Shaxsiy gigiyena qoidasi.
Assalomu aleykum
Ochilgan gul – lolalar
Assalomu aleykum
Zukko , dono bolalar
Hamma quvnoq sog`lommi
Bugun darsga tayyormi?
O`quvchilar.
Bizlar quvnoq sog`lommiz
Bugun darsga tayyormiz.
Sinfda kim navbatchi
Bir kunlik nazoratchi.
Sinfada men navbatchi Bir kunlik nazoratchi. Hozir 2017 – yil aprel oyining Muborak kunida turibmiz. Sinfdagi 26 ta o`rtog`imni, aziz ustozimni va yana aziz mehmonlarni ko`rib turganimdan benihoyat hursandman.
Hozir o`lkamizda qaysi fasl? Bahor. Bahor fasliga oid she`r bilasizmi? Qani kim aytadi?
Zamin uzra qor yog`sa har gal
Qorlar erib ketaveradi
Qalbimizga zavq berib go`zal
Bahor qaytib kelaveradi.
Goh armonga darga to`ldirib
Sirli kunlar o`taveradi
Bir yoshligingni ortda qoldirib
Bahor qaytib kelaveradi
Kimga cheksiz quvonch ulashib
Orzu umid beraveradi
Ayoz bilan amal tolashib
Bahor qaytib kelaveradi
Sog`intirib hasta ko`ngilni
Baxtli kunlari o`taveradi
Orzularga to`ldirib dilni
Bahor qaytib kelaveradi
Demak 2017 – yil Bahor faslining aprel oyida turibmiz. 2017 – yilni Prezidentimiz qanday yil deb nomladi?
Yurtboshimiz yillarni
Birma – bir saraladi
“Xalq bilan muloqot
Va inson manfatlari”yili deb
Yilimizni nomladi
Andijonda qanday yil deb e`lon qildi?
Prezidentimiz 2017 – yil Andijonda Z.M . Bobur yili deb nomladi.
Bahor faslining qaysi oyida turibmiz?
Aprel
Aprel oyida qanday bayram yoki muhim sanalarni nishonlaymiz?
1-Aprel kulgi kuni
9- Aprel Amur Temur tavalludi kuni
26- Aprel Muhammad Yusuf tavalludi kuni.
Bolalar hozir darsimiz tarbiyaviy soat. Biz avvalgi tarbiyaviy soat darsida qaysi mavzuni o`rgangan edik.
“Mehnat mehnatning tagi rohat ” mavzusi bilan tanishgandik.
Kattalar : Mehnat qilib totganing
Qand – u asal totganing
Deb bejizga aytishmagan.
Mehnat qilgan kishi hech qachon hor bo`lmaydi. Mehnat qilgan kishi sog`lom bo`ladi. Doimo salomat bo`lishni istasak shaxsiy gigena qoidalariga amal qilishimiz kerak.
Bugun sizlar bilan: “Shaxsiy gigiyena qoidalari”ni o`rganamiz.
Shaxsiy gigiyena - ta`lim va tarbiyaning asosiy masalalaridan biridir. Siz eng avvalo o`z tanangizni toza tutishga va ozoda kiyinishga , o`zingizga nisbatan talabchan bo`lishga o`rganishingiz kerak.
Tabobat bilimdoni Abu Ali Ibn Sino “Odam o`zini o`rag turgan muhit bilan o`zaro muloqotni buzmasligi salomatlikni saqloashda muhim omildir”degan edi.
Demak tozalikka rioya qilish, ozoda bo`lib yurish insonga ham farz ham qarzdir. Har bir kishining sog`ligi o`ziga bog`liq.Shunday ekan har birimiz shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz zarur.
“Shaxsiy gigiyena talablari”
-
Tana va kiyimlarni toza tutish
-
Tirnoqlarni har haftada olib tirish
-
Yuzni kunda ikki mahal sovunlab yuvib turish
-
Qo`llarni sovunlab yuvish
-
Sochlarni vaqtida parvarish qilish
-
Tishlarni kuniga ikki mahal pasta yordamida yuvish
-
Haftada bir dush qabul qilish
-
Ichki kiyimlarni ozoda saqlash
-
Kitob, daftarlarni toza tutish
-
Badan tarbiya bilan muntazam shug`ullanish
-
Partada to`g`ti o`tirish
Bularning hammasi shaxsiy gigiyena talablariga kiradi.
Shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilinsa inson tanasi va ruhiyati sog`lom bo`ladi.
Ozoda yursangiz badanda modda almashinuvi , qon aylanishi, nafas olish a`zolari yaxshi ishlaydi, ovqat hazm bo`lishi yaxshilanadi.
Demak.
-
Tozalikka e`tabor bermaslik natijasida turli kasalliklar kelib chiqadi.
-
Inson doim toza yursa , u jismoniy va aqliy jihatdan yaxshi rivojlanadi, ozoda yurgan insonning kayfiyati yaxshi bo`ladi.
Gigiyenik tadbirlar kundalik turmushga singib , ovqatlanish kabi odat tusiga aylanishi lozim.
-
Ozodalik – tana gigiyenasining birinchi qoidasidir.
-
Organizmni toza tutish va chiniqtirish har xil kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Bugun hozir sizlarga “Tish gigiyenasi bo`yicha ” to`xtalib tushintirib bersam.
Tishning vazifalari
maydalaydi
Chaynashga xizmat qiladi
Ovqatni hazm qiladi
Muammoli izlanish.
-
Og`zingizdagi tishlar qanday vazifani bajaradi?
-
Siz ovqatni nima yordamida maydalaysiz?
-
Sizning birinchi tishlaringiz qachon chiqganligini bilasizmi?
-
Og`zingizda nechta tish bor?
Tish – odamga butun umri davomida hizmat qiladi. Ovqatni hazm qilishda tishlarning o`rni katta. Tish yordamida ovqat mydalanadi va chaynaladi.
Katta yoshdagi odamda 32 ta tish bo`ladi. Bolalarda esa 6 oyga to`ligandan so`ng sut tishlar chiqa boshlaydi. 6 yoshdan boshlab sut tishlari tushib , doimiy tishlar chiqadi.
-
Tishlaringizni bir sutkada 2 marta yuving
-
Har doim ovqatdan so`ng tishlaringizni iliq suv bilan chaying
-
Endi chiqayotgan tishga tilingizni tekkizmang
-
Tishda danak chaqmang
-
Suyak tozalamang
-
Tish chirishining oldini oling
-
Shirani kamroq iste`mol qiling
-
Ho`l meva va sabzavotlarni ko`proq tanavul qiling
Dam olish daqiqasi. Ingilizcha qo`shiq.
Bugungi mavzumizga oid maqol va topishmoqlar bilasizlarmi?
Juda yaxshi maqollarni bilasizlar ekan.
-
Ustoz bugungi mavzuyimizga oid bir rivoyat aytib bersam maylimi?
-
Ho`p mayli
Qadimda bir qashshoq yigit bir donishmand cholning oldiga kelibdi.
-
Assalomu aleykum bobojon!
-
Va alaykum assalom
-
Bobojon menga yordam bering! Yeyishga ham kiyishga ham hech narsam yo`q. Uyda bolalarim ham och o`tirishibdi.
-
Ho`p mayli kel unda men senga pul beraman. Bir qo`lingni menga sot.
-
Yo`q sotolmayman
-
Kel unda o`ng ko`zingni sot
-
Yo`q hech narsamni sotolmayman hamma narsam o`zimga kerak.
-
Iyi butun tanag sog`lom bo`lsa turmushingdan nolib nima qilasan? Kishining sog`ligi bu – boyligi – ku ,axir sog` tanda sog`lom aql deb bejizga aytishmagan. Sog` bo`lsang hamma ish qo`lingdan keladi. Sen undan ko`ra aqlingni ishlatib, o`z yo`lingni top . Shunda hayoting yaxshi bo`ladi.
-
Bugungi darsimiz hammaga tushinarlimi ?
-
Ha
-
Unday bo`lsa bugungi darsimizdan qanday hulosaga keldingiz? Nimalarni bilib oldingiz?
-
Tishimni ehtiyot qilishni o`rgandim
-
Tishlarimni doimo yuvib yurishni o`rgandim
-
Ovqatlanganimdan so`ng meva yoki sabzavotlar yeyish zarurligini bilib oldim.
-
Tish pasta vas ho`yka bilan do`st bo`lishni o`rgandim
-
Tanamdagi barcha a`zolarim men uchun azizligini bilib oldim.
-
Hech qachon tishlarimda danak va yong`oq chaqmaslikga odatlandim.
-
Tishlar bizning rizqimiz
Toza saqlash burchimiz
Qo`lni qo`lga beramiz
Ahil – inoq bo`lamiz
Tish pasta va sho`tka bilan
Chin do`st bo`lib qolamiz
Tishimizni toza saqlab
Tanamizni chiniqtirib
Sog`lom go`zal bo`lamiz
Shu vatanga munosib
O`g`il – qizlar bo`lamiz.
Dostları ilə paylaş: |