|
Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya. Po‘lat va cho‘yan ishlab chiqarish Darsning ta’limiy maqsadi
|
səhifə | 1/5 | tarix | 14.09.2023 | ölçüsü | 393,95 Kb. | | #121977 |
| O’zbekistonda metallurgiya. Po‘lat va cho‘yan ishlab chiqarish
Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya. Po‘lat va cho‘yan ishlab chiqarish
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga O’zbekistondagi metallurgiya sanoati, temirning qayta ishlangan mahsulotlari – cho’yan va po’latning ishlab chiqarish usullari, metallurgiya sohasidagi tadqiqotlar va yangi texnologiyalar, cho’yan va po’lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi muammolari hamda ularning yechimlari to’g’risida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda ekologik va estetik madaniyatni shakllantirish, Vatanga nisbatan mehr-muhabbatni paydo qilish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda mavzuga oid bilim, ko’nikma va malaka elementlarini, darslik kitobdan va qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalana olish qobiliyatini rivojlantirish.
Ko’rgazmali qurollar:
Kimyo darslik kitobi 9-sinf.
Kimyoviy elementlar davriy jadvali.
Mavzuga oid rasmlar va chizmalar.
Test savollari, krossvordlar va tarqatma varaqalar (kartochkalar).
Temir, cho’yan va po’lat namunalari.
Darsning shiori: Tabiat – bu insoniyatning bebaho mulkidir.
Dars qoidalari:
Qo’l ko’tarib javob berish.
Faol ishtirok etish.
Jim turib tinglash.
O’zaro hurmatda bo’lish.
Boshqa guruhdagilarga xalal bermaslik.
Darsdan olinadigan natijalar:
Yangi ma’lumotlar.
Faollik.
Ijodkorlik.
O’zaro hamkorlik.
O’zaro hurmat va ehtirom.
Vaqt taqsimoti:
Darsning tashkiliy qismi – 3 daqiqa
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash – 15 daqiqa
Yangi mavzuni tushuntirish – 20 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash – 5 daqiqa
Uyga vazifa berish – 2 daqiqa
Dostları ilə paylaş: |
|
|