O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi 2 respublika tibbiyot kolleji



Yüklə 10,15 Mb.
səhifə3/26
tarix28.11.2023
ölçüsü10,15 Mb.
#134058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
2 - RESPUBLIKA TIBBIYOT KOLLEJI 114000

BOSH SUYAK BOG’LAMI

Bog'lov qo'yishni tashkil qilish


Dastlab bajariladi:

  • bo'gimni punksiya qilish;

  • plevra boshlig'ini punksiya qilish;

  • laparosentez;

  • novokainli blokadalar;

  • jarohatdagi choklarni olish;

  • operatsiyadan keyin 2-3 sutkalarda bog'lov almashtirish;

  • uchinchi va undan keyingi kunlarda bog'lovni almashtirish;

  • drenajlarni olish.

Yiringli jarohatlari bo'lgan bemorlaming bog'lovlari ish kuni oxirida almashtiriladi (bog'lash xonasi bitta bo'lgan bo'limlarda). Yiringli bog'lovlarni almashtirish uchun bog'lov xonasi o'z shtatiga ega bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi (hamshira va sanitarka). Bog'lovni almashtirish tartibi yiringli ajralma tabiatiga, miqdoriga, nekroz, yiringli oqma, oqma yaralar bo'lishiga bog'liq. Birinchi navbatda bitayotgan yirinlgli jarohatlar, oxirgi navbatda - oqma yaralar bog'lanadi.
Anaerob infeksiyali bemorlaming bog'lovini almashtirishda ehtiyotlik choralari ko'riladi.
Bog'lovni odatda davolovchi shifokor qo'yadi, hamshira unga yordamlashadi. Ba'zi bog'lovlarni hamshira o'zi mustaqil almash­tirishi mumkin.
Ko'rsatmalar: jarohatni bog'lashda aseptika qoidalariga rioya qilish.
Jihozlar:

  • pinsetlar;

  • bog'lov materiali solingan biks;

  • 1 % Ii yodonat;

  • 1: 1000 furasillin;

  • 0,5 % Ii xlorgeksidin biglukonat;

  • 70° Ii etil spirti;

  • 3 % Ii vodorod peroksid;

  • 0,5 % li kaliy permanganat eritmasi.

Harakat tartibi:

  1. Bemorga kiyimini yechishda yordamlashiladi va uni bog'lov stoliga yotqiziladi.

  2. Bemorning ustini beligacha toza choyshab bilan yopiladi.

  3. Steril bankalarga antiseptik eritmalarni quyiladi.

  4. Eski bog'lov pinset bilan olinadi.

  5. Jarohat va uning atrofi ko'zdan kechiriladi.

  6. 0,5 % Ii x.lorgeksidin big加konat eritmasiga ho'llangan steril sharcha bilan jarohat atrofidagi teri (jarohat chetidan tashqariga qarab artiladi). .

  7. Jarohat chetlariga 1 % li yodonat eritmasi bilan, keyin 70% Ii spirtga ho、llangan sharcha bilan shimdiruvchi harakatlar qilib ishlov beriladi.

8. Pinset almashtiriladi.
9. Jarohat yuzasiga steril salfetka yopiladi.
10. Steril salfetkani yelim yoki bintli bog'lov bilan mahkamlanadi

  1. (shikastlanish sohasiga qarab).

XIX asrning 40 - yillarida N. I. Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jarohat infeksiyasiga qarshi kurashish ko'p marta takidlagan. D. Lister operasiyadan keyingi infeksiyani sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan bog'lam orqali tushadi degan xulosaga kelgan. Strelizasiya usullarini ishlab chiqishda bakteriologiyaning ahamiyati katta bo'ldi. Aseptika va antiseptika vrachlarda katla qiziqish uyg'otdi. Xirurgiya sohasida bu usullarni nemis xirurglari Trendelenburg. Bergman, Shimmelbush, Esmarx va Neyberg rivojlantirdilar.
Paster va Koxning izlanishlari aseptikani yaratdi. Ya'ni amaliyotda ximiyaviy antiseptika fizikaviy aseptika bilan almashtirildi. Bu qaynatish yuqori harorat va bug' bilan amalga oshirildi.
Antiseptika deganda esa jarohat sohasida va organizmdagi mikroblarni yo'qotish yoki miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.
Antiseptika turlari
Antiseptikaning fizik, mexanik, ximiyaviy, biologik turlari farqlanadi.
Fizik antiseptika. Jarohatlarni kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya'ni qurutuvchi steril tamponlar, qizdiruvchi lampalar, fen apparatlari ishlatish, jarohat suyuqligini tez shimib oluvchi bog’ichlar, tamponlar, drenajlar va oq gigroskopik doka fizik antiseptikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Mexanik antiseptika. Hamma yaralar bakteriya bilan zararlangan hisoblanadi, shuning uchun ham asosiy vazifa ularni birlamchi xirurgik yo'l bilan tezroq tozalashdan iborat. Bu esa mexanik usullar yordamida amalga oshiriladi: yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni kesib tashlash, yaralar atrofini tekislash va kerak bo'lganda ularni tikish bilan erishiladi.
Kimyoviy antiseptika. 
Bu usulda bakteriosid va bakteriostatik xususiyatga ega bo'lgan turli kimyoviy antiseptik moddalarni ishlatish ko'zda tutilgan. Antiseptiklar bilan mikroblarni yo'qotish yoki uni jarohatda rivojlanishini to'xtatishdan iborat.
Asosiy antiseptik vositalarga antiseptik moddalar kirib, ular turli kimyoviy guruhlarga mansubdir.
Xloramin eritmasi qo'lni tozalashda, yiringli yaralarni davolashda metallmas asboblar, bemorlar uchun ishlatiladigan asboblar va xonani tozalashda qo'llaniladi.

MONOKULYAR VA BINOKULYAR BOG’LAM

Kaliy permanganat. Suvda yaxshi eruvchi qoramtir kristalldir. Pushti rangli eritmalari og'iz bo'shlig'i, qovuq va boshqa organizm chayish uchun ishlatiladi. Kuchliroq qoramtir binafsha rangli eritmasi bakteriosid xususiyatga ega bo'lib, to'qimalarni kuydiradi. Shuning uchun kuyishda qora qo'tirlarni davolashda, badbo'y hidlarni yo'qotishda, shuningdek chirayotgan, yiringli jarayonlarni yuvishda qo'llaniladi.
Vodorod peroksid. 3-5%li eritmasi ishlatiladi. Rangsiz suyuqlik vodorod peroksid to'qima fermenti katalaza bilan qo'shilib, kislorod ajraladi, bu ko'p miqdorda ko'pik ajralishiga olib keladi. Ko'pik harakati tufayli jarohatdan yot jismlar, qon quyqasi, yiring chiqib ketadi.
Jgut bog'lash
Ko'rsatmalar: arterial qon ketishini vaqtincha to'xtatish.
Jihozlar:

  • salfetka;

  • rezinali jgut;

  • qog'oz qalam;

  • rezinali qo'lqoplar;

  • bog'lov materiali;

  • dezinfeksiyalovchi eritma solingan idish.

Harakat tartibi:
l.Rezina qo'lqop kiyiladi;
2.Shikastlangan oyoq-qo'lni balandroq ko'tariladi;
3.Shikast sohasi ko'zdan kechiriladi;
4.Jarohat Yliqorisidan salfetka qo'yiladi yoki bemor kiyimi tekislanadi (9- a rasm. 48-betdagi qistirmaga qaralsin);
5.Jgutni tongan holda oyoq-qol atrofidan aylantiriladi (birinchi o'rami tortib, 2-3 o'rami qon to'xtab, puls yo'qolguncha) (9- b rasm. 48-betdagi qistirmaga qaralsin);
6. Jgut terini siqib qo'ymaydigan qilib yonma-yon solib boriladi (9- d rasm. 48-betdagi qistirmaga qaralsin);
7.Jgut ilmoqchasi zanjirchasiga ilib qo'yiladi;
8.Jgut qo'yilgan vaqti yozib qo'yiladi (sana, soat, daqiqa);
9.Jarohat yuzasiga ishlov berib, aseptik bog'lov qo'yiladi, og'riqsizlantiruvchi dorilar yuboriladi;
10.Ob-havoning sovuq payti sovuq urishining oldini olish uchun bemorning oyoq va qo'llarini o'rab qo'yiladi;
11.Bemorni zambilda yotgan holda kasalxonaga transportirovka qilinadi;
12.Qo'lqoplar yechiladi va dezinfeksiyalovchi eritmali idishga solinadi.
Burama qo'yish
Ko'rsatmalar: arterial qon ketishini vaqtincha to'xtatish.
Jihozlar:

  • salfetka;

  • tayoqcha;

  • qog'oz;

  • rezinali qo'lqoplar;

  • bog'lov materiali;

  • dezinfeksiyalovchi eritma solingan idish.

  • Bint.

Harakat tartibi:
l. Rezinali qo'lqoplar kiyiladi;
2.Shikastlangan oyoq-qo'lni balandroq ko'tariladi;
3.Shikast sohasi ko'zdan kechiriladi;
4.Salfetkani oyoq-qo'lga o'raladi;
5.Uchlarini qo'sh tugun qilib bog'lanadi;
6.Tuguniga tayoqcha o'tkazib buraladi (qon to'xtab, puls yo'qolguncha);
7.Jarohat yuzasiga ishlov berib aseptik bog'lov qo'yiladi;
8.Burama qo'yilgandan keyin uning qo'yilgan vaqti ko'rsatiladi;
9.Bemorni zambilda yotgan holda kasalxonaga transportirovka qilinadi;
10.Qo'lqoplar yechiladi va dezinfeksiyalovchi ertitmali idishga solinadi.
Formaldegid. U gazsimion o'tkir xidli, suvda yaxshi eriydigan modda. Formaldegidning 40%li suvdagi eritmasi formalin deb yuritiladi. Asboblarni, drenajlarni, qo'lqoplarni sterillashda keng qo'llaniladi.
Spirt ya'ni etil spirti xirurgiyada keng qo'llaniladi. Spirtni qo'lni zararsizlantirish, operasiya joyini tozalashda, kesuvchi asboblarni, optik asboblarni dezinfeksiya qilishda va ipakni sterillashda ishlatiladi.

Yüklə 10,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə