Neftni qayta ishlashda qo'llaniladigan katalizatorlar reja


- §. Tabiiy gazlar va ulardan foydalanish



Yüklə 90,47 Kb.
səhifə2/8
tarix05.06.2022
ölçüsü90,47 Kb.
#88903
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI Neftni qayta ishlashda qo\'llaniladigan katalizatorlar

16.14- §. Tabiiy gazlar va ulardan foydalanish
Tabiiy gazlar, neft va toshko'mir — uglevodorodlarning asosiy manbalari hisoblanadi.
Tabiiy gaz tarkibida molekular massasi kichik bo'lgan uglevodorodlar bo'ladi. Uning taxminiy tarkibi (hajm jihatdan) quyidagicha: 80 — 98% metan, 2 — 30% uning eng yaqin gomologlari — etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar — vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod IIV) oksid va suv bugiari. Masalan, Stavropol konidan chiqadigan gaz tarkibida 97,7% metan va 2,3% boshqa gazlar, Saratov konidan chiqadigan gazda — 93,4% metan, 3,6% etan, propan, butan va 3% yonmaydigan gazlar bo'ladi.
Odatda, neftda erigan holda bo'ladigan va uni qazib olishda ajralib chiqadigan >o'ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo'ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko'proq bo'ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo'lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo'shimchalar, chunonchi: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bug'lari, karbonat angidrid bo'ladi.
Ilgari yo'ldosh gazlar ishlatilmas va neft qazib olishda mash'ala usuli bilan yondirib yuborilar edi. Hozirgi vaqtda ularni tutib qolishga va yoqilg'i sifatida ham, qimmatli kimyoviy xomashyo sifatida ham foydalanishga harakat qilinmoqda. Yo'ldosh gazlardan, shuningdek, neftni krekinglashda olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yo'li bilan alohida-alohida ugievodorodlar olinadi. Propan va butandan degidrogenlash yo'li bilan to'yinmagan ugievodorodlar — propilen, butilen va butadiyen olinadi, so'ngra ulardan kauchuk va plastmassalar sintez qilinadi.
Tabiiy gazdan issiqlik berish xususiyati yuqori bo'lgan (1 m3 gaz yoqilganda 54 400 kJ gacha issiqlik chiqadi) arzon yoqilg'i sifatida foydalaniladi. Bu turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yoqilg'ilarning eng yaxshi turlaridan biridir. Bundan tashqari, tabiiy gaz kimyo sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.
Tabiiy gazlarni qayta ishlashning ko'p usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad — to'yingan uglevodorodlarni ancha aktiv — to'yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, so'ngra to'yinmagan ugievodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlanish yo'li bilan organik kislotalar. spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi.
Keyingi yillarda toshko'mir, torf va slaneslarni qayta ishlash yo'li bilan gaz ishlab chiqarish ancha ko'paydi. Ko'mir ham tabiiy gazlar va neft singari energiya manbayi va qimmatli kimyoviy xomashyo hisoblanadi.
Toshko'mirni qayta ishlashning asosiy usuli — kokslash (quruq haydash)dir. Kokslashda (havosiz joyda 1000 — 1200 °C da qizdirishda) turli xil mahsulotlar: koks, toshko'mir smolasi, ammiakli suv va koks gazi olinadi. Koks gazining taxminiy tarkibi: 60% vodorod, 25% metan, 5% uglerod (fl) oksid, 2% azot (IV) oksid, 2% etilen va 2% boshqa gazlar.
Koks gazi koks pechlarini isitish uchun ishlatiladi (uning 1 m3 yonganda 18000 kJ ga yaqin issiqlik chiqadi), lekin u asosan kimyoviy qayta ishlanadi. Masalan, undan azotli o'g'itlar olish uchun foydalaniladigan ammiak sintez qilish uchun vodorod ajratib olinadi.
Toshko'mir smolasi aromatik ugievodorodlar manbayi hisoblanadi. U rektifikatsion usulda haydaladi va benzol, toluol, ksilol, naftalin, shuningdek. fenollar, azotli birikmalar va b. olinadi. Qoramoy — smola haydalgandan keyin qolgan quyuq qora massadan elektrodlar va tomga yopiladigan tol tayyorlash uchun foydalaniladi.
Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi.
Neft va gaz qazib olish uchun yer yoki tog' jinslari maxsus burg'ulovchi qurilmalar (burovoylar) yordamida diametri 150—250 mm bo'lgan burg'u quduqchalar qaziladi. Burg'ulash qurilmasining balandligi 54 m. Burg'ulash qanday usulda olib borilmasin quduq chuqurlashib borgan sayin uzunligi 4,5 m va diametri 168 mm li quvurlar bir-biriga ulanib uzaytirib borilaveradi. Burg'ulash jarayonida hosil bo'lgan maydalangan jinslar quduqdan yuvuvchi suyuqlik (loyqa eritma) yordamida chiqarib tashlanadi. Qazish ma'lum chuqurlikka yetgach, maxsus foydalanish quvuri o'rnatilib, quvurning tashqi tomoni sementlab tashlanadi.
Keyingi qazish ishlari diametri foydalanish quvuridan kichik bo'lgan quvur yordamida amalga oshiriladi va shu yo'sinda kerakli chuqurlikkacha qazib boriladi. So'ngra oxirgi quvur ham sementlanadi. Eng yirik tepa qismi ham armatura yordamida mahkamlanadi. So'ngra mahsuldor portlatish yo'li bilan ochiladi. Keyingi yillarda qazish ishlari qiya holda ham amalga oshirilgan. Bu usul juda foydali bo'lib, burovoy o'rnatish mumkin bo'lmagan joylarda ham (masalan, dengiz osti, aholi yashaydigan joylar, qurilishlari bo'lgan joylar) qazish ishlarini olib borish imkonini beradi.
Odatda neft va gaz yer ostida joylashgan chuqurligi, harorati va boshqalarga bog'liq holda 1—50 MPa bosim ostida bo'ladi. Kon ochilgan boshlang'ich davrlarida neft quduqdan yer yuzasiga o'zi otilib chiqadi. Neft qazib olishning bunday usuli fontan usuli deyiladi. Barcha gaz quduqlaridan foydalanish yer qatlamlarining bosimi tufayli fontan usulida olib boriladi, neft olinavergach qatlamdagi bosim kamayadi. So'ngra majburiy yo'l bilan chiqarishga o'tiladi.
Majburiy yo'llarga: quduqqa nasos tashlab chiqarish va kompressor usullari kiradi. Quduqqa nasos tashlab chiqarish usulida, quduq diametridan kichikroq diametrli uchiga nasos o'rnatilgan quvur quduqqa tashlanadi va nasos neftni yuqoriga chiqarib beradi. Kompressor usulida quduqqa katta bosimda neft gazlari yoki havo yuboriladi. Gazlar o'zi bilan neftni ham olib chiqadi. Ayniqsa, yer ostiga neft qatlamlariga gaz yoki havo yuborib katta bosim hosil qilish usuli keng qo'llaniladi. Bu usullarni qo'llash bilan kondagi neftning 50 % ni olish mumkin. Neft kamaygan konlardan foydalanish uchun yer osti neft qatlamlariga turli usullar bilan ta'sir ko'rsatadilar. Masalan, gidravlik usulida (suv yuborib), kislota bilan ishlov berish, burg'u quduqlariga bug' yuborish yoki issiq suv yuborish yoki yer ostida neftning ozroq qismini yoqish va boshqalar. Bu usullarni qo'llash neft chiqarishni 80—90 % ga yetkazadi.
O'zbekistonda Farg'ona neft konlaridan foydalanish asosan XX asrning dastlabki yillaridan boshlangan. Dastavval Chimyon (1904-yil), keyinchalik Moylisoy, Selroxa, Neftobod (1934 - yil) Andijon neft konlari ishga tushirildi. Farg'ona vodiysida 30 dan ortiq neft konlari bor. Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryodagi Povontosh (1944-yil), So'x, Xaudag (1944- yil), Lalmikor, Kakaydi (1939- yil), Uchqizil (1940), Sariton (1956), Muborak, Qoraxitoy, Ayzovod, Qorabair va boshqa neft konlaridan neft qazib olinmoqda.
Neft qazib chiqarish yildan-yilga o'sib bormoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ikkita juda yirik neft koni: Namangandagi Mingbuloq va Qashqadaryodagi Ko'kdumaloq neft konlari topildi. Ularning har qaysisidan yilida 5—6 mln tonna neft qazib olish mumkin. Ushbu konlar bazasida respublikamizda hozircha yakka-yu yagona bo'lgan Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi (1906 yil) rekonstruksiya qilinadi va yiliga 5-6 mln tonna neftni qayta ishlash qudratiga ega bo'ladi. Buxoroda (Qorovulbozorda) ham yangi qudratli Fransiya texnologiyasi asosida eng zamonaviy neftni qayta ishlash zavodi qurilib, 1997 yilda ishga tushiriladi. Bu zavod yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlash qudratiga ega. Har ikkala zavod to'la quvvat bilan ishlay boshlagach respublikamizining neft mahsulotlariga bo'lgan talabi toia qondiriladi va chetdan benzin va boshqa neft mahsulotlari sotib olishga ehtiyoj qolmaydi.

Yüklə 90,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə