O‘qituvchi shaxsi umumiy xususiyatlari. O‘qituvchi shaxsining yo‘nalganligi



Yüklə 28,74 Kb.
səhifə6/6
tarix05.05.2023
ölçüsü28,74 Kb.
#108650
1   2   3   4   5   6
8-mavzu

Ideal pedagog





Mutaxassis

Ishchi-xodim

Inson

Pedagogika nazariyasini bilish, pedagogik mahoratga ega bo‘lish, psixologiyani bilish, ta’lim-tarbiya texnologiyalarini qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish, mehnatni oqilona tashkil eta bilish malakasi. Ishga muhabbat, o‘quvchilarni sevish. Insonga ishonch. Pedagogik qobiliyat, umumiy aql-zakovat, sabr-toqat, kelajakka ishonch. O‘zini tuta bilish, izlanuvchanlik, reaksiyalarining aniq va tezligi, ko‘ngilchanlik, bolalarni tushunish, xohishi, nutqining aniq va ishonchli- ligi, talabchanligi, adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlik, tashkilotchilik malakasi, muloqotga
kirishuvchanlik, birovlarni tinglay olishlik.

Maqsad qo‘yib unga erisha olish. Muntazam va rejali ravishda malakasini oshira borish, mehnat unumdorligini oshirishga intiluvchanlik. Ijodkorlik qobiliyati: har tomonlama ma’lumotli- lik, mantiqiy fikr yuritish, kelajakka ishonch. Ishlash ishti- yoqi. Ishiga (kasbiga) sadoqat, jamoada ishlash malakasi, tirishqoqlik, tartibintizomlilik, faollik, ishlab chiqarish vaziyat- lariga yo‘naltirilganlik, ishlarni taqsimlay olish malakasi. Javobgarlikni o‘ziga olishga tayyorgar- lik.

Yuqori axloqiy sifatlar jamoatchilik hayotida faol ishtirok etish. Faol hayotiy nuqtayi nazar (pozisiya), har doim va har qachon shaxsiy o‘rnak, davlat qonunlariga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik, vatanini himoya
qilishga tayyorlik, mustahkam sog‘lik, sog‘lom hayot tarzi, insonparvarlik, ma’naviylik, muloqot- ga kirishuv chanlik, oqillik, o‘ziga nisbatan talabchanlik va tanqi- diy munosabatda bo‘lish.



Shuningdek, pedagogning mehnati aqliyligi, yuksak his-tuyg‘u (emotsional)ga egaligi va fuqarolik burchini his etishi bilan ham farqlanadi. Pedagogning insonparvarlik xislatlari o‘zining shogirdlari, atrofidagilarga yordam ko‘rsatishga doim tayyorligida, ularga nisbatan diqqat-e’tibor berishida, hurmatida namoyon bo‘ladi. Pedagog (murabbiy)lar o‘z shogirdlari bilan o‘zaro munosabatni ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, xususan individual yosh xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tafakkurlash xususiyatlariga ko‘ra tashkil etadi. Pedagogik faoliyatning yana bir muhim jihati ijodkorlik hisoblanadi. Pedagoglarga nisbatan ijodkorlik muntazam o‘zgaruvchan sharoitda kasbiy masalalarning yechimini topishni talab etadi. Pedagogning faoliyati jamoaviy xarakterga ega bo‘lib, pedagogik faoliyat natijalariga boshqa o‘qituvchilarning ishlari, oila, shuningdek, boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, pedagogning mehnatidagi muvaffaqiyat to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita jamoadagi psixologik iqlimga, o‘qituvchilarning hamkorlik darajasiga, ularning ruhiy va jismoniy his-tuyg‘ulariga bog‘liq. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning barcha sohalari kabi ta’lim sohasida ham kasb ichida tabaqalanish, ya’ni ixtisoslikka ajralish jarayoni kechmoqda. Shu bois ham kasb-hunar pedagogikasi mutaxassislar tayyorlashning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqqan. Amaldagi oliy ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar tasniflagichiga binoan umumlashgan holda “ta’lim” nomi bilan yuritilgan guruhga kiritilgan. Proffessional ta’lim o‘qituvchisi ko‘p ixtisoslik va mutaxassisliklarga ega. Ta’lim sohasida “mutaxassislik” tushunchasi (iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kategoriya sifatida qaraladi. Mehnat sohasida esa u kasb-hunar doirasida mehnatning yo‘nalishi va o‘ziga xos mazmuni deb talqin etiladi.
Yüklə 28,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə