Nazariy ma’lumot: Kardanli uzatmaning vazifasi



Yüklə 51,97 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü51,97 Kb.
#154152
  1   2   3
5-amaliy.ATK


5-amaliy mashg‘ulot (2 soat)
Ishni nomi: Kardan uzatma. Asosiy uzatma. Differensial va yarim o‘qlar.
Ishdan maqsad: Kardan uzatma, asosiy uzatma, differensial va yarim o‘qlar vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va konstruksiyalarini o’rganish
Nazariy ma’lumot:
Kardanli uzatmaning vazifasi: o‘qlari bir chiziqda yotmagan va o‘zaro joylashuvi o‘zgarib turadigan vallar orasida burovchi momentni uzatib berishdan iborat.
Avtomobillarda qo‘llaniladigan kardanli sharnirlar ikki xil bo‘ladi:

  • burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar,

  • burchak tezliklari bir xil kardanli sharnirlar.

Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan kardanli sharnirlar o‘z navbatida kayishqoq (elastik) va bikr (krestovinali) bo‘lishi mumkin. Kardanli uzatma kardanli sharnirlaridan, vallardan va vallarning oraliq tayanchlaridan tashkil topgan. Kardan sharniri deb, sharnirli bo‘g‘inga aytilib, uning yordamida aylanma harakatni (burovchi
momentni) bir valdan ikkinchi valga o‘zgaruvchan burchak ostida uzatadi. Ko‘pchilik hollarda bikr kardanlar ishlatiladi. Bikr kardanli sharnirlar mahkamlangan va vilkalardan ularni biriktiruvchi krestovinalardan va ninasimon podshipniklardan tashkil topgan. Vilkalar bir-biriga nisbatan perpendikular bo‘lgan tekisliqsa qo‘zg‘alishi mumkin.

Burchak tezliklari bir xil bo‘lgan kardanli sharnir.

Kardan sharnirlari aylanayotganida kardan valining og‘ishi, yetaklanuvchi vilkaning krestovinada og‘ishi hisobiga sodir bo‘ladi, 90° gradus ga burilganida esa, yetakchi vilkada krestovinani og‘ishi sodir bo‘ladi.


Asosiy uzatmaning vazifasi: Asosiy uzatma dvigateldan yetakchi g’ildiraklarga uzatiladigan burovchi momentni miqdorini oshirib ba’zi xollarda yo’nalishini 900 burchakka burib berish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy avtomobillarda hajmi va og’irligi nisbatan kichik, quvvati esa katta bo’lgan tezyurar dvigatellar ishlatilmoqda. Biroq shunga qaramay bu dvigatellar vallarida hosil bo’ladigan burovchi moment ( agar bu momentni o’zgartirmasdan to’g’ridan-to’g’ri avtomobilning yetakchi g’ildiraklariga uzatilsa) avtomobilning xattoki tekis yo’lda ham yura olishiga yetarli emas. Avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni oshirish qisman uzatmalar qutisi yordamida bajarilishini aytib o’tdik. Lekin, avtomobil ish mobaynida ko’p vaqt nisbatan katta tezlik bilan to’gri uzatmada Harakatlanadi. Demak, to’g’ri uzatmada dvigatel validagi burovchi moment o’zgarmagan xolda, ya’ni avtomobilning yura olishiga yetarli bo’lmaganda yetakchi g’ildiraklarga uzatilgan bo’lar edi. Shu sababli yetakchi gildiraklardagi burovchi momentni hamma vaqt zarur miqdorga oshirish uchun avtomobilning transmissiyasiga asosiy uzatma kiritiladi. Asosiy uzatmaning yana bir vazifasi kardan validagi burovchi momentni yarim o’qlarga 90 burchak ostida uzatishdir. Burovchi momentni to’g’ri burchak ostida yarim taqsimlash asosiy uzatmani tashkil etuvchi konussimon shesternyalar yordamida amalga oshiriladi. Bu shesternyalarning yetakchisi kichik diametri, yetaklanuvchisi esa katta diametrli qilib yasalgani uchun yarim o’qlarning aylanishi (uzatish soni i ga qarab) kardan valning aylanishiga qaraganda kam. Yarim o’qlarning va u bilan bog’liq bo’lgan yetakchi g’ildiraklarning aylanishi kardan val aylanishiga nisbatan qancha kam bo’lsa, ulardagi burovchi moment shuncha ko’p bo’ladi. Yetakchi gildiraklardagi burovchi momentning ko’payishi asosiy uzatmaning uzatish soniga bog’lik bo’lib, u yuk avtomobillarida 6,5…9,0; Yengil avtomobillarda esa 3,5…5,5.
Asosiy uzatmalar shesternyalarning soniga qarab yakka yoki qo’shaloq bo’ladi. Yakka uzatma bir juft konussimon shesternyadan, qo’shaloq uzatma esa bir juft konussimon va bir juft tsilindrik shesternyalardan iborat. Yakka uzatmalar o’z navbatida konussimon shesternyali, gipoid shesternyali, tsilindrik shesternyali yoki chervyakli bo’lishi mumkin. Qo’shaloq uzatmalar esa o’z navbatida ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan uzatma va ikki qismga ajralgan uzatmaga bo’linadi.

Asosiy uzatmaning sxemasi:
1-flanes;2-yetaklovchi val shesternyasi; 3-yetaklanuvchi shesternya; 4-yetakla-
nuvchi shesternya; 5-yetaklovchi (orqa) hildirak; 6-yarim o‘qlar;
7-asosiy uzatma ‘g‘ilofi.
Yakka uzatmalar ko’pincha Yengil va o’rta yuk avtomobillarida qo’llanilib, bunday uzatmada yetakchi kichik shesternya kardan valga ulanadi, yetaklanuvchi katta shesternya esa differentsial orqali yarim o’qlar bilan bog’lanadi. Xozirgi vaqtda asosan gipoid shesternyali yakka uzatmalar ishlatilmoqda, chunki bunday uzatma konussimon shesternyali uzatmalarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega: yetakchi va yetaklanuvchi shesternyalarning o’qlari uzaro kesishmay, bir-biriga nisbatan ma’lum masofaga (fe ) siljitilgan.

Asosiy uzatma va differensial:
1-yarim o‘q; 2-yetaklovchi shesternya;3-yetaklanuvchi shesternya; 4-yarimo‘q
shesternyasi; 5-sotolet shesternyasi.

Yüklə 51,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə