O‘qituvchi shaxsi umumiy xususiyatlari. O‘qituvchi shaxsining yo‘nalganligi



Yüklə 28,74 Kb.
səhifə4/6
tarix05.05.2023
ölçüsü28,74 Kb.
#108650
1   2   3   4   5   6
8-mavzu

Kommunikativ kompetensiya. Hamkorlikda ta’lim faoliyatini tashkil etishni bilishi, bag‘rikenglik bilan ish yuritishi, ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini munosib tuta bilishi, guruh jamoasini demokratik boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatida ishtirok etishi, talabalar ijtimoiy faoliyati uchun ko‘maklashishi, o‘zining ilmiy-metodik faoliyati natijalarini taqdim etishni bilishi va boshqalar.

  • Tahliliy nazorat kompetensiyasi. Pedagogik jarayonlarning bir butunligini ta’minlovchi, psixologik mexanizmlarni tahlil qila olishi, o‘quv tarbiyaviy jarayonlarning barcha bosqichlarida hushyorlik bilan faoliyat ko‘rsata olishi, ta’lim natijalarini baholashning an’anaviy va zamonaviy vositalarini (test, reyting, portfolio) bilishi, shaxs, talaba va guruh jamoasini o‘rganish va bashorat qilishni turli pedagogik- psixologik usullariga ega bo‘lishidan iborat.

  • Loyiha tadqiqotchilik kompetensiyasi. O‘zining kasbiy faoliyatidan qoniqmaslik va shu asnoda uni yangilash, takomillashtirishni bilishi, ta’lim jarayonlari qatnashchilari bilan barcha tashkiliy ishlarning mazmun-mohiyati va metodlari borasida o‘zaro hamkorlik qilishi, o‘quv-dasturiy hujjatlarni tayyorlash asoslarini bilishi va ulardan ta’lim mazmundorligini ro‘yobga chiqarishda foydalanishi, bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy jihatdan moslasha olmayotganligini bilishi va bunday holatlarning oldini olishi, psixologik-pedagogik tadqiqotlar loyihasini ishlab chiqishni bilishi kabilardan iborat.

    Kasbiy pedagogik kompetensiya mezonlarini ishlab chiqish eng murakkab pedagogik muammo, eng dolzarb masala ekanligini ta’kidlar ekanmiz, bu borada aniq ishlab chiqilgan o‘lchovlar yo‘qligini ham tan olishimiz lozim. Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasi tizimi pedagogning mahoratida ko‘zga tashlanadi. Biz yuqorida keltirgan o‘qituvchining kompetensiya modelini uning kasbiy tayyorgarligi modeli desak xato qilmaymiz. Kasbiy kompetensiyaning eng muhim qirralaridan biri o‘qituvchi-pedagogning nazariy tayyorgarligi masalasidir.
    Pedagogning kasbiy potensiali (PKP) formulasiga binoan shaxsning o‘zgarmaydigan tug‘ma qobiliyatlari (tq)dan, qisman o‘zgaradigan shaxsning maxsus qobiliyati (qo‘mq)dan, maxsus tayyorgarlik jarayonida tarkib topadigan qobiliyatlar (mtjttq)dan va pedagogning amaliy faoliyatida o‘zlashtiriladigan (afo‘q) qobiliyatlar yig‘indisi ekanligini ko‘p sonli tadqiqotlar tasdiqlagan.
    Kasbiy potensial tushunchasining umumiy tuzilmasi yetarli darajada murakkab va ko‘p qirrali. Uni I.P.Podlasiy quyidagicha tasavvur etish mumkinligini ko‘rsatadi.
    Demak, o‘qituvchilik mahorati integrativ fazilat (sifat) bo‘lib, yuqori darajadagi madaniyat, bilim, malaka, amaliy qobiliyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
    Y.P.Azlarovning fikricha, pedagogik mahorat cho‘qqisiga yetishish juda mushkul va uzoq vaqt talab etadigan jarayondir.
    Haqiqiy usta o‘qituvchi bo‘lish uchun inson tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lishi zarur, degan fikrlar ham mavjud. F.Gallning fikricha, inson bosh suyagi bilan insonning aqliy va axloqiy fazilatlari orasida bog‘liqlik mavjud.

    Yüklə 28,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə