Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 125,01 Kb.
səhifə1/25
tarix11.12.2023
ölçüsü125,01 Kb.
#146022
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
portal.guldu.uz-Seminar mashg`ulotlar uchun metodik ishlanmalar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

Umumiy psixologiy va pedagogika

fanidan seminar mashg’ulotlar ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma

Guliston - 2021 yil
D. Nosirova Umumiy psixologiya va pedagogika fanidan seminar mashg’ulotlarni tashkil etishga doir uslubiy ko’rsatma, Guliston 2021yil 62 b.
Ushbu uslubiy ko’rsatma 2021 o’quv yili, 11 may, 11-sonli ilmiy kengash bilan tasdiqlandi. Guliston 2021 yil.

Ushbu uslubiy ko’rsatma barhca bakalavriat yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda seminar mashg’ulotlarda talabalar ma’ruza mashg’ulotlari jarayonida o’zlashtirgan nazariy bilim va ko’nikmalarni amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar.


Taqrischilar: M.Xolnazarova, Guliston davlat universiteti
“Pedagogika va psixologiya”kafedrasi dotsenti,
psixologiya fanlari nomzodi .
I. Rejametova, Toshkent davlat pedagogika universiteti
pedagogika fanlari nomzodi dotsent.

KIRISh
Har qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan eng asosiy omil – kadrlar deb hisoblanadi. “ Ta’lim to‘0risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida izchil olib borilayotgan islohatlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘sib kelayotgan barkamol har tomonlama rivojlangan, keng tafakkurga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash hamda jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish maqsadida axborot texnologiyalarni o‘qitish hozirgi kunda davlatimizning ustivor vazifalardan deb hisoblashadi.
O‘qua fanining psixologik jihatdan maqsadi talabalarda umumiy psixologik bilimlarni shakllantirish, voqeilik va jamiyatdagi voqea-hodisalarning, shaxsni o‘zida kechadigan jarayonlar va psixologik bilimlarni shakllantirish, ularni jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o‘rgatishdan iborat. Talabalarni yosh va pedagogik psixologiya fanining nazariy asoslari va inson taraqqiyoti qonuniyatlarini tadqiq etish uchun amaliy materiallar bilan qurollantirish.
Fanni o‘qitishning psixologik jihatdan vazifalari qo‘ydagilarni hal etishga qaratilgan:

  • inson ruxiyatini psixologik tahlil etish;

  • umumiy psixologiya fanining jamiyat va shaxs kamolotidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish;

  • voqea va hodisalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish;

  • inson psixologiyasini umumiy ilmiy asoslarini o‘rgatishni;

  • jamiyat va shaxs orasidagi munosabatning psixologik qonuniyatlari asosida rivojlantirishni;

Talaba olgan bilimlalaridan kelgusi faoliyatida shaxsning psixologiyasiga xos xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazish, insonning rivojlanish bosqichlaridagi psixologik xususiyatlari, ulardagi turli jarayonlar bo‘yicha maslahatlar olib borish, pedagogik faoliyatda o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, ulardagi turli jarayonlar bo‘yicha maslahatlar olib borish, umumiy psixologiya bo‘yicha olib borilgan eksperiment va kuzatuvlarni rasmiylashtirishda foydalanadi.


Yüklə 125,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə