Naryad va farmoyish berish tartibini tushintirib bering



Yüklə 14,68 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü14,68 Kb.
#164686
  1   2   3   4
Naryad va farmoyish berish


NARYAD VA FARMOYISH BERISH TARTIBINI TUSHINTIRIB BERING.
Reja:

1. Naryad va farmoyish berish.
2. Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish.
3. Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish
Agar bajarilayotgan ish ba’zi bosqichlarda ish rahbaridan uzluksiz nazorat va ish rahbari boshchiligida bajarilishini talab qilsa, u holda naryad beruvchi naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» deb qayd etilgan satriga bu haqda yozib qo‘yishi kerak. Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etuvchi shaxs ish bajarish uchun ko‘zda tutilgan elektr uskunani o‘chirish va yerga ulagich o‘rnatish va ularni amalga oshirish imkoniyati choralarining etarligicha borligiga, hamda ishga qo‘yiladigan brigadalarni ish boshlash vaqti va ish joyini muvofiqlashtirishga javob beradi. Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etuvchi shaxs navbatchi yoki ish joyini tayyorlayotgan tezkor-ta’mirlash xodimlariga hamda ishlashga ijozat beruvchiga elektr uskunani oldindan bajarib qo‘yilgan o‘chirish ishlari va uskunalar yerga ulangani haqida ma’lumot berishi shart. Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish mansab yo‘riqnomasiga asosan, elektr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga ega bo‘lgan navbatchi xodim korxona ko‘rsatmasiga binoan vakolat berilgan ma’muriy-texnik xodimgina haqlidir.
Ish joyini tayyorlovchi shaxs naryadda ko‘rsatilgan ish joyini to‘g‘ri va aniq tayyorlashga hamda ish sharoitiga taalluqli tadbirlarni (elektr uskunani qulflash, xavfsizlik texnikasi shiorlarini osish, to‘siq qo‘yish va hokazolarni) bajarishga javob beradi.
Ish joyini tayyorlash huquqi ushbu elektr uskunada tezkor o‘chirish-yoqish huquqi berilgan navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimgagina beriladi. Ishlashga ijozat beruvchi ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlarning to‘la va to‘g‘riligiga, ularni naryadda ko‘rsatilgan choralarga mosligiga, ish joyi va uni xususiyatiga, ishlashga berilgan ijozatning to‘g‘riligiga hamda berilayotgan yo‘riqnomaning sifati va uni to‘laligiga javob beradi. Ijozat beruvchi shaxslar navbatchilardan yoki 13.-bandda qayd etilgan shartlar bajarilgan bo‘lsa, havo elektr uzatish tarmoqlarida ishlashga ijozat berish mustasno qilingan hollarda, tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlanadi. 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunada ishlashga ijozat beruvchi IV gruppaga, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada esa ishlashga ijozat beruvchi III gruppaga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 14,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə