Namunaviy shakl jismoniy shaxsga bank kartasini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasi


XII. SHARTNOMA TUZILGAN TIL HAQIDA MA’LUMOT



Yüklə 228,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix12.04.2023
ölçüsü228,56 Kb.
#105262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
JBGAwV9dIDlEklprGzCo8v0M5V0Ltmx1Msir1U9qjSRrTW78pkEYe5B8Mt2P2PRo

XII. SHARTNOMA TUZILGAN TIL HAQIDA MA’LUMOT 
12.1. Shartnoma ikki tilda, davlat va rus tillarida tuzilgan. 
12.2. Shartnomadagi matnlarning o‘zaro ziddiyati bo‘lganda, davlat tili ustuvor deb hisoblanadi. 
 
XIII. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI BEKOR QILISH 
13.1. Mazkur oferta shartnomasi foydalanuvchi tomonidan akseptlangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi 
hamda bank kartasini amal qilish muddatiga qadar amalda bo‘ladi. 
13.2. Shartnoma taraflardan birining tashabbusi bilan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor 
qilinadi. 
13.3. Ushbu shartnoma foydalanuvchining talabiga binoan istalgan vaqtda bank xizmatlarini ko‘rsatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘lovlar amalga oshirganidan keyin bekor qilinishi mumkin. 
13.4. Foydalanuvchining tashabbusi bilan shartnoma bekor qilinganida, shartnoma doirasida muomalaga 
chiqarilgan bank kartasi Bankka qaytarilishi lozim. 
13.5. Shartnomaning bekor qilinishi, bank karta hisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi. 


13.6. Shartnoma muddatining tugashi Foydalanuvchini o‘z majburiyatlarini bajarishdan va shartnoma 
shartlarini bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi. 
13.7. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan, u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlar O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. 
13.8. Mijoz yoki uning operatsiyasi sanksiya ta’sir doirasiga tushganda yoki tushish xavfi mavjud 
bo‘lganda, operatsiyani o‘rganish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rash, operatsiya miqdorini 
chegaralash, operatsiyani cheklash (rad etish) yoki amalga oshirayotgan operatsiyalar mijozning anketasidagi 
profiliga nomuvofiq bo‘lgan hollarda xizmat ko‘rsatishni rad etish va mijoz bilan shartnomalarni bir 
tomonlama bekor qilish huquqlariga ega. 
XIV. NIZOLARNI HAL ETISH 
14.1. Shartnoma bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar va 
kelishmovchiliklar imkoni boricha, Taraflar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. 
14.2. Agar Taraflar kelisha olmasa, nizo Bank yoki uning tarkibiy tuzilmasi joylashgan hududning 
tumanlararo fuqarolik sudida hal etiladi. 

Yüklə 228,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə