Nochiziqli va parametrik elementlar va ularning xarakteristikalarini approksimasiyalash. Nochiziqli zanjirlarda tebranishlarni spektral analiz usullari



Yüklə 221,99 Kb.
səhifə1/7
tarix22.12.2023
ölçüsü221,99 Kb.
#153964
  1   2   3   4   5   6   7
маъруза 3

3- маъруза

Nochiziqli va parametrik elementlar. Nochiziqli zanjirlarda tebranishlarni spektral analiz usullari

Reja:

Nochiziqli va parametrik elementlar va ularning xarakteristikalarini approksimasiyalash.

Nochiziqli zanjirlarda tebranishlarni spektral analiz usullari.

Spektrning foydali tashkil etuvchi tebranishlarini ajratib olish


Nochiziqli element ishlatilgan nochiziqli zanjirlani xisoblashda grafik va analitik usullar ishlatiladi. Grafik usullar nochiziqli zanjirga elementar garmonik tebranishlar ta'sir qilgandagina ishlatiladi. Analitik usul esa, nochiziqli zanjirga murrakab signallar ta'sir etganda ishlatiladi. Analitik usullarning xisoblash aniqligi grafik usullarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Nochiziqli elementning grafik yoki jadval shaklida berilgan VAXni analitik (matematik) ifoda bilan almashtirish approksimatsiyalash deb ataladi.
Approksimatsiyalovchi funksiyalar quyidagi talablar qo‘yiladi:
  • Approksimatsiyalovchi funksiya iloji boricha oddiy bo‘lishi kerak, bu funksiya orqali bajariladigan matematik amallarni soddalashtiradi va hajmini kamaytiradi;
  • Approksimatsiyalovchi funksiya oddiy bo‘lishi bilan birga nochiziqli elementdan o‘tayotgan umumiy tok tarkibidan tokning kerakli spektral tashkil etuvchilarini aniqlash imkoniyatini berishi kerak;
  • Approksimatsiyalovchi funksiya oddiy bo‘lishi va tokning kerakli spektral tashkil etuvchisini aniqlash bilan birga, u yordamida topilgan tok va kuchlanishlar qiymati berilgan aniqlikda real VAX yoki jadval orqali aniqlanadigan qiymatlarga talab etilgan darajada mos kelishi kerak.

Nochiziqli elementlarni xarakteristikalarini approksimasiya qilishda qo‘yidagi approksimasiyalovchi fnuksiyalar ishlatladi:
  • Darajali polinomlar (ko‘phadlar).
  • Eksponensial polinomlar.
  • Transendent funksiyalar.
  • Bo‘lakli-to‘g‘ri chiziqli approksimasiya.


Yüklə 221,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə