«oi la rasmi» metodi kasi


Rasm chizish jarayoni tahlili



Yüklə 439,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix31.05.2023
ölçüsü439,58 Kb.
#114693
1   2   3
«OILA RASMI» METODIKASI

Rasm chizish jarayoni tahlili 
Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi zarur: 
a) oila a’zolari rasmini chizishdagi ketma-ketlik; 
b) detallarni chizishdagi ketma-ketlik; 



v) o’chirish; 
g) chizib bo’linmagan ob’ektlar, detallar va figuralarga qaytish; 
d) pauzalar; 
e) spontan izohlar. 
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, 38%ga yaqin bolalar birinchi bo’lib onalarini, 
35%i o’zlarini, 17 %i otalarini, 8%i esa aka-uka, opa - singillarini chizadilar. 
Himoya qilishda eng muhimidan boshlanadiganidek, bolalar rasmda birinchi bo’lib 
eng ahamiyatli, muhim yoki emotsional jihatdan yaqin odamini aks ettiradi. Bu shu 
bilan izohlanishi mumkinki, ona oilada muhim funktsiyalarii bajaradi, bolalar bilan 
ko’p vaqt birga bo’ladi, ularga boshqalarga nisbatan ko’proq e’tibor qaratadi. 
O’zlarini birinchi bo’lib tasvirlash bolalarga xos bo’lgan yosh xususiyati - 
egotsentrizm bilan bog’liq. 
Agar rasm onasi yoki o’zidan emas, balki boshqa bir oila a’zosidan boshlansa, 
bunga ahamiyat qaratish zarur. Chunki bu shaxs ko’pincha bola uchun qadrli bo’lib, 
unga bog’langan bo’ladi. 
Agar bola eng oxirida onasini chizsa, bu bolaning unga nisbatan negativ 
munosabatini bildiradi. 
Oila a’zolarini chizishdagi ketma-ketlik tahlili figuralar grafik tasviri 
xususiyatlari tahlili bilan birgalikda amalga oshirilsa, ishonchli ma’lumotlar olish 
mumkin. Agar birinchi tasvirlangan figura hajm jihatidan katta, biroq sxematik 
tarzda, bezatilmagan holda ifodalansa, bu shaxsning bola uchun ahamiyati, oiladagi 
ustunligi, kuchidan dalolat beradi, ammo bolaning unga nisbatan hissiyotlari ijobiy 
emas. Ko’pincha bolalar oila rasmini chizish vazifasini olgach, oila a’zolarini chiza 
boshlaydilar. Ba’zi bolalar esa, avval turli ob’ektlarni, quyosh, mebel rasmini chizib, 
keyin odamlarni tasvirlashga ki- rishadilar. Bu - o’ziga xos himoya reaktsiyasi 
bo’lib, bola o’ziga yoqimsiz vazifani bajarishni bir oz orqaga suradi. Ko’pincha bu 
noqulay oilaviy vaziyat, yomon munosabatlar, shuningdek, ba’zida psixolog bilan 
bolaning aloqasi yomon bo’lganida kuzatiladi. 
Oila a’zolari rasmi chizib bo’lingach unga yana qaytish bola uchun uning 
ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. 
Muayyan detallar, oila a’zolarini chizishdan oldingi pauza nizoli vaziyat bilan 
bogliq hamda motivlar ichki dissonansining tashqi ifodalanishi hisoblanadi. 
Ongsizlik darajasida bola negativ emotsiyalar bilan bog’langan shaxs yoki detalni 
chizish chizmaslikni hal qiladi. 
Chizilgan rasmni, detalni o’chirish, uni qayta chizish - shu oila a’zosiga 
nisbatan negativ yoki ijobiy munosabat ifodasi bo’lishi mumkin. Bunda rasm 
chizishning natijasi muhimdir. Agar o’chirish, qayta chizish yaxshi tomonga 
o’zgarmagan bo’lsa, bolaning shu kishiga nisbatan nizoli munosabati haqida fikr 
yuritish mumkin. 



Spontan izohlar ko’pincha rasm mazmunining bola uchun ahamiyatini 
anglatishi mumkin. Shuning uchun bu izohlarni diqqat bilan eshitish lozim. 

Yüklə 439,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə