O’lkamda bahor” deb nomlangan “O`lkamda bahor” tadbir ssenariysi



Yüklə 22,15 Kb.
səhifə4/5
tarix17.12.2023
ölçüsü22,15 Kb.
#149728
1   2   3   4   5
O’lkamda bahor-fayllar.org

boshlovchi:

Fasli navbahor bo’ldi, ketibon zimistonlar, Do’stlar g’animatdir, sayr eting gulistonlar.


6-sinfning go’zal qizlari raqs ijro etishadi. Marhamat.
1-boshlovchi: Sehr va sinoatga boy bu - kimyo fanidir. Bu fan o’zining qiziqarli tajribalari va mo’jizalari bilan o’quvchilarni hayratda qoldiradi va qiziqishlarini orttiradi. 2-boshlovchi: Bugun qo’shaloq bayram. Ya’ni Dimitriy Ivanovich Mendeleyevning davriy sistemasining tug’ilgan kuni. Bu davriy sistemani qanday yaratilganligi hammaga ham ma’lum emas.
1-boshlovchi: Marhamat “Atomjonning sarguzashtlari” ni tomosha qilamiz. Sahnaga boshlovchi chiqib, so'z boshlaydi:
Qadim o'tgan zamonda, Yunoniston tomonda molekulalar xonadonida quvonchli voqea bo'ldi. (Sahnaga chaqaloq ko’tarib ona kiyimidagi ishtirokchi chiqadi.) Oilada farzand tug'ildi. Oila a'zolarining quvonchi cheksiz. Quvonmay bo'ladimi axir, oilada
farzand tug'ilsa? Rasm-rusumlarga ko'ra unga ism qo'yish, o'qimishli, nomdor, dono kishilarga tushadi. (Sahnaga rus olimi Demokrit qiyofasidagi ishtirokchi chiqadi).Shunday faxrli ish taniqli olim Demokritga nasib etdi. Olim chaqaloqni qo'liga oldi-yo, hayratdan qotib qoldi. U o'ta mitti, ko'rimsiz bo'lishiga qaramasdan, ancha harakatchan, sho'x ko'rinar, nuqul og'zini ochib, gapirishga harakat qilardi. Murg'akni qo'lidan ko'p ishlar kelishini sezgan olim unga "boshing toshdan bo'lsin bolam", -deb "Atom", ya'ni "bo'linmas" - deb ism qo'yadi.
Atomjonning tez orada tili chiqib, Demokrit bilan tez-tez suhbatlashib turdi. (Sahnaga bo’yi kichkina o’quvchi Atomjon qiyofasida sakrab-sakrab chiqadi).Oradan 100 yil o'tdi, bu orada Demokrit olamdan o'tdi. Atomjon anchagina ulg'aydi. Kunlarning birida Demokritning vatandoshi Epikur Atomjon bilan uchrashib qoladi va ulardan xabar olib turadi. Atomjon onasi "Molekula xola" bilan anchagina og'ir kun kechiradilar va atomjon onasi molekula bilan o'z Vatanini, tug'ilib o'sgan joyini tashlab, savdogarlarga yalinib, Rossiyaga kelib qoladilar. Ona-bolani Rossiyaga kelib qolganini eshitgan M. Lomonosov ularni uyiga olib borib, o'zini tanishtiradi:
Lomonosov: -Sizlarni ancha vaqtdan beri qidiraman. Mana nihoyat sizlarni ko'rishga, suhbatlashishga muyassar bo'ldim. Demokrit, Epikur, amakilaringni yaxshi bilasan. Ular senday atomlarni tarbiyalab, dunyoga tanitgan olimlar. Bu yerda ham senga o’xshagan atomjonlar ko’p, ular bilan seni tanishtiraman. Men sening qarindoshlaring to'g'risida kitob yozganman, ularning ismlari - elementlardir (Atomjon hayron bo'ladi). Sen hayron bo'lma! Element - sening noming. Sen bilan onangning tabiati bir xil, boshqa atomlarning tabiati boshqacha bo'ladi,-deb tushuntiradi.
Lomonosov Atomjonga yangi nomini, unga o'xshash atomlarning ko'p ekanligini, ularning ham o'z oilasi borligini, ularning barchasini to'plash kerakligini, bu elementlar odamlarga katta foyda keltirishini tushuntiradi. Shu tariqa Atomjon va molekula xola Lomonosov xonadonida hayot kechira boshlaydilar. Kunlarning birida ularga xat keladi.
Molekula xonim: -O'g'lim, senga xat keldi.
Atomjon: -Kimdan ekan, o'qidingizmi?
Molekula xonim: -Yo'q.
Atomjon xatni qo'liga olib, notanish odam ismini o'qib hayron bo'ladi.
Atomjon: -Dmitriy Ivanovich Mendeleyev... - Onajon, bizni D. I. Mendeleyev degan odam mehmonga chaqiryapti.
"Molekula xola" va jajji "Atomjon" yo'lga tushib, mehmonga borishadi. Manzilgoh ko'rsatilgan joyda karnay-surnay ovozi yangrar va katta tantana ekanligi sezilib turardi. Kelgan mehmonlarni oppoq soqolli mo'ysafid kutib olayotgan edi.
Mendeleyev -Kelinglar! Atomjon-u, Molekula xonim! Yuqoriga o'tinglar, marhamat azizlarim,- deb iliq kutib oladi.
Ular kirib kelganida katta xona to'lgan, o'tirganlar deyarli bir-biriga o'xshash, lekin bir-birini tanimas edilar. Bir yigit turib, o'tirganlarga qarab so'z boshlaydi.
-Hurmatli, aziz mehmonlar! Sizlarni bu yerga chaqirganimizning sababini ustozimiz D. I. Mendeleyev so'zlab beradilar. Men ularni sizlarga tanishtirsam. Ular buyuk kimyogar, birinchi darajali fizik, gidrodinamik, mеtrologiya, gеologiya, kimyo tеxnologiyasining turli sohalarida unumli izlanish olib borgan olim, kimyo sanoatini mukammal biladigan ajoyib mutafakkir bo`lgan, Rossiya kimyogarlar jamiyatini tuzgan tashabbuskorlardan biridir.
Mendeleyev: - Aziz Molekula xonim va Atomjonlar sizlarni shu yerda ko'rib turganimdan juda xursandman, sizlarni shu yerga chaqirishimdan maqsadim, bir- biringiz bilan tanishtirish, har biringiz bilan alohida suhbat qilishdir. Eng muhimi, sizlarni bir joyga yig'ish edi. Buning uchun men sizlarga atab yetti qavatli imorat soldirdim, har biringiz uchun alohida xona ajratdim. Hozircha hamma atomlar kelganicha yo'q, kelganlar soni 62 ta. Kelmaganlarining manzilgohi noma'lum bo'lgani sababli taklif kog'ozi yobora olmadim, lekin ularga alohida xona qoldirib ketamiz. Bu atomlar topilgach, ularni o'z xonalariga joylashtiramiz, asta-sekin imoratning xonalari to'la boradi. Hamma atomlarni bir joyga to'plab, "Atomlar shaharchasi"ni tashkil qilamiz. (Elementlar yozilmagan holdagi davriy sistemani ko'rsatadi, Davriy sistema yuqoridagi "Atomlar shaharchasi" deb yozilgan bo'ladi). Xonalarning bezagi, katta- kichikligi bir xil, shuning uchun berilgan xonadan boshqa xonalarga o'tishlar bo'lmasligi kerak.
Atomjon:-Mendeleyev bobo bu binoni qurish qayerdan hayolingizga keldi.
Mendeleyev:- "O-o! Xudoyim!"(Shundan so’ng Mеndеlееv boshini chayqatib, chuqur-chuqur nafas olib, kеyin kuladi va, nihoyat, qat'iylik bilan:)
-"Mеn buning ustida balki yigirma yil o’ylagandirman, siz o’ylaysizki: o’tirgan va to’satdan, tayyor qilgan! Yo’q bunday emas!"
(Dmitriy Ivanovich Atomjonga javob bеra turib, davriy qonunning ochilishi yigirma yil davomida elеmеntlarning orasida o’zaro bog’liqlikni, ularning o’zaro ta'sirini har tomonlama qunt bilan o’rganishga asoslanganligini ko’rsatib o’tadi.)
Mendeleyev:- Atomjonlar kelinglar endi sizlarni o’z xonadonlaringizga joylashtiraman. Uyimizning birinchisiga eng engil va keksa Vodorod atomini joylashtirdim. Keyingi xonalarga atom og'irligini ortishi tartibida joylashtirdim. Har biringiz uchun pasport tayyorlab qo'ydim. (Stol ustidagi pasportlarni ko'rsatadi). Pasportga har biringizning kelib chiqishingiz, og'irligingiz, xonangizning nomeri aniq qilib yozilgan. (Masalan: Shaharning birinchi xonasiga joylashgan Vodorod atomining pasportini ko'rsatib o'qib beradi.)
Mendeleyev:- Xonasining nomeri - 1. Ismi –Vodorod. Belgisi-H. Massasi-1, 008.
Shu tariqa atomlar o’zlarini ketma-ketlikda tanishtiradilar.

Vodorod Topolmaysiz erkin holimda Meni yerdan hech qachon, Koinotda bisyorman, Quyosh shundan charog’on.


Kremniy Yorug’likni issiqlikka Aylantirib beraman, Kurramizda tarqalishda Avvalida turaman.


Natriy Suvdan qo’rqaman juda, Berkinaman kerosinga. Havo bilan to’qnashsam, Aylanaman oksidga.


Wolfram Suyultirish zarur bo’lsa, Qizdirasiz bag’oyat.


Qaro tunni yoritishda, Tolacham ham kifoya.

Simob Haroratni o’lchayman, Hech bir joyda turmayman. Talabgorlar serobdir, Mening ismim simobdir.


Fosfor
Meni uzoq Germaniyadan Topgan edi savdogar Brand, Brand oldin kambag’al edi Meni topib bo’ldi badavlat.

Ftor
Eng faolman erkin holda, Birikmam inert modda.


Yetishmasam tishga zarar, Ortib ketsam, tosh yig’ilar.

Mis.
Bundan rosa 5000 yil avval, Topishgandir meni Misrdan. Men o'xshayman go'zal oltinga, Shuning uchun juda xursandman.



Vodorodga va mehmon bo’lib kelgan atomlarni nomlariga qarab pasport va xonasi kalitini berib, joylashtiradi. (Atomlar bir-birini tabriklab, qarsaklar chalib turadi. )


Mendeleyev: -Atomjonlar! Sizlar endi xonalaringizga joylashib, damlaringizni olinglar. Men sizlarni navbat bilan chaqirib, suhbatlashaman.
Atomjon xafa bo'lib, Mendeleyevdan so'raydi.
Atomjon: -Men onam bilan shuncha yil birga yashab, o'rganib qolganman, endi onam qayerda yashaydi?
Mendeleyev: - Molekula xonimni alohida mehmonxonaga joylashtiramiz. Sen ularni vaqti-vaqti bilan borib ko'rib turishing mumkin,- deb tushuntiradi.
Ona-bola samimiy xayrlashib, tarqalishadi. Atomlar (elementlar) o'z pasportlari, xona kalitlarini olib joylashib olishadilar. Shunday qilib D.I.Mendeleyev "Kimyoviy elementlarning davriy sistemasi" - "Atomlar shaharchasi"ni tashkil etdilar.
Boshlovchi yakunlovchi so'z aytadi: Shunday qilib, 1869 yili ulug' ustoz, kimyo fanining asoschisi D.I.Mendeleyev 62 element ishtirokida, mana shu qarshingizdagi "kimyoviy elementlar davriy sistemasi"ni yaratdilar. Hozirgi kunda fan va texnikaning keskin taraqqiyoti natijasida kimyoviy elementlar, ularning oksidlari, asoslari, kislota va tuzlari barcha sohalarda ishlatilib kelmoqda.




  1. Yüklə 22,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə