Metallurgiya



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#125402
  1   2   3
kurs ishi namuna


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universtiteti Olmaliqfiliali
METALLURGIYA ” kafedrasi
Metallurgik jarayonlarda issiqlik va massaalmashinuvi ” fanidan



Mavzu: Mis konsentratini suyuq vannada eritish jarayonini hisoblash va asosiy uskunani tanlash.


Bajardi: Abdukarimov J.Z
Tekshirdi:


Olmaliq- 2023

MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………...…4-7

  1. Nazariy qism……………………………………………………………8-23

  2. Texnologik qism.

2.1 Ratsional tarkib…………………………………………………...24-25
2.2 Material balansi…………………………………………………...26-31
2.3 Issiqlik balansi…………………………………………………….32-36

  1. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari………..37-38

  2. Ekalogiya…………………………………………………………………39

  3. Metallurgiyada chang va gazlarni tozalash masalalari…………..........40

  4. Xulosa…………………………………………………………………….41

  5. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….…..42


Kirish
Bizning Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov «O’zekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlika tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida ta’kidlaganlardek, O’zbekiston zaminida mavjud bo’lgan boyliklarga ega davlat jahon xaritasida ko’p emas. O’zbekiston yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxirlanadi – bu yerda Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan.
Har qanday mamlakatning iqtisodiy va mafkuraviy salohiyati unda mavjud tabiiy boylik, energiya resurslari va shu mamlakat egasi bo’lgan har bir insonning bu boyliklardan oqilona foydalanishga yo’naltirilgan munosabati bilan belgilanadi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Bugungi kunda Respublikamiz o’zida ishlab chiqarilayotgan rangli, qimmatbaho, noyob va qora metallari bilan belgilanadi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich raisligida 13 – noyabr kuni geologiya qidiruv ishlari samaradorligini oshirish mineral xomashyoni va qimmatbaho metallar resurs ba’zasi hammda ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish bo’yicha muhim strategic loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag’ishlanagn yig’ilish o’tkazildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 – yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning asosliy yakunlari va 2017 – yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisda Davlat gealogiya va mineral resurslar qo’mitasi faoliyati samaradorligiga alohida e’tibor qaratib sohada ishlab chiqarishni ko’paytirish va yangi fabrikalar qurish bo’yicha vazifalar belgilab bergan edi.
Shunga muofiq yer qarini kompleks geologiyani o’rganish hamda uzoq istiqbolga mo’ljallangan mineral xomashyo ba’zasini rivojlantirish ishlari yangibosqichga chiqdi.
Joriy yilning o’zida Prezidentning sohaga oid besh qarori va vazirlar mutasaddi vazirlik va tashkilotlarga mineral- xomashyo ba’zasini rivojlantirish dasturini qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish topshirildi.
Yig’ilishda sohadagi yirik muossasalar Navoiy kon- metallurgiya kombinati va Olmaliq kon- metallurgiya kombinatilari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar ijrosiga ham e’tibor qaratildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan dasturga muofiq 2017- 2026- yillarda Navoiy kon- metallurgiya kombinati 27 loyihani amalga oshirish belgilangan. Qiymati 3 milliard 63 million dollar bo’lgan mazkur loyihalar naijasida 2026- yilga borib ishlab chiqarish hajmi 30 % ga oshadi. Qo’shimcha 31 mingga yaqin ish o’rni yaratiladi.
Olmaliq kom- metallurgiya kombinati tomonidan umumiy qiymati 2 milliard 720 million dollardan oshib 18 investitsiya loyihasi amalga oshirimoqda.

O lmaliq kon- metallurgiya kambinati




SUYUQ VANNADA ERITISH JARAYONI
Vanyukov pechi
So‘nggi yillarda og‘ir sanoatda, ayniqsa, rangli metallurgiyada avtogen jarayonlar keng qo‘llanilmokda. Avtogen jarayon deb qisman tashqaridan yoqilg‘i sarf qilgan holda, oltingugurtli birikmalarning oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning jarayonga to‘la sarflanishiga aytiladi.
Moskva po‘lat va qotishmalar institutining "Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi" kafedrasi olimlari tomonidan taklif etilgan yangi jarayon "suyuq vannada eritish" deb ataladi.
Uzoq yillar davomida otasi professor Vladimir Andreevich boshlagan ishni sanoat miqyosida o‘g‘li professor Andrey Vladimirivich Vanyukov tadbiq qilib, yuksak yutuqlarga erishdi va metallurgiya sanoatiga o‘ta unumdorligi bilan ajralib turadigan yangi agregat olib kirdi. Pechni takomillashtirishda, uni har tomonlama zamonaviy jihozlashda Moskva po‘lat va qotishmalar instituti olimlari bilan birgalikda "Ginsvetmet" (Rangli metallar bosh ilmiy tadqiqot institutq, Moskva shahri). "Gipronikel" (Nikel ilmiy-proekt tadqiqot instituti, Moskva shahri). "Kazminsvetmet" (Qozog‘iston rangli metallar vazirligi), Qozog‘iston Fanlar Akademiyasi olimlari hamda Norilsk va Balxash kon-metallurgiya kombinati, Ryazan ilmiy tadqiqot tajriba zavodi mutaxassislari va ilmiy xodimlari faol ishtirok etishdi.
Avvaliga sinov bir necha bora Ryazan tajriba zavodi pechida o‘tkazilib, yaxshi natija bergach, 1986 yili sobiq partiya s’ezdida mamlakatning rivojlanish dasturiga kiritilgach, shu yildan Norilsk kon-metallurgiya kombinatida to‘la sinovdan o‘tkazildi. Har tomonlama yaxshi natijalar olingach, uning texnik-iktisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat o‘sha paytda Sovet Ittifoqi sanoatida ishlab turgan eritish pechlaridan, balki rivojlangan chet eldagi ayrim pechlardan ham ustun ekanligi namoyon bo‘la boshladi. 1987 yili Ittifoq Vazirlar Kengashining qaroriga binoan, A. V. Vanyukovning vafotidan so‘ng ushbu eritish pechiga "Vanyukov pechi", jarayonga esa "Vanyukov jarayoni" deb nom berildi. Asta-sekin ota-bola Vanyukovlar boshlagan ishni uning shogirdlari Moskva po‘lat va qotishmalar institutining "Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi" kafedrasining mudiri professor, texnika fanlari doktori Valentin Petrovich Bistrov va Aleksey Yakovlevich Zaysevlar davom ettirib kelmoqda. Ular yildan yilga "Vanyukov pechi"ni takomillashtirib, yuqorida qayd etilgan ikkita katta kon-metallurgiya kombinatida to‘la muvaffaqiyatli ishlashiga olib keldilar. Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq yillarda, asosan o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukammal takomillashgan bir ko‘rinishi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan. Ana shu suv sovitgichlari yonidan doimiy kislorodli havo furma orqali yon tomonidan purkalib turiladi. Havo purkalangan suyuq vannaga yuqoridan har xil hajmdagi qumoq shixta yuklanib turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida eritmadan toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi.
1-rasmda ko‘rsatilganidek, pechning asosiy qulayligi har ikkala yon tomonidan kislorodning to‘g‘ri shixta tushayotgan eritma ostidan purkalanishidir.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə