Olmazor tibbiyot kolleji



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə10/10
tarix06.05.2018
ölçüsü0,57 Mb.
#42029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

2.Aholini epidemiyadan himoya qilishda ayrim yirik muammolarni xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlari ishtrokida amalga oshirish zarurligi. Shu munosabat bilan ayrim vazirliklar va idoralarning bu muammolarni hal qilishda hamda tegishli mablag’lar ajratishda ularning rolini aniqlash ehtiyoji vujudga keladi. Masalan, ichak infeksiyasi muammosini hal qilish aniq sharoitlarga muvofiq holda suv ta’minoti, chiqindilarni yig’ish, olib ketish va yuqumsizlantirishni yo’lga qo’yish yoki sut va sut mahsulotlarini yig’ish,qayta ishlash, sotish texnologiyasini yaxshilash hamda tashkiliy jihatdan takomillashtirish bilan bog’liq bo’lishi ehtimol.

3.Aholini epidemiyaga qarshi himoya qilishning ayrim muammolarini yechishda sog’liqni saqlashning boshqaruv organlari bo’linmalari va ularga bo’ysunadigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirishga ehtiyoj payda bo’ladi. Aholini epidemiyaga qarshi himoya qilishning qator muammolarini yechishda bu xususiyat streptokokk infeksiyasi uchun, ayniqsa, xosdir.

Yuqorida keltirilgan vositalarning har bir guruhiga bir-biridan olinishi, ta’sir qilish xususiyatlari bilan farq qiluvchi juda ko’plab vositalar kiradi. Shuning uchun bir guruhga tegishli bo’lgan vositalarning sifati ham turli xil belgilariga qarab, har xil parametrlarda aniqlanadi. Barcha vositalarning sifatini aniqlashning yagona umumiy belgisi ularning ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlay olishi yoki olmasligi.

Bundan tashqari,epidemiyaga qarshi vositalarning olinish manbayini,ishlab chiqarish texnologiyasi kabi belgilar bilan ham tasniflash mumkin.Bunda mexanik,fizik,kimyoviy,biologik va qo’shma vositalarni ajratish mumkin. Alohida guruhlarga tegishli vositalar orasida hamsifatining parametirining,belgilari va ularni aniqlash usullarida bir qancha o’xshashliklar bo’ladi. Ammo ko’zlangan maqsadlarigaqarab,guruhlanishda saqlanib qoladi.

Quydagi jadvalda epidemiyaga qarshi vositalarning sifatini epidemiologik belgilash keltirilgan.



Epidemiyaga qarshi vositalar sifatining epidemiologik mezonlari

Vositalar

Faollik spektri: mikroorganizmlarda antibiotikalarda rezistentlik qobilyatini yengish

Deratizatsiyaning mexanik vositalar
Kimyoviy ratitsidlar


Dezinfeksiyaning mexanik vositalari


Dezinfeksiyasining fizik vositalari

Kimyoviy dezinfektantlar
Insektitsidlar, akaratsidlar, larvitsidlar, repellentlar
Vaksinalar


Immunomodulatorlar


Immunozardoblar
Immunoglobulinlar

Bakteriofaglar

Harakatlarning ishonchiligi va xavfsizligi

Faqat kemiruvchilarga ta’sir qiluvchi, toksik samarasining tez yuzaga chiqishi, tuzoqlarda zaraligini uzoq vaqt saqlab qola olishi

Faqat kemiruvchilarga ta’sir qila olishi, qollaniladigan mikroorganizmlarning barqarorlogi, yuqimliligi

Ishlov beriladigan obyktlarda mikroorganizmlarning kamayish darajasi

Ishlov beriladigan obyektlarning ishonchli zararsizlantirilishi

Mikroorganizmlarga tanlab ta’sir qila olishi (fenol koeffitsiyenti bo’yicha baholanadi), bezararligi

Bo’g’imoyoqlilarga tanlab ta’sir qilishi, ta’sir spektiri, ta’sir mexnizmi, tashqi muhitga chidamliligi. Himoya ta’sirining davomiyligi, bezararligi

Immunologik va epidemiologik samaradorligi, reaktogenligi, bezararligi, standartligi, ayrim preparatlarga maxsus talablari

Himoya qila olish xususiyati, bezararligi

Himoya qila olish xususiyati,xavfsizligi

Himoya qila olish xususiyati,lizis qilish faolligi,xavsizligi

Epidemyaga qarshi tadbirlarning sifati.o’z vaqtida klinik tashxis qo’yish faqatgina davolash ishlari emas,balki epidemyaga qarshi choralarda ham ahamiyatga ega.Agar klinistik-shifokorni qator hollarda sindrom diagnostikasining o’zi qoniqtisa,epidemik jarayonga ta’sir etishda kasallikni kelib chiqishi sabablarini o’rganishi ham talab etiladi.Etiologik klinik diagnostika olib borishda laboratoriya usuli katta ahamyatga ega.Shuning uchun ham klinik diagnostikaning sifati labaratoriya tekshirishlari ham klinitsistining tashxis qo’yish sifatiga bog’liq bo’ladi.

Bemorlarni ajratish va kasalxonaga yotqizish.Ajratib qo’yish tadbirlari sifati bemorlarni kasalxonagayotqizish va ajratib qo’yishning to’liqligi hamda o’z vaqtida o’tkazilganligi bilan boholanadi.

Ajratib qo’yish va kasalxonalarga yotkizishning asosiy ko’rsatkichi –izolator va yuqimli kasalliklar shifoxonasida epidemiyaga qarshi talablarga rioya qilishni hisoblanadi.



Davolash. Bemorlardan va kasallikni boshdan kechirkanlarni davolash sifatiga baho berishda labaratoriya tekshiruvlariga asoslangan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning rasmiy mezonlarida foydalaniladi. Davolashga muhtoj barcha bemorlarini etiotrop davolash zaminida kassalik manbayiga samarali ta’sir qilish hamda kassalikning asoratlarini mumkin qadr tugatish yotadi. Bemorlardan ajratib qlingan qator mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamli turlarining keng taqalishi natijasida laboratoriya usuli bilan antibiotiklarga sezgir shtammlarni aniqlash talab qilinadi.

Davolash sifatining asosiy mezoni bo’lib, organizmni qo’zg’atuvchidan xoli qilish muddatlari hisoblanadi. Shuni ham hisobga olish kerakki, qo’zg’atuvchining epidemik variantini aniqlashga qaratilgan bakterioligik tekshirish usullari rezervatsion variantlarini ajratishga yaramay qolishi mumkin. Ikkinchidan, organizmning qo’zg’atuvchidan haqiqatan ham xoli bo’lishi faqat davolash sifatida emas, balki kasal organizmning immunologik reaktivligi xususiyatlariga ham bog’liq bo’lishi mumkin.


Rejimli-chegaralovchi chora-tadbirlar

Rejimli-chegaralovchi tadbirlar sifatini baholashda quyidagi talabalarni bajarish kerak:

1)karantin zonasidan chiqshni va kirishni chegaralash yoki taqiqlash;

2)aholini uncha katta bo’lmagan guruhlarga bo’lib joylashtirish;

3)chegaralangan zonada ta’minot obyektlarini tashkil qilishda yuk tushirish punktlari va maydonchalari bo’lishi kerak.

Rejimli-chrgaralovchi tadbirlarni o’tkazishni muhim mezoni o’ta xavfli inyeklarga uchragan bemorlarga xizmat qiluvchi va tibbiy bo’limlarning xodimlari epidemiyaga qarshi talablarni puxta bajarilishi hisoblanadi.

Veterinariya-sanitariya tadbirlar

Veterinariya-sanitariya tadbirlar sifati ularning rasmiy belgilab qo’yilgantartibga nechog’li amal qilishga,epizootik va epidemik ko’rsatkichlar bo’lganda,chora tadbirlar o’z vaqtida to’liq olib borishga qarab boholanadi.

Deratizatsiya

Deratizatsiya sifatida qo’llaniladigan texnik vositalar va preparatlar,shuningdek, deratizatsiyaning o’zining sifati bilan belgilanadi.

Deratizatsiya mexanik vositalarning sifati ularning qanday materialdan tayyorlanganligiga konstruksiya xususiyatlari va ularning ishlab chiqarishiga bog’liq.

Texnologik nuqtayi nazardan ratitsidlarning sifati kimyoviy tazaligi, fizik-kimyoviy xossalari turli shakllarda foydalanish imkoniyati bilan xarakterlanadi.

Dezinseksiya

Dezinseksiya preparatlarining sifati ratitsidlarga o’xshashligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, amaliyotda qo’llaniladigan pestitsidlarni ishlab chiqarish xalqaro milliy va sohaga oid standartlar asosida amalga oshiriladi. Preparatlarning sifatini, ularni ishlab chiqarish, saqlash jarayonini baholash, fizik-kimyoviy parametrlari standart sharoitiga mos ravishda o’tkaziladi.

Epidemiologik jihatdan dezinseksiya uchun ishlatiladigan preparatlar sifatining asosiy ta’riflari quyidagilar hisoblanadi:

1)bo’g’imoyoqlilarga tanlab ta’sir qilishi;

2)turli xil bo’g’imoyoqlilarga va ularning rivojlanishi bosqichlariga faollik spektri;

3)bo’g’imoyoqlilar organizmigaturli yo’llar billan tushib, zaharli ta’sir ko’rsatish xsusiyati;

4)tashqi muhitda chidamliligi

Sanitariya-epidemiologik nazorat markazlarining epidemiyaga qarshi olib boradigan ishlari sog’liqni saqlash tizimining muhim qismi bo’lib, mustaqil respublikamizning barcha sarhadlarida epidemik holatni chuqur organishga imkon beradi. U,nafaqat, alohida uchraydigan yoki paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklarni yo’qotish, balki uning asosiy maqsadi infeksiyani kelib chiqishi va tarqalishining oldini olishdan iborat.

Epedemik holatni hozirgi zamon usullaridan ilmiy va amaliy tajribalarga suyanga holda tahlili o’tkazilsa, yuqumli kasallik manbayi va tarqalish shart-sharoitlarini aniqlash juda yengil kechadi. Shu yo’l bilan yig’ilgan ma’lumotlar asosida yuqumli kassaliklarga qarshi kurashishi rejasini aniq maqsadlarga qaratish imkoni yaratiladi.

Yuqumli kassaliklarga qarshi kurashda sanitariya-epidemiologiyanazorat markazi bilandavolash profilaftitik muassasalarini o’zaro hamkorlikda ish olib borishi muximahamyatga ega.Faqat epidemiyaga qarshi kurash majmuasi qoidalariga suyangan taqdirdagina,ijobiy natijaga erishish mumkin.Respublika,viloyat va shaxarlarda sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlarida alohida epidemiyaga qarshi kurash bo’limlari bo’ladi.

Tuman sanitariya-epidemiologiya nazorat markazida epidemiologshifokor uning yordamchisi lavozimi bo’ladi.Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazining aholiga epidemiologikxizmat ko’rsatish borasida quyidaga maqsadlar qo’yilgan.


  • Ayrim yuqimli kasalliklarni keskin kamaytirish(ichburug’,shol,skarlatina,epidemik gepatit va h.k);

  • Rejali profilaktik va epidemiyaga qarsh tadbirlarni ishlab chiqish,

  • Epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarini tashkil qilish-infeksiyalarning xususiyati,muxim shart-sharoitlari va ilmiy bilimlar darajasi bilan bog’liq.Ayniqsa, aholigatibbiy yordam ko’rsatish darajisi muximdir.

  • Epidemeologik qonunyatlari epidemik jaroyonning uch bir biri bilan bog’liq bo’lgan harakatlantiruvchi kuchlarga qaratilgan qarsh tadbirlar, ya’ni;

  • Kasallik manbayini zararsizlantirish;

  • Kasallik o’tkazish yo’llarini uzib,yuqimli kasalliklarni tarqalish yo’llarini parchalab tashlash;

  • Yuqimli kasalliklarga nisbatan aholini immun holati,ya’ni qarshilik ko’rsatish xususiyatini oshirish.

Kasallik manbayini zararsizlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi o’z tarkibiga quydagilarni oladi:

  • Yuqimli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni vaqtida aniqlash;

  • Yuqimli kasalliklarni o’z vaqtida va to’liq ro’yxatga olish;

  • Tashxis qo’yish (klinik,bakteriologik va epidemiologik);

  • Yuqimli kasallik bilan og’rigan bemorlarni shifoxonaga yotqizishni tashkil qilish;

  • Maxsus etiologik davolashni ta’minlash(bu ayrim yuqimli kasalliklarda epidemiologik axamyatga ega);

  • Yuqimli kasalliklar shifoxonasida epidemiyaga qarshi rejimini to’g’ri tashkil qilish;

  • Surunkali va qayta kasallanib chiqqan bemorlarni dispanser hisobiga patronaj o’tkazishni to’g’ri tashkil qilish;

Bakteriologik prafilaktika xizmatini tashkillashtirish (bakteriya tashuvchilikka tekshirish yuqimli kasallik bilan og’rigan bemor atrofida bo’lganlarni tibbiy nazoratga bolish va h.k)

1 Axoli o”rtasida kasalliklarni pasayishi va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.

2 Umumiy sanitariya soglomlashtirish tadbirlari.

3 Tashkiliy tadbirlar.

Rejaning birinchi bo”limiga quidagi vazifalarni hal qiluvchi tadbirlar kiradi:


  • yuqumli kasalliklarni kamaytirish;

  • korxona, muassasa, tashkilot ishchi-xodimlarning umumiy kasallanish darajasini vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holati bilan kamaytirish;

  • kasbga aloqador zaxarlanishlarning tugatish va kasbga aloqador kasalliklar oldini olish;

  • korxonalarda jarohatlantirishni kamaytirish;

  • ovqatdan va ichak toksikoinfeksiyalardan zaharlanishning oldini olish.

Rejada ko’rsatilgan har bir vazifaga nisbatan sanitariya, profilatik, epidemiyaga qarshi tashkiliy tadbirlar inobatga olinadi.

Rejaning ikkinchi bo’limida, ya’ni umumiy sanitariya sog’lomlashtirish tadbirlariga quidagilar kiradi:



  • atmosfera havosining sanitariya muhofazasi;

  • tebranish va shovqinga qarshi kurash;

  • aholini ratsional ovqatlanishni tashkil qilish

  • bolalarni normal jismoniy rivojlanishni taminlash;

  • aholining sog’lom dam olishni tashkil qilish, shu jumladan, bolalarni ham;

  • umumiy sanitariya-sog’lomlashtirish tadbirlaridan rejaning boshqa bo’limlariga kiritilmagan qismi- hovlilarni ko’kalamzorlashtirish, ko’cha, mahalla, uylarni obodonlashtirish.

Umumsanitariya soglomlashtirish bo’limining eng asosiy qisimlaridan biri-bu ogohlantiruv nazorati hisoblanadi. Bu faliyat turlariga aholi yashash joylarini loyihalashtirish, qurilish maydoni uchun joy ajratishni belgilash, qurilish loyihalarini ko’rib chiqish va ma’qullash.

Nazorat savollari

1.Sanitariya-epidemiologik nazorat markazlarining epidemiyaga qarshi qanday ishlarni olib boradi?

2.Kasallik manbayini zararsizlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi o’z tarkibiga nimalarni oladi?

3. Epidemiyaga qarshi vositalar sifatining epidemiologik mezonlari deganda nimani tushunasiz?


Mavzuga oid tayanch iboralar.

1.DSENM-Davlat Sanitariya Epidemiologiya Nazorat Markazi;



2.Maxalliy sanitariya qonunchiligi –bu hokim qabul qilgan qarorlar asosida amalga oshadi;

3.Epidemiyaga qarshi tadbirlar – sog’liqni saqlash muassalariningeng ma’suliyatli faoliyati.

4.Davlat sanitariya nazorati bu –sanitariya qonunlari buzilishini oldini olish aniqlash va ularga chek qo’yishga qaratilgan sanitariya, epidemiologiya xizmati faoliyatidir.

MUNDARIJA
(3-kurs, V- semester)




MAVZULAR NOMI

BETI



1

Medisina parazitologiyasi va epidemiologiya asoslari fanining moxiyati va vazifalari, rivojlanish tarixi



4-9

2

Parazit sodda jonivorlar



10-25

3

Parazit chuvalchanglar



26-37

4

Odam sog’lig’iga zarar keltiradigan bo’g’imoyoqlilar



38-49

5

Infeksiya haqida tushuncha Epidemiologik jarayon haqida tushuncha




50-54

6

Yuqumli kasalliklar profilaktikasi



55-61

7

Sterilizatsiya



62-66

8

Infeksion kasalliklar tasnifi



67-76

9

Davlat sanitariya – epidemiologiya nazorati markazi ishini tashkil qilish



77-87





Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə