Nishonova Zarnigor Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə3/3
tarix13.03.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#102386
1   2   3
Nishonova Zarnigor Maqola

AMMAFOS MAXAM OAJ

MIS BOYITISH FABRIKASI

EKSKAVATOR MAKETI

ZIL YUK MASHINASI MAKETI
Olmaliq shahridagi uy-joy qurilishi shuningdek uy-rozg’or buyumlari O`zbekistonning boshqa hududlaridan deyarli farq qilmaydi.Bizda ham uylar avval paxsadan,g’ishdan va sinchli uylar qurilgan.Uyning tomlariga qamish yotqizilgan loydan yopilgan.Eshik derazalari yog’ochdan ishlangan bo’lib,uyning pollari aksaryat xollarda ko’tarma tapchanli bo’lgan.Tapchanlar osti ombor vazifasini bajargan.Uy ichkarisida ko’rpa to’shaklar yig’ish uchun va idish tovoqlar taxlash uchun maxsus taxmonlar bo’lgan.Ushbu taxmonlarga tutilgan pardalar kirposht deb atalgan.

Taxmon
Devorlar oqlangan bo’lib keyinchalik bo’yoqlar gulli bezaklar berish urf bo’lgan.Hozirgi kunga kelib,uylar g’ishtdan qurilib eshik derazalari asosan alyumin metallardan tayyorlanmoqda.Uy pollari tekis tomlari esa shifer,cheripitsa kabi zamonaviy qurilish ashyolari bilan yopilmoqda.Hozirgi uylarda taxmonlar umuman mavjud emas.Ko'rpa to’shaklar sandiqlar ustiga yig’ilib,idish-tovoqlar esa zamonaviy javonlarga joylashtiriladi.

Olmaliq aholisi ham qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan bo’lib,deyarli har bir xonadonda o’ziga yarasha tom orqa va chorva mollari bo’lgan.Sigir sutiga ishlov berishda ya’niy sutning yog’ini ajratib olishda avvalari qo’l kuvillari ishlatilgan bo’lsa,



bugungi kunga kelib bo’lsa maxsus zamonaviy uskunalar yordamida ushbu jarayon amalga oshirilmoqda.Uy rozg’or buyumlari orasida muxim ahamiyatga ega bo’lgan cho’michlar uchun avvalari maxsus qovoqlar ekishgan va ushbu qovoqlardan suv olishda ishlatish uchun cho’michlar tayyorlashgan. Hozirgi kunda bunday cho’michlar deyarli yo’qolib ketgan bo’lib,o’rnini sirli va plastmassa cho’michlar egallagan.Umuman olganda tarixni kuzatar ekanmiz bunday o’zgarishlarga ko’plab dush kelishimiz mumkin.
Bundan tashqari uy ro’zg’or buyimlarida yog’ochdan yasalgan buyumlar keng tarqalgan.

Uy ro’zg’or buyumlardan yana biri bu keli hisoblanadi.Ushbu ro’zg’or buyumi yordamida donli mahsulatlari maydalashda ishlatilgan.Asosan talqonlar tayyorlangan.



Olmaliq aholisining oilaviy marosimlari uzoq davrlar mobaynida taraqqiy etgan qadimgi madaniyati negizida xalq donishmandligi va an’analaridan biri sifatida shakllangan. Dastlab nikoh to‘yi haqida so‘z yuritsam. Nikoh to‘yi kelinni tanlash va sovchilikka borishdan boshlanadi.Kelin tanlash o`ta ma’sulyatli jarayon bo’lib,bunda bo’lajak kelinning nasl-nasabi,xulq-atvori,ko’rinishi surishtiriladi va ma’qul bo’lgach sovchilikka boriladi.Ikki tomon ham bir-biriga ma’qul bo’lgach unashtiruv kuni belgilanadi.Har ikki tomonning erkak vakilari ishtrokida non sindiriladi.Hozirgi kunda unashtiriv kuni va fotixa to’yi marosimlari qo’shib o’tkaziladi. Olmaliq shahrida kuyov tomondan kelin uchun qalin puli berilmaydi.Faqat nikoh kuni belgilangan tartibda maxr beriladi. Kuyov tomondan kelinga mahr berish odati milliy anʼana sifatida yangi koʼrinishlar kasb etgan holda saqlanib qoldi.
Barcha tarixiy bosqichlarda to‘yning asosiy negizi diniy nikoh o‘qitish hisoblangan. SHo‘ro hukumatining taqiqlariga qaramasdan, bu marosim doim imi-jimida o‘tkazib kelingan. 20-yillarda majburiy nikoh unsuri sifatida ZAGS dan qayd ettirish, keyinchalik nikoh uylarida ZAGSdan o‘tish joriy qilingan. 80-yillarda esa Olmaliqda ZAGSdan o‘tish nikoh to‘yining o‘zida ham o‘tkazila boshlandi, ayni vaqtda diniy nikoh ham o‘qitilmoqda. Qadimdan meros bo‘lib kelayotgan to‘y marosimlari islomgacha va islomdan keyingi udum, marosimlar bilan qorishib ketgan. Islomiyatdan avval ular magik xarakterga ega bo‘lgan. Jumladan, yoshlarni yomon ko‘zdan va balo-qazolardan asrash uchun gulxan atrofida aylantirishgan, boshlari uzra katta yoping‘ich tutishgan. Maxsus udumlar ikki yoshning farovon turmush kechirishlarini (yoshlarga shirinlik va tangalar sochilgan), serfarzand, uvali-juvali bo‘lishlarini (bolalarni tizzaga o‘tqazishgan, pishgan tuxum bilan mehmon qilishgan) ta’minlashi lozim bo‘lgan. «Ko‘rpa qavish», «maslahat oshi», «sabzi to‘g‘rar», «mol yoyar» va boshqa udumlarni xuddi ilgarigidek qarindoshlar, qo‘shnilar davrasida o‘tkazish an’anasi saqlanib qolgan. Shu bilan birga bu udumlarga bir qancha yangiliklar kirib kelgan, xususan to‘y tantalarida ayollar va erkaklar birga qatnashadigan, to‘yga professi­o­nal artistlar taklif etiladigan bo‘ldi. Olmaliqda 20-asrning 70-yillardan boshlab to‘ylar ilk marotaba restoran va kafelarda o‘tkazila boshlandi. Kelin-kuyov liboslari ham o‘zgarib, kelinlarning qalin ro‘moli o‘rnini zamonaviy moda asosida fata egalladi, biroq kuyov kiyimida milliy chopon va salla saqlanib qoldi. To‘yga taklif qilinadiganlar tarkibi ham o‘zgarib, unda qarindoshlar, mahalla, qo‘ni-qo‘shni qatorida, hamkasb va birga o‘qiydiganlar ishtirok etadigan bo‘ldi. Urushdan keyingi yillarda ko‘pgina arxaik xarakterdagi odat va udumlar, marosim ishtirokchilari tashabbusi bilan yangilariga o‘zgartirildi. 70–80-yillarda shaharning yodgorlik o‘rnatilgan joylariga gul qo‘yish, suratga tushish, video tasmaga olish, kelin-kuyovning bir-biriga uzuk taqish an’analari kirib keldi. Shuningdek, shu yillarda Toshkentda kelinga qilinadigan sep tarkibi ham an’anaviy buyumlar qatorida, servizlar, mebel garniturlari va muzlatkichlar va boshqa bilan boyitildi. Nikoh to‘yining so‘nggi bosqichi kelinning yangi oilaga kirib kelishi, qarindoshlar bilan tanishishi, «kelin salom», «bet ochar», «quda chaqiriq» bilan yakunlanadi.
 Bola tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlar. Bunga azon, aqiqa to‘yi,beshik to‘yi, o‘g‘il to‘yi, muchal to‘yi kabi rasm-rusumlar kiradi. Bu marosimlarda ko‘plab an’analar saqlanib qolgan. Allohga shukronalik belgisi sifatida farzand tug‘ilgandan keyin 20 kun ichida qilinadigan aqiqa to‘yi, chaqaloqqa azon aytish, chilla saqlangan. Beshik to‘yi ayollarning o‘ziga xos bayrami hisoblanib, chaqaloqning buvisi (ona tomonidan) shu kuni uni beshikka belagan. Bu tadbir, odatda, turli marosimlarni bajarish yo‘li bilan o‘tkazilgan. Go‘yoki, bu marosim yordamida chaqaloqning ota-onasi yovuz ruhlarni haydagan. Bolaning yovuz ruhlardan va ko‘z tegishidan saqlaydigan birlamchi tumorlar, pichoq, qalampir, isiriq va boshqalar bo‘lgan. Go‘dakning buvisi nevarasiga atalgan barcha narsa (kiyim-kechak, o‘yinchoq va boshqa)larni tayyorlagan va qarindosh-urug‘lari hamda qo‘ni-qo‘shnilari bilan birgalikda shodiyona bo‘layotgan uyga yo‘l olgan. U o‘zi bilan bayramona bezatilgan beshik va chaqaloqning ota-onasi, bobosi va buvisiga atab bosh-oyoq sarpo olib borgan. An’anaviy udumga ko‘ra chaqaloqni beshikka yotqizish, emizish va isiriq tutatishga rioya qilingan.
Olmaliqlik o‘zbeklarning Oilaviy marosimlari ichida avvalgiday eng katta to‘y marosimi o‘g‘il to‘yi hisoblanadi. Sovet tuzumida ushbu marosimni qanchalik yo‘qotishga harakat qilinganiga qaramay u barcha oilalarda yashirin ravishda yoxud qandaydir marosimlarga (bobosining yubileyi, tug‘ilgan kun va boshqalarga) qo‘shilgan holda o‘tkazilib kelingan.Hozirgi kunda esa ushbu marosim xalq orasida o’g’il to’yi,sunnat to’yi,xatna to’yi nomi bilan yuritilib kelinadi va alohida marosim sifatida to’yxonalarda keng nishonlaniladi.
Olmaliq shahrida dafn va ta’ziya marosimlari.Diniy an’analar (janoza va boshqa) sovet hukumatining taqiqlashiga qaramay aholi tomonidan o‘tkazilgan, chunki odamlarning bu an’analarga nisbatan e’tiqodi kuchli bo‘lgan. Dinga qarshi kurash odamlarning e’tiqodini so‘ndira olmadi. Ularning yashirin tarzda o‘tkazilishi dafn marosimlaridagi ayrim urf-odatlarning shaklan o‘zgarishiga olib keldi, xolos. 80–90-yillar boshlarida Toshkent aholisi tomonidan dafn-xotirlash marosimlarida uchi, yettisi, yigirmasi, qirqi, yili, hayitlarini o‘tkazish keng tarqalgan. Olmaliqda nikoh to‘yi va xatna to‘yi (o‘g‘il to‘y) munosabati bilan nahorda osh berish uzoq davrdan beri odatga aylangan. Bu odatga hozir ham muayyan o‘zgarishlar bilan amal qilib kelinadi. Jamoaviy bayramlarda har bir oila faol ishtirok etgan. Bayramlar ichida eng ommaviylashgani navro‘z hisoblanib, bu kuni sumalak, chalpak kabi marosimiy taomlar pishirilgan, bazm uyushtirilib, bemorlar va qariyalar holidan xabar olingan.Olmaliqda Yangi yil, Xotira va qadrlash kuni, Konstitutsiya kuni kabi yangi bayramlar ham keng nishonlanadi. 1991 yilda Olmaliq aholisi hayotiga shahar maydonlarida o‘tkaziladigan Mustaqillik kuni bayrami kirib keldi. Bugungi kunda bu bayram mahallalarda, ishlab chiqarish jamoalarida va oilalar davrasida o‘tkaziladi. U o‘zbeklarning qadimiy milliy an’analari va urf-odatlarini o‘zida singdirgan va o‘zbek xalqi milliy o‘zligining shakllanishi, etnik qadriyatlari, tarixi va madaniyatiga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi.

XULOSA
Xulosa o’rnida shuni takidlab o’tmoqchimanki,shahrimiz tarixi nafaqat 70 yillik tarixga balki uzoq ming yilliklarga borib taqaladi. O’tmish tosh davri zamonlarida ham Olmaliq xududida bobokalonlarimiz yashab istiqomat qilganlar. Ular oʼzlari ov qilgan, mol terilaridan kiyim-kechak tikkanlar. Tosh asri odamlarining manzili bilan batafsilroq tanishish niyatida Ohangaron daryosining OʼNG Tomonida joylashgan Koʼlbuloq manzili haqida soʼz yuritamiz. Bu Xududda 30-40 ming yil muqaddam yashab oʼtgan ajdodlarimizning, tosh asri odamlarining manzili mavjud. Аrxeologlardan M.R.Qosimov, Yu.F.Buryakov, O.M.Rastovtsevlarning 10-15 yillab oʼtkazgan arxeologik kazatuv ishlari mobaynida bu joydan yetti metrlar chuqurliqda tosh asriga oid suyak skeletlari, uning atrofida jami 1000 dan ziyod tosh qurollar topildi. Tosh qurollarning aksari pichoq, qirgʼich, nina, bolgʼa, chopqi kabilarni eslatadi. Xozir ham bu joyda arxeologik izlanishlar olib boriladi.Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki Olmaliq shahri uzoq yillik tarixga ega O’zbekistonning muhim shaharlaridan hisoblanadi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə