O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi 2 respublika tibbiyot kolleji



Yüklə 10,15 Mb.
səhifə2/26
tarix28.11.2023
ölçüsü10,15 Mb.
#134058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
2 - RESPUBLIKA TIBBIYOT KOLLEJI 114000

KO’KRAK QAFAS BOG’LAMI

JINSIY A’ZO BOG’LAMI

BOSH BOSHLAMI

BARMOQ BOG’LAMI

KAFT BOG’LAMI

BILAK VA TIRSAK (QO’L) BOG’LAMI

Bog'lov materiali tayyorlash
Sharchalar tayyorlash
Ko'rsatmalar:

Jihozlar:

  • doka.

Harakat tartibi:
Sharchalar tayyorlash uchun: doka bichiladi kichik sharchalar uchun 6x7 sm, o'rtacha sharchalar uchun 11 x 12 sm, katta sharchalar uchun 17 x 17 sm.

  • tayyorlangan doka bo'lagini ikki tomondan o'rtasiga qarab bukiladi;

  • dokani yarmidan bukiladi, ko'rsatkich barmoq atrofida o'raladi;

  • hosil bo'lgan uchburchakka erkin uchlari kiritiladi;

  • tayyorlab qo'yilgan dokali xaltachaga dokali sharchalarni 50 tadan solinadi.

Salfetka tayyorlash


Ko'rsatmalar: operatsiya jarohatini, kasalxonadan tashqarida olingan jarohatlar yuzasini tashqi muhit ta'siridan himoya qilish uchun.
Jihozlar:

  • doka.

Harakat tartibi:
Salfetka tayyorlash uchun doka bichiladi: kichik salfetka uchun 2ox25 sm, o'rtachasi uchun 30x40 sm, kattasi uchun 60x40 sm.

  • dokani uzunasi bo'ylab ikki tomondan o'rtasiga qarab bukiladi. (o'rtada salfetka uchlari to'qnashadi);

  • uzunasi bo'ylab buklangan salfetka eniga buk.lanadi (o'rtada salfetka uchlari to'qnashadi);

  • salfetka uchlari to'qnashgan joydan, o'rtasida salfetkani buklanadi;

  • salfetkalarni 10 tadan qilib taxlanadi, doka tizimchasi bilan bog'lab qo'yiladi.

Jarohat infeksiyalari tushunchasi kasallik qo'zg'atuvchi aerob va anaerob infeksiyasining spesifik hamda nospesifik turlari keltirib chiqaradigan xirurgik kasalliklarni o'z ichiga oladi.
Kasallikning avj olishida kasallik tug'diradigan mikroblar katta rol o’ynaydi. Xirurgik infeksiyani qo'zg'atuvchi mikroblar atrof- muhitda ham inson badani sirtida ham shuningdek, nafas olish yo’llari va ichaklar bo'shlig'ining shilliq pardasida ham mavjud. Ular organizmga kirish darvozasi deb ataluvchi teri va shilliq pardalarining shikasllanishi tufayli yoki nafas olish, me'da- ichak va tanosil yo’llari orqali tushadi.
Xirurgik infeksiyalar klinik ko'rinishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:
1. O'tkir xirurgik infeksiya
l. Mahalliy o'tkir xirurgik infeksiya.
a) o'tkir nospesifik yiringli infeksiya;
b) o'tkir chirik infeksiya;
v) o'tkir nospesifik anaerob infeksiya yoki gazli gangrena;
g) o'tkir spesifik anaerob infeksiya (qoqshol, kuydirgi).
2. Umumiy xirurgik infeksiya:
a) o'tkir nospesifik infeksiya;
b) o'tib kelgan (surunkali) umumiy xirurgik infeksiya;
3.Surunkali xirurgik infeksiya:
a) surunkali nospesifik infeksiya;
b) surunkali spesifik infeksiya.
Mikroorganizmlar jarohatga ekzogen va endogen yo'llar orqali tushadi.
kzogen yo'llarga tashqi muhitdan tushadigan infeksiyalar ya'ni jarohatni kir qo'llar bilan tozalaganda, nosteril matolar bilan yarani bog'laganda, jarohatni noto'g'ri tozalaganda, bog'lamni noto'g'ri bog'lashda ro'y beradi.
Endogen yo’llarga infeksiya tananing boshqa qismidagi yiringli ichakdan qon tomirlar bo'ylab tushishi mumkin (surunkali tonzillit, yumshoq to'qimalarning yiringli yallig'lanishi, furunkulyoz, gaymorit va boshqalar).


Yüklə 10,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə