«oi la rasmi» metodi kasi



Yüklə 439,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix31.05.2023
ölçüsü439,58 Kb.
#114693
  1   2   3
«OILA RASMI» METODIKASI



«OI LA RASMI » METODI KASI
Tadqiqot uchun - oq qog’oz (21 x 29sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam (qora, 
qizil, ko’k, yashil, sariq, jigarrang), o’chirg’ich zarur. Bolaga quyidagicha 
ko’rsatmalar beriladi. 
Ko’rsatma 1.
«Iltimos,
 
o’z
oilang rasmini
 
chiz». Bunda «oila» so’zining 
ma’nosini tushuntirish tavsiya etilmaydi. Agar bola nima chizish kerakligini so’rasa, 
psixolog ko’rsatmani qayta takrorlashi kerak bo’ladi. Vazifani individual bajarishga 
odatda 30 minutdan ko’p bo’lmagan vaqt beriladi. Testni guruh bo’lib bajarganda 
vaqt chegaralanib, u 15-30 minutdan oshmaydi. 
Ko’rsatma 2.
Oilangni rasmini chiz, bunda oila a’zolarini hammasi o’zining 
kundalik ishi bilan band bo’lsin. 
Ko’rsatma
3.
Oilangni rasmini o’zing uni qanday tasavvur qilsang, xuddi 
shunday qilib chiz. 
Ko’rsatma 4.
Oilangni rasmini chiz, bunda oila a’zolarining har birini 
fantastik ko’rinishda (mavjud bo’lmagan narsa sifatida) ifodala. 
Ko’rsatma 5.
Oilangni rasmini ma’lum bir obrazga o’xshatib chiz, bunda 
oilaningning o’ziga xos xususiyatlari aks etsin. 
Vazifani individual bajarish jarayonida bayonnomada quyidagilar qayd 
qilinishi zarur: 
A)
detallarni chizish ketma-ketligi; 
B) 15 sekundtsan ortiq pauzalar; 
B)
detallarni o’chirish; 
G) bolaning spontan (dabdurustdan, o’z-o’zidan berilgan) izohlari; 
D) emotsional reaktsiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi. 
Vazifa bajarib bo’lingach, psixolog verbal(suhbat) yo’l bilan iloji boricha 
ko’proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim. 
Odatda quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
 
1.
Aytchi, bu yerda kim tasvirlangan? 
2.
Ular qaerda tasvirlangan? 
3.
Ular nima qilishayapti? 
4.
Buni kim o’ylab topdi? 
5.
Ular xursandmilar yoki zerikishayaptimi? Nima uchun? 
6.
Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun? 
Oxirgi ikkita savol bolani hissiyotlarini ochiq muhokama qilishga undaydi. 
Agar bola ularga javob bergisi kelmasa, uni majburlash kerak emas. 
Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmdagi hissiyotining mazmunini 
aniqlashga harakat qilishi zarur: agar bola oila azolaridan birini tasvirlamagan 
bo’lsa, unga nisbatan hissiyotlarini aniqlashi kerak. To’g’ridan-to’g’ri savollar berib 



ularga javob berishni talab qilishdan qochish kerak, chunki bu bolada 
xavotirlanishni, himoyaviy reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. 
Ko’pincha proektiv savollar yaxshi samara beradi (masalan: «Agar 
qushchaning o’rniga odam chizilgan bo’lsa, nima bo’lar edi?», «Akang bilan sen 
musobaqalashsang kim yutgan bo’lar edi?» va b.). 
Suhbatdan so’ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan 
uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatni 
aniqlashga qaratilgan: 
1.
Tasavvur qilaylik, tsirkka 2 ta chiptang bor. Kimni tsirkka gaklif qilar 
eding? 
2.
Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq, kimdir kasal 
bo’ldi va uyda qolishi kerak. Kim qoladi? 
3.
Konstruktordan uy yasayapsan (qo’g’irchog’ing uchun qog’ozdan ko’ylak 
qirqayapsan), lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga 
chaqirasan? 
4.
Senda qiziqarli filmga bir nechta chiptalar bor, lekin u oila a’zolarining 
sonidan 1 taga kam. Uyda kim qoladi? 
5.
Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u erda kim bilan 
yashashni xohlarding? 
6.
Senga qiziqarli loto o’yinini sovg’a qilishdi. Oila a’zolaring barchasi loto 
o’ynashga o’tirishdi, ammo bir kishi ortiqchalik qilayapti. Kim loto o’ynamaydi? 
Interpretatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur: 
a) o’rganilayotgan bolaning yoshi; 
b) oila a’zolari soni, aka-singillarining yoshi; 
v) agar iloji bo’lsa, bolaning uy va bog’chadagi, maktabdagi xulqi haqida 
ma’lumotlar. 
«Oila rasmi» metodikasi interpretatsiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin: 
1)
«oila rasmi» strukturasi tahlili; 
2)
oila a’zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi; 
3)
rasm chizish jarayoni tahlili. 
1. «Oila rasmi» strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini 
taqqoslash. 
Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to’laligicha aks 
ettiradi. Tadqiqotlarda ko’rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo’lgan 
bolalarning 85 foizi (oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a’zolarini to’liq rasmini 
chizadi. Agar oila a’zolaridan birortasi tushib qolgan bo’lsa, bunga alohida e’tibor 
berilishi talab qilinadi. Chunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan 
qoniqmaslikdan dalolat beradi. 



Ba’zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman 
aloqasi bo’lmagan odamlar aks ettirilganligini ko’rish mumkin. Bunday holatlar 
juda kam uchraydi. Buning sababi - oila bilan bog’liq bo’lgan salbiy kechinmalar: 
rad etilganlik, himoyasizlik hissi, yuqori darajadagi xavotirlanish hamda 
psixologning o’rganilayotgan bola bilan yaxshi aloqa o’rnata olmaganligi bo’lishi 
mumkin. 
Amaliyotda ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qoldirishlari ham 
uchrab turadi. Buning sababi - o’sha oila a’zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan 
nizoli munosabatning mavjudligidir. Odatda, ko’proq aka yoki singil- lar rasmi 
chizilmay qoladi. U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga 
himoya javobi beriladi. Masalan; «joy qolmagani uchun chizmadim», «U o’ynashga 
ketgan» kabi. Ba’zida esa ochiqdan ochiq: «Chizgim kelmadi, chunki u men bilan 
urishadi», «U biz bilan birga yashashini xohlamayman» deb javob beradilar. 
Ba’zan real oila a’zolari o’rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi 
mumkin. Bunda, psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi 
(aynanlashtirayotganligi) muhim (ko’pincha bola oiladagi ta’sirni kamaytirishni 
xohlagan aka yoki ukasini shunday aks ettiradi). 
Ba’zi rasmlarda bola o’z rasmiii chizmaydi yoki oilasi o’rniga faqat o’zini aks 
ettiradi. Bu bolaning o’zini oila tarkibiga ko’shmasligidan, oilada hamjihatlik 
mavjud emasligidan dalolat beradi. 
Rasmda «Men'' ining mavjud bo’lmasligi - qabul qilinmaslik, rad etilish hissini 
boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli. 
Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lumotlar berishi mumkin. 
Odatda bu oiladagi psixologik extiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog’liq. 
Oilada yolg’iz farzand bo’lsa, affilyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki 
qo’shni bolalar yoki ba’zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin. 

Yüklə 439,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə