Neftni qayta ishlashda qo'llaniladigan katalizatorlar reja


Polimerizatsiya jarayoniga turli parametrlarning ta’siri. Harorat ta’siri



Yüklə 90,47 Kb.
səhifə6/8
tarix05.06.2022
ölçüsü90,47 Kb.
#88903
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI Neftni qayta ishlashda qo\'llaniladigan katalizatorlar

Polimerizatsiya jarayoniga turli parametrlarning ta’siri. Harorat ta’siri
Polimerizatsiya uchun optimal harorat 80°C ga teng. Yuqoriroq temperaturada jarayon tezligi bir qancha ortadi, biroq polimerni ke- yingi ishlov berishda (sentrifugalarni tiqilib qolishiga olib keladi) qiyinchiliklarga olib keluvchi ko‘p miqdorda quyi molekular poli- merni hosil qiladi.
Bosim
Polimerizatsiya reaksiyasini atmosfera bosimi ostida olib borish mumkin, ammo etilenning hajmiy tezligi va katalizatorni ishlatish optimal hisoblangan 2-3 atmosfera bosimdagiga nisbatan anchagina past. Biroq bosimni 3 atmosferagacha ko‘tarish reaksiya issiqligi- ni olib chiqib ketish uchun gaz sirkulatsiyasining orttirishni talab qiladi. Bosimning keyingi 5-10 atmosferagacha ko‘tarish reaksiya temperaturasi (80°C)da erituvchining bug’lanishini kamayishiga olib kelgan bo‘lar edi.
Reaksiya issiqligini olib chiqib ketish uchun, yoki yengilroq qaynovchi erituvchi yoki bo‘lmasa polimer zarralarini olib chiqib ketilishiga olib keluvchi gaz sirkulatsiyasi miqdorini oshirish talab qilinadi. Yengilroq qaynaydigan erituvchini ishlatishi katalizatorni tayyorlashda erituvchini ko‘p miqdorda uchib ketishi oqibatida qi- yinchiliklarga olib kelar edi. Bosim ortishi bilan polietilenning mole- kular og‘irligi ortadi.
Xomashyo tozaligining ta’siri
Etilen xomashyosida etilen gomologlarini yoki erituvchida to‘yinmagan uglevodorodlarning bo‘lishi polietilenning molekular og‘irligining pasayishiga olib keladi.
Atsetilen va uning gomologlari polimerizatsiya zanjirining uzilis- hi oqibatida molekular og‘irlikni pasaytiradi. Bundan tashqari, atse- tilen katalizator komponentlari bilan birikmalar hosil qiladi va nati- jada ular spirt yordamida eritmaga o‘tib ketmaydi va shu bois oxirgi mahsulotda kulning miqdorini oshiradi.
Suv katalizator kompleksini gidrolizlaydi, natijada titan va alu- miniylarni erimaydigan tuzlari hosil bo‘lib, ular polietilenda qolib, uning kul hosil qilish darajasini oshiradi.
Erituvchi tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aromatik uglevodo- rodlarning mavjudligi quyi molekular «mum»ni hosil bo‘lishiga olib keladi, shu sababli ularning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.

Yüklə 90,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə