MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASIDAN TESTLAR
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib kimning asarida qo‘llangan?
A) G. Pestalosining “Sonni ko‘rgazmali o‘rganish” asarida
B) Al-Xoramiy “Al-jabr va al- muqobala”
D) Evklid “Negizlar”
Raqam nima?
A) raqam sonlardan tuziladi B) sonning shartli belgisi
D) ikki va ko‘p xonali sonlar
Hammasi bo‘lib nechta raqam bor?
A) 9 B) 10 D) cheksiz
Matematika o‘qitish metodlari o‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha qanday turlarga ajraladi?
A) og‘zaki, ko‘rsatmali, amaliy
B) induksiya, deduksiya, analogiya
D) o‘qituvchi boshchiligida va mustaqil ishlash metodlari
O‘quvchilar fikrining yo‘nalishi bo‘yicha metodlar qanday turlarga ajraladi?
A) og‘zaki, ko‘rsatmali, amaliy
B) induksiya, deduksiya, analogiya
D) o‘qituvchi boshchiligida va mustaqil ishlash metodlari
Dostları ilə paylaş: |