qoladi, ular orasida salbiy bo’lishi mumkin. Ushbu holatlar bilan bog’liq holda, alohida tarbiyaviy ta’sir maqsadiga turli yo’llar bilan erishiladi: u ba’zi o’quvchilarga sezilarli darajada ta’sir qiladi, boshqalari deyarli sezilmaydi; shunday o’quvchilar bo’lishi mumkinki, ularda umuman tarbiyaviy ta’sir ko’rsatilmaydi.
Rejalashtirilayotgan o’quv natijasi: Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.

Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;

- o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;

- shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;

- hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;


Loyihalashtirish jarayonida quydagicha amaliy ko’nikmalar bilan tanishiladi: Mavzu bo’bicha o’rganilgan manbalar klassifikatsiya qilinadi, siyosiy-taqqoslash natijasida yuzaga kelgan muammolar muhokama yo’li bilan yechiladi.
Vizantiya G’arib va Sharq o’rtasida
Loyiha yuzasidan o’rganish uchun rejalar:

  1. Imperiyanning tashkil topishi.

  2. Kostantinopolga berilgan tariflar.

  3. Vizantiyaning oltin asri.

Kirish
Poytaxti — Konstantinopol shahri boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizmdan olingan. Aholisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqalardan iborat boʻlgan. Davlat tili IV-VI asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda Vizantiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. Vizantiya geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻlgan, siyosiy va harbiy markazga aylangan.

527-565-yillarda Imperator Yustinian I hukmronligi davrida maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazilgan. Markaziy davlat mustahkamlangan va kuchli armiya vujudga keltirilgan. Bu esa Yustinianga 533-534-yillarda Shimoliy Afrikadagi vandallar davlatini, 555-yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, janubiy-sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini bergan. 6-asrning soʻnggi oʻn yilligi va VII asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. VI asr oxiri VII asr boshlarida Vizantiya hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etgan. VII asrning 70-yillarida Vizantiyaning shimoliy-gʻarbiy chegarasida qadimiy bulgʻorlar davlati — Bulgʻoriston barpo boʻlgan.



636—642 yillarda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shimoliy Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar Vizantiya hududining anchagina qismini bosib oldi. VIII-IX asrlarda Vizantiya hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi. Biroq X asrda yirik yer egaligi kuchayib, Vizantiya shaharlari VII-IX asrlardagi tanazzuldan soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. X asr oʻrtalarida Vizantiya arablardan Yuqori Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va Qibris orollarini qaytarib oldi. Armaniston va Gurjistonda Vizantiyaning taʼsiri kuchaydi. Vizantiya Gʻarbiy Bolgar podsholigini bosib oldi (1018-yil).
Loyihani amalga oshirish natijasida kutilgan natija:
Vizantiya tarixini yoritib bera olish. Dars jarayonida talabalarni darsga boʻlgan qiziqishini oshirish. Dars vaqtida yangi uslublardan to’la-to’kis qo’lash.
Foydalangan adabiyotlar ro’yhati:

  1. Shuxrat Ergashev. O’rta asirlar tarixi.

  2. O’. Salimov. E. Sultonov. Jahon tarixi o'quv qo’llanma

  3. Wikipedia internet sahifa

Yüklə 266,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə