O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124

korxonalar mahsulotlari hisobiga so'ndirilishini  amalga oshiradi.  Kom- 
pensatsion  bitimlarning farqli  to m o n i,  ularning  keng  ko'lam li  va uzoq 
m uddatli  xarakteri  ham da  eksport  va  import  b itim larining  o ‘zaro 
bog‘liqligidadir.
Amaliyotda «uzoq muddatli  kredit» atamasi  kredit muassasalarining 
ssudalariga  aloqador b o ‘lib  qoldi.  U zoq  muddatli  kreditning  bir  qismi 
bo'lib zayomlar,  ya’ni davlat va xususiy korxonalar,  banklar tom onidan 
o ‘z  qarz  majburiyatlarini  chiqarish  orqali  milliy  h a m d a   ja h o n   ssuda 
kapitallari  bozorlaridan  qarz  m ablag‘larini  jalb  etilishi  hisoblanadi. 
Uzoq muddatli  kredit va zayomlar asosan asosiy kapitalni kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish,  mashinalar, jihozlar eksporti,  sanoat loyihalarini 
sotilishiga  xizmat  ko'rsatadi.
Budjet  mablag'lari  hisobdan  ajratiladigan  uzoq  m uddatli  (m ud- 
datlari  10— 15  yil  va  bundan  ziyod)  Xalqaro  kreditlarning  quyidagi 
shakllari  farqlanadi:
1)  Hukum atning  ikki taraflam a  kreditlari.  Davlatlararo uzoq  m u d ­
datli  kredit  keng  ko‘lamlarda  birinchi  jaho n  urushi  paytida  vujudga 
keldi  va  o ‘z  rivojiga  uru sh d a n   s o ‘nggi  yillarda  ega  b o ‘ldi.  B unda 
asosiy  kreditor  b o ‘lib  A Q SH  m aydonga  chiqdi.  N atijada  davlatlararo 
ziddiyatlarni  kuchaytirib yuborgan  hukum atlararo qarzdorlik (11  mlrd. 
oltin  dollarlari,  foizlarni  hisobga  olm aganda)  paydo  b o ‘ldi.  Fransiya 
kreditni  nemis reparatsiyalari hisobiga,  Gernianiya esa A Q S H d a n  yangi 
kreditlarni olish  hisobiga so‘ndirayotgan edi.  1929— 1933-yillar iqtisodiy 
inqirozi  davri  mobaynida  G e rm a n iy a   va  25  ta  boshqa  davlatlar  qarz 
bo'yicha  t o ‘lovlarni  to'xtatib  q o ‘ydi.  Ikkinchi jah o n   urushi  davri  m o ­
baynida  hukum atlararo  qarzlar  sezilarli  rol  o'y n a m a g a n   edi.  Harbiy 
va  boshqa  turdagi  materiallarning  yetkazib  berilishi  asosan  «lend-liz» 
(ijara)  shartlari  asosida,  kredit  majburiyatlarisiz  amalga  oshirilayotgan 
edi;
2)  Xalqaro  va  hududiy  valuta-kredit  ham da  moliyaviy  tashkilot- 
larning  kreditlari;
3)  yordam   k o ‘rsatish  y o ‘nalishi  b o ‘yicha,  ushbu  y o rd am   shakJi 
texnik yordam,  hadyalar, subsidiyalar bilan birgalikda imtiyozli shartlar 
asosidagi  zayomlarni  ham  o ‘z  ichiga  oladi.
Ayrim  holatlarda xalqaro  kreditning aralash turi q o ‘llaniladi.  M asa- 
lan,  eksportni  kreditlashning odatdagi shakllari yordam  k o ‘rsatish bilan 
birgalikda  amalga  oshiriladi.  X alqaro  kreditning  yangi  shakllaridan 
biri  bo'lib  bir  nechta  kredit  muassasalari  to m o n id an   yirik  loyihalarni 
q o 'sh m a  moliyalashtirish  hisoblanadi.
20 —  O .Y u.  R a sh id o v   v a   bosh.
305


Xalqaro  moliya  institutlari  q o 'sh m a   moliyalashtirishning  tashab- 
buskorlari  b o ‘lib  m aydonga  chiqadi  va  ular  ushbu  operatsiyalarga 
odatda,  loyihaning eng ko‘p foyda keltiradigan qismini  imtiyozli asosda 
(foiz stavkasi bozor stavkasidan past)  moliyalashtiruvchi,  xususiy tijorat 
banklarini  jalb  etadi.
Q o 's h m a   moliyalashtirishning  quyidagi  2  shakli  qo'llaniladi:
—  parallel  moliyalashtirish,  bund a  loyiha  turli  kreditorlar  to- 
m onidan  ular  uchun  o'rnatilgan  kvotalar  m e ’yorida  kreditlanadigan 
tarkibiy  tashkil  etuvchilarga  bo'linadi;
—  o 'z -o 'z in i  moliyalashtirish,  bunda barcha kreditorlar loyihaning 
ijro  etilishi  mobaynida  ssudalarni  taqdim   etadilar.  Kreditorlardan  biri 
(m enejer-bank)  loyihaning  tayyorlanishi  va  amalga  oshirilishini  m u- 
vofiqlashtiradi  hamda  nazorat  qiladi.
Q o 's h m a   moliyalashtirish  qarz  oluvchiga  imtiyozli  kreditlarni 
olishga  yo'l  ochgani  holda  m a ’lum  bir  imtiyozlarni  beradi.  Biroq 
asosiy imtiyozlarni  kreditorlar oladi,  chunki bunday kreditlash  ssudani 
qarzdor to m on id an  o'z  vaqtida so'ndirilishining qo 'sh im cha kafolatini 
beradi.  Xususiy  banklarning  sindikatlari  o 'z   kreditlarini  qarz  oluvchi 
m am lakatlarga ular to m o n id an   XV F yoki  HTTB  (Xalqaro Taraqqiyot 
va  T iklanish 
Banki)ning  kreditlarini  olgan  taqd ird ag in a   taqdim  
etadilar.  Davlat  va  xususiy  banklar  o'rtasidagi  ushbu  taqsimotning 
asosiy maqsadi iqtisodiy ham da siyosiy omillardan  kelib chiqqan  holda 
ssuda  k a p ita lla rin in g   j a h o n   bozo rig a   qarz  o lu v c h ila r  chiqishini 
muvofiqlashtirishdir.
Shu  sababli  xalqaro  v a lu ta -k re d it  va  m oliya  tashkilotlarining 
kreditlari  ikki  taraflama  hukum at  kreditlari  ham da  ayniqsa  xususiy 
b a n k la r  kreditlari,  yevrokreditlarga  nisbatan  su m m alari  bo 'y ich a  
kam taro na  o 'rin  egallasa-da,  katta  rol  o'ynaydi.
Xalqaro uzoq muddatli kreditning shakllaridan biri bo'lib,  qimmatli 
qo g'ozlar  emissiyasi  hisoblanadi.
Loyihalarni  moliyalashtirish  xalqaro  uzoq  muddatli  kreditning 
zamonaviy shaklidir.  U shbu shakllardan biriga lizing ham  kiradi.  Lizing 
(inglizcha leasing,  lease-ijaraga berish so'zidan olingan)  lizing beruvchi 
to m o n id an   lizing  oluvchiga  m oddiy  qimmatliklarni  turli  muddatlarga 
ijaraga  taqdim   etilishidir.
Faktoring  (iglizcha 
factoring,  /ac/or-vositachi)  —  ixtisoslashgan 
moliyaviy  kompaniya to m o n id an   eksportyorning  importyorga bo'lgan 
pul  talablarini  sotib  olinishi  h a m d a   inkassatsiya  qilinishi  shaklidagi 
xalqaro  kreditdir.


Forfeytlash  (fransuzcha 
«a  forfait»  —  yalpi,  um um iy  sum m asi 
bilan)  naqdli  to'lov  evaziga  m a ’lum  bir  huquqlar  taqdim   etilishini 
bildiradi.  Ushbu  bank  am aliyotida  veksellarni  h a m d a   boshqa  qarz 
majburiyatlarini to'liq  muddatga,  oldindan belgilangan shartlar asosida 
sotib  olinishidan  iboratdir.
Qisqa  xulosalar
Valuta tizimi  —  bu milliy qonunchilik yoki  davlatlararo kelishuvlar 
b ila n   m u sta h k a m la n g a n   v aluta  m u n o s a b a tla rin i  tashkil  etish   va 
muvofiqlashtirishning  shaklidir.
Valuta  kursi  —  bu,  bir  valutani  boshqa  bir valutadagi  ifodasi  yoki 
bahosi.
Xalqaro  hisob-kitoblar  —  bu  davlat,  kom paniyalar,  korxonalar, 
boshqa  mam lakatlar  hududlaridagi  fuqarolarning  iqtisodiy,  siyosiy, 
m adaniy va boshqa m unosabatlari  natijasida vujudga kelgan pulli  talab 
va  majburiyatlari b o 'yicha to'lovlarni amalga oshirish va tartibga solish 
tizimidir.  Xalqaro  kredit ssuda kapitalining ja h o n   oborotidagi  harakati 
hisoblanadi.
Tayanch  iboralar
Valuta  tizimi,  deviz,  xalqaro  kredit,  jahon  valuta  tizimi,  to'lov  balansi, 
to'lov  balansining  tarkibi,  passiv  savdo  balansi,  xorijiy  investitsiyalar, 
to'lov  balansini  tarkibga  solish,  deflatsion  siyosat,  devalvatsiya,  valuta 
cheklovlari,  valuta  kursi,  spot  kurs,  forvard  kurs,  kross  kurs,  xalqaro 
hisob-kitoblar,  importyor,  eksportyor,  akkreditiv,  inkasso,  kliring,  xalqaro 
kredit,  valuta  siyosati,  deviz  siyosati.
Nazorat  va  muhokama  uchun  savollar
1.  Valuta  munosabatlari  va  ularning  huquqiy  asoslarini  yoriting.
2.  Valuta  operatsiyalari  va  ularni  boshqarish  tartibi  nimalardan  iborat?
3.  Xalqaro  moliya  va  k a pital  bozori  va  ularning  tahlili  nim alardan 
iborat?
4.  Valuta  munosabatlari  tizimida  banklarning  o'rni  nimalarda  namoyon 
bo ‘ladi ?
5.  Xalqaro  valuta  qonunchiligi  nimalarda  asoslanadi?
6.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  valuta  tizimini  rivojlanishi  bosqichlarini 
ko ‘rsating.
7. 
Chet  el  valutasida  kreditlash  tartibi  nimalardan  iborat?
8.  Xalqaro  hisob-kitoblar  va  uning  Respublika  tijorat  banklari  tomonidan 
ishlatiladigan  asosiy  shakllari  nimalarda  namoyom  b o ‘ladi?


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə